Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi individual ravishda tanlanadi. Odatda teri ostiga va mushak ichiga 1 ml (10 mg morfin gidroxloridi), vena ichiga sekin – 0,5-1 ml dan (5-10 mg morfin gidroxloridi) yuboriladi.
Morfin onkologik kasalliklarda tanlov opioidi bo‘lib hisoblanadi. Og‘riqning kuchiga qarab tegishli doza har 12-24 soatda qo‘llanadi.
Teri ostiga yuborilgandagi maksimal dozalari: bir martalik – 2 ml (20 mg morfin gidroxloridi), sutkalik – 5 ml (50 mg morfin gidroxloridi).
Nojo‘ya ta’sirlari
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: uzoq vaqt qo‘llanilganda – bradikardiya yoki taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, ortostatik gipotenziya.
Nafas tizimi tomonidan: nafasni susayishi, bronxospazm.
Nerv tizimi tomonidan: sedativ yoki qo‘zg‘atuvchi ta’siri keyinchalik bosh miyada qon aylanishini buzilishi ehtimoli bilan kechuvchi bosh miya ichki bosimini oshishi, gipotermiya, qorachiqlarni torayishi. Yuqori dozalar qo‘llanilganda eyforiya va mushak rigidligi rivojlanishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, og‘izni qurishi, keyinchalik o‘t enzimlari darajasini oshishi bilan kechuvchi o‘t chiqarish yo‘llari spazmi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: prostata bezi adenomasida va uretra stenozida siydik chiqishini buzilishi yoki yomonlashishi.
Boshqalar: allergik reaksiyalar, shu jumladan toshma, qichishish, eshakemi, anafilaktik shok va angionevrotik shish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Nafas markazini susayishi oqibatidagi nafas olishni buzilishi, bronxospazmga moyillik, og‘ir jigar yetishmovchiligi, bosh-miya jarohati, bosh miya ichki gipertenziyasi, insult, kaxeksiya, epiteptik status, kuchli xoldan toyish, noma’lum etiologiyali qorin og‘rig‘i, o‘tkir alkogolli intoksikatsiya, deliriy, morfin gidroxloridiga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Markaziy nerv tizimiga depressiv ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda markaziy nerv tizimini bostirilishi kuchayishi mumkin; beta-adrenoblokatorlar bilan – morfin gidroxloridining markaziy nerv tizimiga bostiruvchi ta’siri kuchayadi; butadion bilan – morfin gidroxloridi to‘planishi mumkin; dopamin bilan – morfin gidroxloridining analgezatsiya qiluvchi ta’siri kamayadi; simetidin bilan – morfin gidroxloridi tomonidan nafasni bostirilishi kuchayadi; fenotiazin hosilalari va barbituratlar bilan – gipotenziv samarani va morfin gidroxloridi tomonidan nafasni bostirilishi kuchayadi. Barbituratlar (ayniqsa fenobarbital) yoki narkotik analgetiklarni uzoq vaqt qo‘llash keyishgan tolerantlikni rivojlanishini chaqiradi. Xlorpromazin morfin gidroxloridining analgetik, shuningdek miotik va sedativ samaralarini kuchaytiradi. Nalokson narkotik analgetiklar chaqirgan nafasni bostirilishi va analgeziyani bartaraf etadi. Nalorfin narkotik analgetiklarning og‘riq qoldiruvchi ta’sirini saqlab qolib, ular chaqirgan nafas depressiyasini bartaraf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |