Elementar aktning tabiati bo‘yicha sinflanishi
Qo‘zg‘almas faza qattiq modda bo‘lsa, tahlil qilinayotgan modda (sarbat) qattiq faza (sorbent) bilan o‘zaro ta’siri yana:
adsorbsiya akti – molekulyar adsorbsion xromatografiyasi bo‘lishi mumkin.
qattiq faza ionlarini eritmalardagi ionlarga almashishi ionalmashinuv xromatografiyasi.
xromatografik tahlilida qiyin eruvchi moddalarni kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘lishi va bir biridan ajralishi cho‘ktiruvchi xromatografiyasi.
Suyuq va gazsimon moddalarni molekulyar adsorbsion xromatografiyasi yordamida ajralishi, ajratilayotgan komponetlar aralashmasini va qattiq faza adsorbentini o‘zaro bir-biriga mos kelishiga bog‘liq. Xromatografiyani bu yo‘nalishi rangli klassik yo‘nalishdir.
Ionalmashuv xromatografiyasida qattiq faza va eritma ionlari bir-biriga ta’sir qiladi. Eritmadagi ionlar aralashmasining ajralishi qattiq fazaga nisbatan, ularni mos kelish darajasiga bog‘liq. Bu xolatda qattiq fazaning moddasi ionlari bilan almashish xususiyatiga ega bo‘lishi – ionalmashuvchi yoki ionit bo‘lishi kerak. Tahlil qilinayotgan modda faqat eritma xolatida bo‘lishi lozim.
Cho‘ktiruvchi xromatografiyada ajralayotgan aralashma komponentlarni qattiq faza tarkibidagi cho‘ktiruvchi bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, qiyin eruvchi cho‘kmalar xosil qiladi.
Agar qo‘zg‘almas faza suyuqlik bo‘lsa, elementar akti tahlil qilinayotgan moddani suyuq fazaning eritmasida erish adsorbsiyasi sodir bo‘ladi. Bu xolatda taqsimlanish xromatografiyasi namoyon bo‘ladi. Tahlil qilinayotgan aralashma komopnentlarni ajralishi qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi faza suyuq fazalar yoki suyuq va gaz xolidagi fazalar orasidagi taqsimlanish koeffitsentlarni turliligiga asoslansa, birinchi yo‘nalish suyuqlik – suyuqlik, ikkinchi gaz suyuqlik taqsimlanishi xromatografiyasi deyiladi.
Gel xromatografiyada suyuqlik faza ma’lum o‘lchamli g‘ovakchalarga ega bo‘lgan maxsus sorbent gelda bo‘ladi, aralashmaning ajralishi esa uning komponentlarni gel g‘ovakchalariga joylanish xususiyati darajasining turliligiga asoslanadi. Real sharoitda doim tahlil qilinayotgan moddalar va qo‘zg‘olmas faza orasidagi jarayondan tashqari yana bir qator xodisalar kechishi mumkin. Jumladan ionalmashuvidan tashqari ionitda adsorbsiya jarayoni yuz beradi, gaz suyuqlik xromatografiyasida moddani suyuq qo‘zg‘almas fazada erishdan tashqari gaz va suyuqlik oralig‘ida adsorbsiyalanishi kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |