Vaziyatga huquqiy baxo bering



Download 17,98 Kb.
Sana24.04.2022
Hajmi17,98 Kb.
#579138
Bog'liq
MJTK 2-kazus nazariy


2-kazus
M.Muxsinov 2020 yil 12 sentyabr kuni soat 17:00 da o‘zining uyida bo‘la turib jiyani G.Muxsinova bilan uy daftari masalasida janjal ko‘tarib, uni xar xil uyatli va qo‘pol so‘zlar bilan xaqorat qilib, natijada o‘zining harakatlari bilan shaxsning shaʼni va qadr qimmatini qasddan kamsitganligi aniqlangan.
Fuqaro G.Muxsinova mazkur xolat yuzasidan, 2020 yil 12 sentyabr kuni soat 17:00 da amakisi M.Muxsinovning uyiga kelganligi, so‘ng amakisidan uy daftarini so‘raganligi, sababi ikki yildan beri fuqarolik pasporti ololmayotganligi va amakisi uy daftari yo‘q deb u bilan janjal ko‘targanligi, janjal natijasida uni uyatli va qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlaganligi, bu holat birinchi marta takrorlanmayotganligi, so‘ng u militsiyaga xabar qilishga majbur bo‘lganligi, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini so‘rab tushuntirish bergan.
Savol:
- Vaziyatga huquqiy baxo bering.
- M.Muxsinovning harakatlarini huquqbuzarlik sifatida eʼtirof etish asoslarini tahlil qiling.

JAVOB
Kazusga javob beradigan bo’lsak, ushbu huquqbuzarlik tarkibini hamda fuqaroning harakatlariga huquqiy baho beramiz.
Demak, M.Muxsinov 2020 yil 12 sentyabr kuni soat 17:00 da o‘zining uyida bo‘la turib jiyani G.Muxsinova bilan uy daftari masalasida janjal ko‘tarib, uni xar xil uyatli va qo‘pol so‘zlar bilan xaqorat qilib, natijada o‘zining harakatlari bilan shaxsning shaʼni va qadr qimmatini qasddan kamsitganligi aniqlangan. Fuqaro M.Muxsinov O’zbekiston Respublikasi M’amuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni qasddan amalga oshirgan. Haqorat qilganlik – shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. 41-modda dispozitsiyasida haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish deb ta’rif berilgan.
Ushbu moddaning sanksiyasida bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi deb belgilangan. Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 4 460 000 soʻmdan 8 920 000 soʻmgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.
Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilsa huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Fuqaro G.Muxsinova mazkur xolat yuzasidan, 2020 yil 12 sentyabr kuni soat 17:00 da amakisi M.Muxsinovning uyiga kelganligi, so‘ng amakisidan uy daftarini so‘raganligi, sababi ikki yildan beri fuqarolik pasporti ololmayotganligi va amakisi uy daftari yo‘q deb u bilan janjal ko‘targanligi, janjal natijasida uni uyatli va qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlaganligi, bu holat birinchi marta takrorlanmayotganligi, so‘ng u militsiyaga xabar qilishga majbur bo‘lganligi, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini so‘rab tushuntirish bergan. Ushbu vaziyatda Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 30-moddasidagi javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni inobatga olish zarur. Kodeksning 32-moddasida og’irlashtiruvchi holatlar sanab o’tilgan va ularning hech biriga ushbu vaziyat to’g’ri kelmaydi. 31-moddadagi yengillashtiruvchi holatlarning 3-bandi, ya’ni huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida yoki og‘ir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi fuqaro Muxsinovning harakatlarini yengillashtirishi mumkindek go’yo. Ammo, mening fikrimcha fuqaro M.Muxsinovning harakatlari yengillashtruvchi holatga to’g’ri kelmaydi.
Mazkur huquqbuzarlikning obyekti shaxsning sha’ni qadr-qimmati.
Huquqbuzarlik obyektiv tomoni esa haqoratli so’zlarni aytish orqali amalga oshirganligi. Fakultativ belgilari 2020 yil 12 sentyabr kuni soat 17:00 da o‘zining uyi.
Subyektiv tomondan esa qasddan sodir etilgan huquqbuzarlik sifatida baholanadi.
Subyekti esa 16 yoshga to’lgan aqli raso shaxs.

NZARIY SAVOLLAR


34-savol
Transport vositalarini mast holda boshqarishni yuridik tahlil qiling.
Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi deya Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksida belgilangan.
O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 131-moddasi “Transport vositalarini mast holda boshqarish” deb nomlanib, unga ko’ra haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Demak, haydash huquqiga ega haydovchining mast holda avtobomilni boshqarishi faqat transport vositasini boshqarish huquqidan ma’lum muddatga mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi. Jarima tortilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 370-sonli qarorida haydovchiga taqiqlangan harakatlar ichida mastlik holatida avtomobil boshqarish ham bor. 2011-yil Ichki ishlar vazirining buyrug’ida ham quyidagilar belgilangan. Alkogoldan, giyohvand moddadan yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda transport vositasini boshqarish, tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlash, svetoforning yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishoralariga bo‘ysunmaslik, ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to‘xtatish haqidagi qonuniy talabini bajarmaslik, belgilangan tezlikni oshirish, temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzish, transport vositalarini quvib o‘tish qoidasini buzish, transport vositalari haydovchilarining to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit berishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, avariya holatini keltirib chiqarish, odam tashish qoidalarini buzish, transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanish yoki transport vositasi salonining old qismiga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o‘rnatilgan monitordan (displeydan) tele-, videodasturlar tomosha qilish uchun foydalanish, yuk tashish, shatakka olish qoidalarini buzish, transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositasini boshqarishning topshirilishi qo‘pol huquqbuzarliklar hisoblanadi.

35-savol
Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishini yuridik tahlil qiling.


Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalari, yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa, bundan yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan yo‘l-transport hodisasi sodir etilganda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Ancha miqdor esa bazaviy hisoblash miqdorining 100-300 baravari miqdorida bo’ladi. Demak, zarar bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan, ya’ni 27 000 000 dan kam bo’lishi kerak.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 14ta moddasida huquqbuzarlik uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinishi belgilangan. Bular: 1251-modda. “Yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish” (2-qism);
128-modda. “Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo’laklaridan yurgizishi, yo’l belgilari va yo’l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi” (4-qism);
1281-modda. “Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi” (2-qism)
1282-modda. “Transport vositasini boshqarish paytida monitordan (displeydan) tele-, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish va transport vositasiga o’zboshimchalik bilan monitor (displey) o’rnatish” (3-qism);
1283-modda. “Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi” (4-, 5-qismlar);
1284-modda. “Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo’l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo’ysunmasdan o’tishi” (3-qism);
1285-modda. “Transport vositalari haydovchilarining halaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirish, yo’lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo’ljallangan tomoniga yoki bo’lagiga chiqishi” (3-qism);
129-modda. “Transport vositalari haydovchilarining yo’l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo’lib harakat qilishda qatnashishi” (2-qism);
130-modda. “Transport vositalari haydovchilarining temir yo’lning o’tish joylaridan o’tish qoidalarini buzishi” (2-qism);
131-modda. “Transport vositalarini mast holda boshqarish” (1-, 3-qismlar);
133-modda. “Transport vositalari haydovchilarining yo’l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda zarar yetkazilishiga olib kelishi”;
134-modda. “Haydovchilarning yo’l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi”;
136-modda. “Transport vositalari haydovchilarining va yo’l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o’tishdan bo’yin tovlashi” (1-qism);
137-modda. “Yo’l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish”.
Demak, ushbu turdagi huquqbuzarlik jiddiy hisbonlanadi.
Download 17,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish