Urushdan oldingi Yevropa
Urushdan oldin Yervopani dushman alianslar, manfaatlar to‘qnashuvi va maxfiy shartnomalar bo‘lib turgan edi. Ular esa keyichalik butun qit’a va dunyoga tarqalib ketgan urushga yo‘l ochdi. XX asr boshlarida Yevropada ikki uchlik guruhi yuzaga keldi. Biri Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiyadan tashkil topgan Antanta ittifoqi, ikkinchisi esa Germaniya, Avstriya-Vengriya va keyinchalik Italiyadan tashkil topgan markaziy kuchlar yoki Uchlar ittifoqi guruhlari edi. Urush boshlangach esa Usmonli, Italiya, Bolgariya kabi davlatlar Uchlar ittifoqi tarafida jang qilgan bo‘lsa, AQSh va Yaponiya singari boshqa ko‘plab davlatlar Antanta tarafida turib urushdi.
Urush sabablari
Urushning ko‘rinib turgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri sababi Avstriya-Vengriya imperiyasi valiahd shahzodagi Frans Ferdinandning Serbiyaning Sarayevo shahrida o‘ldirib ketilishi deb hisoblansa-da, tarixchilar, siyosatchilar uning ko‘rinmas va chuqur sabablari ko‘pligini va xilma-xilligini ta’kidlab keladi. Tarixchi Andre Loez “iqtisodiy va kolonial raqobat”ni shunday chuqur sabablar qatoriga qo‘shadi (André Loez, La Grande Guerre, Paris, La Découverte, coll. “Repères”, 2010, 125 p.).
Kuchli millatchilik kayfiyati, imperializmning o‘sishi, ekspansion istaklar, fransuz revanshizmi, bolqon urushlari singari hal etilmagan mojarolar urushning stixiyali sabablari edi. Unga iqtisodiy raqobat va Napoleon mag‘lubiyatidan keyin XIX asr davomida Yevropada yuzaga kelgan turli harbiy ittifoqlar, Vena kongressi va 1830-yilgi Belgiya mustaqilligini ham qo‘shish mumkin. Fransiya va Buyuk Britaniya uning suvereniteti garanti edi. Germaniya esa Belgiya hududini bosib olishni istardi.
РЕКЛАМА
Reklamani yopish
Yuzaga kelayotgan tarang vaziyat davlatlar o‘rtasidagi qurollanish poygasiga olib keldi va har bir qo‘mondonlik yuzaga kelishi muqarrar bo‘lgan mojaroga tayyorlana boshladi. Tarixchi Jan Baptist Dyurosel Sarayevodagi qotillik total urushni boshlab bergan mexnizmni ishga tushirdi deb hisoblaydi (Jean-Baptiste Duroselle, La Grande Guerre des Français : l'incompréhensible, Paris, Éditions Perrin, coll. “Tempus” (no 27), 2003, p34).
Foto: Google Photos
Kristofer Klark urushni davlat arboblarining dunyodagi siyosiy taranglikni izdan chiqarib yuborishlari oqibati deb hisoblaydi va “mexanizm” haqidagi Dyuroselning fikrlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ba’zi tarixchilar, jumladan, Frits Fisher urush Germaniya rahbarlari, ayniqsa, Oliy bosh qo‘mondonlik tomonidan istalgani va tayyorlanganini iddao qiladi (Fritz Fischer, War of Illusions: German Policies from 1911 to 1914 [“La Guerre des illusions : politiques allemandes de 1911 à 1914”], Norton, 1975, p85).
Nima bo‘lgan taqdirda ham 1914-yilga kelib urushga har tomonlama tayyor bo‘lgan yagona davlat Germaniya edi va qolgan davlatlar inqirozlarni boshdan kechirayotgan edi. Dunyoda koloniyalarga ega bo‘lmagan yagona davlat ham Germaniya edi va u buni adolatsizlik deya hisobladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |