12-MA`RUZA. XROMATOGRAFIK TAHLIL USULLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. XROMATOGRAFIYANING RIVOJLANISH TARIXI VA SINFLANISHI. QOG’OZ XROMATOGRAFIK TAHLIL USULI VA UNING VARIANTLARI
Ma'ruza rejasi:
xromatografiya turlarini kimyo va farmatsevtikani rivojlanishidagi ahamiyati.
xromatografiyaning rivojlanish tarixi va dunyo olimlarining xromatografiyaning rivojlanishiga qo‘shgan xissalari.
xromatografiya usullarining sinflanishi. 1.fazalarni agregat xolati bo‘yicha.
2.qo‘zg‘almas faza bilan tekshiriluvchi modda o‘rtasida sodir bo‘ladigan o‘zaro ta’siri. 3.fazalarni o‘zaro harakatlanishi.
4.xromatografiya jarayonini olib borishda qo‘llaniladigan moslamalar bo‘yicha. 5.xromatografiya jarayoni maqsadi.
Tayanch so`z va iboralar: Xromatografiya, Qo‘zg‘aluvchi faza, qo‘zg‘almas faza, sorbent, start chizig‘i, front chizig‘i.
Xromatografiya - kimyoviy tahlilning zamonaviy usullariga talluqlidir. Bu usulning axamiyati juda katta. Xromatografiya tabiatda moddalarni o‘zgarishlarini o‘rganishga, atmosferada va tabiiy suv xavzalarida iflosliklarni aniqlashga yordam beradi. Dori turlarini ishlab chiqarish, tadbiq qilishda hamda odam a’zosida moddalarni parchalanishi aniqlashda qo‘llaniladi. Xromatografiyani rivojlanishi analitik kimyoning uslublarni ishlab chiqish bilan bog‘liq. Xromatografiya o‘zining soddaligi, tezkor va oddiyligi
tufayli toksikologik kimyo va biologik kimyoda qo‘llanilidigan analitik usullardan eng ko‘p tarqalgan usuldir. Farmatsevtik preparatlarni tahlil qilishda, sintezning oraliq va oxirgi xosil bo‘lgan maxsulotini tadbiq etishda, dorilarni barqarorligini aniqlashda va tabiiy moddalarni tahlil qilishda bu usul boshqa usullardan ustundir.
Xromatografiyaga 1903 yili rus botanigi M.S.Svet chop etgan “Adsorbsion xolatlarning yangi ilmiy tushunchalari va ularni biokimyoviy tahlilda qo‘llash” nomli tadqiqotlari asos bo‘ldi. Shuning uchun 1903 yil xromatografiya usulining tashkil topishining boshi deb hisoblanadi. O‘zi tavsiya etgan xromatografik usulning asoslarini ta’kidlar ekan, Svet “Aralashgan eritmalarni adsorbent ustunidan filtrlarda pigmentlar har xil rangdagi aloxida zonalarga ajraladilar. Spektrdagi yorug‘lik nurlari kabi murakkab pigmentning tarkibiy qismlari (komponentlari) adsorbent ustunida qonuniyatga binoan birin – ketin ajraladi va sifatini aniqlashga qulay xolatga o‘tadi. Ushbu rangli preparatni “Men xromatogramma deb nomladim, bu usulni esa tahlilining xromatografik usuli, deb atadim” deb yozgan edi. Bu jumlani M.S.Svet tahlil qilinayotgan komponentlarning tanlangan adsorbentga nisbatan xususiyatlariga asoslangan adsorbsion xromatografik usulning aniq va ravshan ifodasini berdi.
M.S. Svet kashf etgan usul ko‘pincha bunday xollarda bo‘lgani kabi, uning zamondoshlari tomonidan qabul qilinmadi va uzoq yillar qo‘llanilmadi. Ammo shu yillar adsorbsiya soxasida N.D.Zelenskiy, N.A. SHilova, M.M.Dubinina, L.K. Lepin, K.V.CHmutova va M.L.CHepelevskiy tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar xromatografiyani rivojlanishiga asos yaratdi. 1931 yilda R.Kun, A.Vintershteyn, E.Lederlar Svet usuli bilan karotindan va - karotinlarni ajratib olib, bu usulni qanchalik qimmatli ekanligini namoyish etishdi. M.S.Svet tekshirilayotgan moddalar eritmasini va qo‘zg‘aluvchi faza naychaga joylashgan adsorbent ustunidan o‘tkazgan. SHu sababli bu usul ustunli xromatografiya nomini olgan (kolonkali xromatogra-fiya).
1938 yilda N.A.Izmaylov va M.S. SHraybu Svet taklif etgan usul shaklini o‘zgartirishni, yani moddalar aralashmasini yupqa sorbent qatlami bilan qoplangan plastinkada ajratishni taklif qilishdi. SHunday qilib, moddalarni mikromiqdorini tahlil qilish imkonini beruvchi yupqa qatlamli xromatografiya usuli vujudga keldi.
1941 yilda Martin va Sindjlar moddalarni bo‘linishini asosiga tahlil qilinayotgan moddalarni ikkita o‘zaro aralashmaydigan suyuqliklarga nisbatan taqsimlanish koeffetsenti har xilligi asosida taqsimlanish xromatografiyasini kashf etishlari xromatografiyani keng rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Qo‘zg‘almas fazani ushlab turuvchi sifatida qog‘oz qo‘llanma boshlangandan so‘ng taqsimlovchi xromatografiya keng qo‘llaniladigan bo‘ldi, ayniqsa oqsil moddalarni tadbiq etishga uning ahamiyati katta bo‘ldi.
1947 yilda T.V.Gapon, E.N. Shemyakin ilk bor eritmada ionlar aralashmasini xromamtografik usul bilan ajratdi va buni sorbent va eritmadagi ionlarning roasidagi almashinuv reaksiyasi deb izohladi. SHunday qilib, xromatografiyaning yana bir yo‘nalishi ion almashinuv xromatografiyasi kashf etildi.
1948 yilda E.N. Gapon va T.V.Gaponlar M.S.Svet tomonidan qiyin eriydigan cho‘kmalarni eruvchanlik xususiyatlariga asoslangan xolda moddalar aralashmsini xromatografik usul bilan ajratish mumkinligi haqidagi qilingan bashoratini ro‘yobga chiqarishdi. SHunday qilib, cho‘ktiriluvchi xromatografiya kashf etildi.
1951 yilda A.A.Juxovitskiy o‘z hamkasblari bilan gazlar aralashmsini ajratish uchun qo‘zg‘aluvchi faza gaz bilan birga sorbentga va ajratilayotgan aralashmaga harorat maydoni ma’lum bir meyorda ta’sir qilishni taklif qildilar. Ushbu usul gaz xromatografiyasi deb nomlandi.
Xromatografiya usuli A.Martin va A.Jeyms tomonidan gaz suyuqlik taqsimlanish xromatografiyasi ishlab chiqishgach yangi suyuq qo‘zg‘almas faza va qo‘zg‘almas gaz fazasi orasida tahlil qilinayotgan aralashmaning komponentlarini taqsimlanish koeffitsenti har xilligiga asoslanganligi isbotlangandan keyin yana ham ravnaq topdi. Xromatografiyaning ana shu yo‘nalishi o‘zining universalligi, sezgirligi va selektivligi tufayli juda ham keng qo‘llaniladi.
1957 yilda M.Goley sorbentni ingichka nayning ichki qavatiga o‘tkazishni, yani kapillyar xromatografiyani taklif qildi. Bu variant ko‘p komponentli aralashmani mikromiqdorda tahlil qilish imkonini beradi.
60 yillarda aniq o‘lchamli g‘ovakchalarga ega bo‘lgan ionogen, shuningdek, zaryadlanmagan gellarni sintez qilish imkoni tug‘ildi. Bu vaziyat gel – xromatogrfiyani, yani moddalar aralashmasini ularning gellarga har xil singish xususitlariga asoslanib ajratish usuli – xromatografiyaning yangi yo‘nalish
vujudga kelishiga turtki bo‘ldi. Bu usul har xil molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan moddalar aralashmasini ajratishga imkon berdi va molekulyar xromatografiya deb nomlandi.
Ammo bu yo‘nalishlar tashqi ko‘rinishda qanchalik bir-biridan yiroq bo‘lmasin M.S.Svet izohdagan umumiy qonunga asoslanadi. Bu ajratilayotgan aralashmaning komponentlari ikki faza orasida biri ustki qavati rivojlangan qo‘zg‘almas, ikkinchisi esa oqim bo‘ylab qo‘zg‘almas qavatdan filtrlanib taqsimlanishi qoidasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |