«veterinariya farmatsevtikasi» kafedrasi


Steril eritmalar sifatini nazorat qilishga doir talablar



Download 302,98 Kb.
bet81/120
Sana13.06.2022
Hajmi302,98 Kb.
#666319
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   120
Bog'liq
Dorilarni o\'zaro ta\'sir xususiyatlari Majmua 2021

Steril eritmalar sifatini nazorat qilishga doir talablar
Steril eritmalarni tayyorlash va sifatini nazorat qilish ushbu Nizomga, Davlat farmakopeyasi talablariga yoki sifat nazorati sohasidagi boshqa hujjatga muvofiq amalga oshiriladi.
Inyeksion va venaga yuboriladigan infuzion dori vositalarini, inyeksiyalar uchun suvni bakterial endotoksinlar yoki pirogenlar yo‘qligi jihatidan nazorat qilish attestatsiyadan o‘tkazilgan laboratoriyalarda bir yilda ikki marta oralatib tanlab amalga oshiriladi.
Sterilligi bo‘yicha talablar qo‘yiladigan inyeksion, vena ichiga kiritiladigan infuzion dori vositalarini, oftalmologik va boshqa dori vositalarini sterilligi jihatidan nazorat qilish belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan laboratoriyalarda har oyda oralatib tanlab amalga oshiriladi.
Steril eritmalar sterilizatsiyadan oldin va keyin ularda mexanik aralashmalar yo‘qligi nuqtai nazaridan nazorat qilinadi.
Harakatlanadigan erimaydigan yot moddalar mexanik aralashmalar hisoblanadi, dori vositalarining eritmalarida tasodifiy ravishda uchraydigan gaz ko‘pikchalari bundan mustasno.
Bir vaqtning o‘zida idishlardagi eritmalar hajmi va ularning tiqinlanishi sifati tekshirilishi kerak.
Steril eritmalar tayyorlanishi jarayonida mexanik aralashmalar bor-yo‘qligi jihatidan birlamchi va ikkilamchi nazoratdan o‘tkazilishi kerak.
Birlamchi nazorat tayyorlangan eritma filtrlanganidan va qadoqlanganidan keyin amalga oshiriladi.
Mexanik aralashmalar aniqlangan taqdirda eritma qaytadan filtrlanadi, yana ko‘zdan kechiriladi, tiqinlanadi, markirovkalanadi va sterillanadi.
Aseptik (steril) tayyorlangan eritmalar qadoqlash yoki sterillovchi filtrlashdan keyin bir marta ko‘zdan kechiriladi.
Eritmali idishlar birlamchi va ikkilamchi nazoratdan to‘liq o‘tkaziladi.
Idishlarni ko‘zdan kechirish uchun quyosh nurlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tushishidan pana qilingan, maxsus jihozlangan ish o‘rni bo‘lishi kerak, oq-qora ekran va maxsus qurilmalarni (UK-2) qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Idishning hajmiga qarab bir vaqtning o‘zida bittadan beshtagacha ko‘zdan kechiriladi.
Inyeksiyalar uchun eritmalar ular fizikaviy-kimyoviy ko‘rsatkichlarga nomuvofiq bo‘lganda; ko‘rinarli mexanik aralashmalar bo‘lganda; sterilligi bo‘yicha talabga mos bo‘lmaganda; tiqinning mahkamligi buzilganda; flakonlarning to‘ldirilishi hajmi yetarli bo‘lmaganda qoniqarsiz deb topiladi.
Inyeksiyalar uchun eritmalar solingan shisha idishlar tiqinlanganidan keyin metall jetonlardan foydalangan, nomi va konsentratsiyasi ko‘rsatilgan holda qopqog‘iga yozib qo‘yish yoki shtamp bosish yo‘li bilan markirovka qilinadi.
Inyeksiyalar uchun eritmalar tarkibiga kiruvchi moddalarning fizikaviy-kimyoviy xossalariga va belgilangan yaroqlilik muddatiga muvofiq saqlanishi kerak.

Download 302,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish