Savol va topshiriqlar
1. Na... na bog‘lovchisining vazifasini tushuntirib bering.
2. Na... na qanday xususiyatlarga egaligini misollar bilan izohlang.
204-mashq.
Uyga vazifa. Ko‘chiring. Qaysi gaplarda na ... na
yordamchisi bog‘lovchi, qaysi gaplarda yuklama vazifasida kelganini
aniqlang. Har doim haq gapni ayta olasizmi? Shu haqda o‘ylab ko‘rgan-
misiz?
1. Sharifning haqiqat ufurib turgan gaplariga qarshi na
Nozima bir narsa deya oldi, na Nabijon. 2. Bepoyon dasht
bag‘riga yashiringan chashmani na Qahramon, na Bahrom topa
olmadi. 3. Sen na boy erursan va na kambag‘al, Yashaysan
bir-biring aldab galma-gal. (A. Oripov) 4. Hamid yaratmoqchi
bo‘lgan yangi paxta navi haqida hozircha na institut direktoriga,
na do‘sti Umidga hech narsa demadi. 5. Bozorvoy ming qo‘yli
boylar sirasiga kirsa-da, na uyida tayinli qozon qaynamas, na
eshigidan birov kirib chiqmas edi. (Nurali Qobul) 6. Javob
ololmadi hech kim ham, zotan, Na sulton, na gado, na shoh,
na faqir. (A. Oripov).
Do'stlaringiz bilan baham: |