Pifagor kirish



Download 54,89 Kb.
bet1/12
Sana01.07.2022
Hajmi54,89 Kb.
#726607
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
19M1 G\'ofurova Muazzamoy Husniddin qizi Algebra va sonlar nazariyasi
1 Элмурод МЕТОДИКА И ОБУЧЕНИЯ ВИДЫ БОРЬБЫ 2021 2022 2 (2), 5-тема, Fizika kafedrasi tarkibi, 2 5188184772601450565, 111111111111111111, 1-MARUZA, Zaynobiddinov Ibrohimjon dastur, 2020-21 АЛ ишчи дастур заочно, Ilmiy tadqiqotlar, 1-Maruza. Kompyuter qurilmalari va ularning xarakteristikasi., 0.2, 6 sinf open lesson, Тест саволлари 1-курс(1), 656565656, 0.1

Bilmaydigan narsangni qilishga urinma, lekin bilish zarur bo‘lgan barcha narsani bilishga urin. Shunda sen, hayotda farovon yashaysan.
Pifagor
KIRISH
2020-yil 7-mayda Prezidentimizning “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4708-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorning mazmun-mohiyati shundan iboratki, unda mamlakatimiz ilm-fan sohasidagi taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishi sifatida matematika fanini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilgan.
Maʼlumki, insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida ilm-fanning matematizatsiyalashuv tendensiyalari tobora kuchayib bormoqda. Matematik usul va modellar amaliy hayotning barcha jabhalariga har qachongidan ham koʻproq tadbiq etilib, aniq matematik yechimlar asnosida taraqqiyotning turlicha ehtimoliy koʻrinishlari sinovdan oʻtqazilmoqda. Natijada matematikaning boshqa fanlar bilan oʻzaro aloqadorligi oʻsib, matematik modellash asosida fanlararo yondashuv zamonaviy taʼlimning barqaror xususiyatlaridan biriga aylanib qoldi.
Shunisi eʼtiborliki, mazkur qarorda amaliy matematikani rivojlantirish, uni ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish hamda turli muammolarni modellashtirish asosida matematik yechimlar ishlab chiqish muhimligi belgilab qoʻyilgan. Taʼkidlash joizki, hozirgi paytda bu yoʻnalishda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, universitetning Magistratura bosqichi “Amaliy siyosatshunoslik” yoʻnalishida kadrlarni fanlararo yondashuv asosida tayyorlash, fanlarning oʻzaro integratsiyasi hamda ilm va amaliyot uzviyligini taʼminlash, sohadagi muammolarni modellashtirish orqali matematik yechimlarni ishlab chiqish maqsadida “Siyosiy jarayonlarni modellashtirish”, “Tizimli tahlil” hamda “Siyosiy tahlilda oʻyinlar nazariyasi” kabi fanlar oʻqitilmoqda. Mazkur fanlar magistr talabalarda siyosiy hayotdagi muammolarni modellashtirish asosida tezkor matematik yechimlar topish, muayyan davlatning taraqqiyot modellarini qiyosiy oʻrganish, tizimli fikrlash, bugungi tez oʻzgaruvchan va murakkab siyosiy jarayonlarda toʻgʻri qarorlar qabul qilish, voqealar rivojini prognozlash hamda boshqa davlatlarning hatti-harakatlarini toʻgʻri baholash kabi gʻoyatda zarur kasbiy mahoratni shakllantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, matematik modellashtirish va raqamlashtirish sohasida erishilgan yutuqlarni siyosiy fanlarni oʻqitishda keng joriy etish mumkin. Shubhasiz, bu omillar siyosiy fanlar sohasidagi tadqiqotlarning ilmiy asoslarini yana-da mustahkamlanishi, mazmunan boyishi va takomillashuviga zamin yaratadi.
Muxtasar qilib aytganda, mazkur qarorning qabul qilinishi mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida juda muhim boʻlgan matematikani rivojlantirish, bu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash hamda matematik usullardan ishlab chiqarishning barcha jabhalarida keng foydalanish imkonini beradi. Zero, aniq ilmiy kategoriyalar asosida tafakkur qilish, olingan bilimlarni tizimlashtirish, puxta tahlil qilish hamda oʻzi tanlagan sohani boshqa fanlar kesimida, jumladan, matematik usul va modellar asosida yana-da mustahkamlashni davrning oʻzi talab qilmoqda.
Manba: O'zA
Bizga ma’lumki, ko‘pgina matematik, fizik va texnik masalalarni yechishda algebraik tenglamalarga duch kelamiz. Shuning uchun ham algebraik tenglamalar ularning xossalari, ularning yechimlari mavjud yoki mavjud emasligini bilish doimo matematiklarni qiziqtirib kelgan. Bu yozilgan kurs ishida algebra fanining muhim bo‘limlaridan biri bo‘lgan tenglamalarga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda sodda algebraik tenglamalardan toki yuqori tartibli algberaik tenglamalarning yechimlari xususida fikr yuritiladi.
Ma’lumki, kvadrat tenglamalarning yechish usullari hatto qadimgi yunonlarga ham ma’lum bo‘lgan bir vaqtda uchinchi va to‘rtinchi darajali algebraik tenglamalarni yechish usullari XVI asrga kelib taqaladi.

Download 54,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti