Frontal xromatografiya
Sorbent bilan to‘ldirilgan nayni A va V moddalar eritilgan gaz yoki suyuq erituvchi bilan yuviladi. Bunda A – moddasi V ga nisbatan sorbentga shimilish xususiyati pastroqdir. Aralashma sorbent qavatidan tinmay o‘tkaziladi. Sorbentning ustki qavatiga tushayotgan A va V moddalar borib E erituvchini naydan siqib chiqarishadi, bu aralashmaning harakat fronti kamroq shimiluvchi A moddasi, so‘ng dastlabki aralashma harakatidan iborat. SHunday qilib, sorbent avval kam shimiluvchi A moddasi bilan to‘ydiriladi. So‘ng V moddasi bilan. Bunday xollarda xromatogramma pog‘ona ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Pog‘onalarni soni tahlil qilinayotgan aralashma komponentlariga teng bo‘ladi. Elyuent xromatografiyasi va frontal xromatografiyalar ikkinchisining aralashmadan toza xolda faqat bitta sorbentga kam shimiluvchi moddani ajratish xususiyati bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |