102
Savol va topshiriqlar
1. Yakka bog‘lovchilar ishtirokida gaplar tuzing.
2. Qanday bog‘lovchilar takror holda qo‘llanadi? Ular nimani
anglatadi?
3. Takror holda qo‘llanuvchi bog‘lovchilar yakka qo‘llanilishi ham
mumkinmi? Misol keltiring.
208-mashq.
Uyga vazifa. Bog‘lovchilar qatnashgan gaplarni yozing.
Bog‘lovchilarning ma’nosiga va qo‘llanilishiga ko‘ra turini ayting.
1. Ishqilib yo ilmli, yo hunarli bo‘lish payida bo‘linglar.
(
X. To‘xtaboyev) 2. Kim nima desa deyaversin. Lekin sarta-
roshlikdan yaxshi kasb yo‘q. (
X. To‘xtaboyev) 3. Jomiy va Navoiy
o‘rtasidagi yakdillik va do‘stlik o‘zbek hamda tojik xalqlarining
birodarligi va do‘stligining yorqin timsolidir. (
A. Qayumov)
4. Qo‘chqor akam bilan amakim ancha orqada qolib ketibdi.
(
N. Fozilov)
Do'stlaringiz bilan baham: