Versal shartnomasi: Birinchi jahon urushining so‘nggi nuqtasimi yoki 20 yillik yarash bitimi?



Download 0,97 Mb.
bet2/8
Sana03.03.2022
Hajmi0,97 Mb.
#481053
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Versal shartnomasi Sardor Berdiqulov

Buyuk Britaniya
Britaniya imperiyasi Germaniya Yevropa qit’asida va butun dunyoda iqtisodiy jihatdan yetakchilikka intilayotganidan xavotirda edi. Ustiga ustak, 1890-yillarga kelib Germaniya yalpi ichki mahsulot bo‘yicha Yevropada birinchi o‘ringa chiqib, inglizlarni keyingi o‘ringa surib qo‘ygan edi. Asrlar mobaynida “dunyo sanoatining markazi”, “dunyo ustaxonasi” bo‘lib kelgan Britaniya uchun nemislarning yutuqlari iqtisodiy dushmanlikni yuzaga keltirgan, Britaniya qasos olishi kerak edi.
Rossiya
Rossiya Birinchi jahon urushiga kirar ekan, imperiya sifatida o‘zini slavyan xalqlarining homiysi sifatida ko‘rsatishga urundi. Shunday ekan, Bolqon yarim orolida yashovchi janubiy slavyan xalqlari taqdiriga befarq qaray olmas edi. Rossiyada slavyanchilik homiysi g‘oyalari XIX asrning 60-yillaridan kuchaya boshlab, oqibatda 1877–1878-yillarda rus – turk urushiga olib kelgan edi. Hal bo‘lmagn nizo shu tariqa Birinchi jahon urushiga qadar kechiktirilgan edi. Ruslar navbatdagi urushga kirishar ekan, O‘rta yer dengizida floti erkin harakatlanishiga erishishni maqsad qilgan edi. Bu Rossiya imperiyasining geosiyosiy maqsadlaridan biri edi.
Shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan farq qiluvchi mamlakatlar Birinchi jahon urushi domiga tortildi; bu urush dunyo manzarasini va insoniyat tafakkurini keskin o‘zgartirib yubordi. Urush natijasida ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlar, ichki va ijtimoiy siyosat o‘zgarib ketdi. Endi hech bir urushda ishtirok etgan davlat urush boshlanishi paytidagi tizimga da’vogar emas edi.
Urush boshlanishiga sabab
Urush boshlanishiga doim sabab topiladi deganlaridek, Birinchi jahon urushining boshlanishiga Avstro-Vengriya imperiyasi valiahd shahzodasi ersgersog Frans-Ferdinandning o‘ldirlishi bahona bo‘ldi. 1914-yil 28-iyunda shahzoda Frans-Ferdinand “Yosh bosniyaliklar” terrorchi tashkiloti tomonidan o‘ldirilishi manfaatdor mamlakatlarda urush boshlash kayfiyatdagi siyosiy kuchlarga turtki bo‘ldi.
Mavzuga doir:
Sarayevoda otilgan o‘q. Birinchi jahon urushi jahon xaritasini qanchalik o‘zgartirdi?
11-noyabr nega 9-may kabi nishonlanmaydi? Birinchi jahon urushining tugashi haqida
Avstro-Vengriya imperiyasi Serbiyaga 48 soat ichida qotillik tafsilotlarini aniqlash va jinoyatchilarni topshirish ultimatumini qo‘ydi. Bu paytda serblar ruslar bilan maxfiy diplomatik munosabatga kirishgan, Avstro-Vengriya esa Germaniya bilan kengash olib borar edi. Urush boshlangani aniq edi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: urushning oldini olish mumkin edimi? Tarixchilar urushning oldini olish imkoni yo‘qligiga ishora qiladi.
Shu tariqa Avstro-Vengriya imperiyasi Serbiyaga qarshi urush ochdi. Bunga javob tarzida Rossiya Avstro-Vengriyaga qarshi jangovar holat e’lon qildi. 1-avgustda Germaniya ruslarga qarshi harbiy harakatlar boshlanganini e’lon qildi. Rus ittifoqhisiga qarshi qaratilgan hujum sabab 1-avgustda Fransiya, 4-avgustda Buyuk Britaniya Germaniyaga qarshi urush ochdi. Urushga kirayotgan mamlakatlar balandparvoz g‘oyalar haqida gapirar ekan, hech biri shaxsiy manfaat borligi haqida churq etmadi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish