Bog‘lovchilarni toping. Ularning ma’nosiga ko‘ra turini
aniqlang. Birinchi gapdagi fikrga qo‘shilasizmi?
1. Mevani gullata bilishgina emas, balki undan mo‘l va shirin
hosil yetkaza bilish san’atdir. («Hayot – ustoz, xalq – muallim»
kitobidan) 2. Bilim – boylik, ammo uning boshqa boyliklardan
farqi bor. (B.To‘xliyev) 3. Na kunduz, na kecha beradi tinchlik,
– Yoz, – deydi, – azizim, ma, qalam, daftar! (Ramz Bobojon)
4. Kampir ba’zan mudrar, ba’zan o‘g‘li bilan nimalarnidir gap-
lashar edi. (S. Zunnunova) 5. Nogahonda xayolga botsam Yo
uxlasam, uyg‘oting darrov. (A. Oripov) 6. Hayratga tushdim
men kuy tinglab yakka Yoki o‘zgalarning she’riga boqib.
(A. Oripov) 7. Buyuklar baxtiga havas qil, ammo Insonliging
uchun shukr aytgil zinhor. (A. Oripov)
♦
♦
♦
♦
♦
Do'stlaringiz bilan baham: |