X-N + D ---> X-N D
N-donori, N.akseptori vodorod bog‘i
D - Lyuis asosi, X esa-O, N, F, Cl, S ba’zan S atomlari bo‘lishi mumkin.
Bunda vodorod qanchalik kuchsiz bog‘langan bo‘lsa (kislotalik xususiyatlari qanchalik kuchli bo‘lsa) va Lyuis asosi ham shunchalik mustahkamdir. Bunday kuchlar o‘rtacha kuchdagi o‘zaro ta’sir kuchlarga kiradi. Chunki sarflanadigan maksimal energiya 10 kkal/mol dan oshmaydi.
Vodorod donori yoki akseptori o‘rnida, erituvchi yoki qo‘zg‘almas faza bo‘lishi mumkin. Kimyoviy birikmalarda bog‘larni engil vujudga kelishi nuqtai nazaridan 5 guruxga bo‘lish mumkin, ulardagi moddalar bog‘larni mustahkamligi kamayib borishi bo‘yicha quyidagi tartiblarda joylashgan.
vodorod donorlari SNCl3>CH2Cl2>CH2Cl-CH2Cl
vodorod akseptorlari alkilgidrazinlar >NN2>azobirikmalar> nitrillar> oddiy efirlar>ketonlar > murakkab efirlar> nitrobirikmalar>aramatik uglevodorodlar
>olefinlar.
v) bir vaqtning o‘zida vodorod donor va akseptori bo‘la olish xususiyatiga ega gruppalarni saqlovchi birikmalar: ON>N2>kislotalar>fenollar> oqsillar>spirtlar>imidlar>amidlar>gidrazin hosilalari> birlamchi va ikkilamchi aminlar.
g) molekulasida Yuqorida ko‘rsatilgan gruppalarni kamida ikkitasini saqlovchi bir-biridan ancha molekulalararo vodorod bog‘lari yordamida mustaxkam bo‘shliq panjaralarni yuzaga keltiruvchi masofada bo‘lgan birikmalar: ko‘p asosli organik kislotalar, spirtlar, aminlar va boshqa polifunksional guruxlar saqlagan moddalar.
d) vodorod boo‘larni yuzaga kelishida ishtirok etmaydigan moddalar CS2 (serouglerod), to‘rt xlorli uglerod, siklogeksan, alifatik yog‘ qatori uglevodorodlari.
Xelat kompleksining hosil bo‘lishi.
Metall atomida bo‘sh gidroksil gruppasi bo‘lgan sorbentlarga xosdir. Bu turdagi bog‘larni ichki molekulyar bog‘larni hosil qiluvchi moddalar yuzaga keltiradi. Bunday bog‘lar nafaqat alyuminiy oksidini ishlatganda, balki temir oksidi yoki magniy gidroksidini ishlatganda ayniqsa α –amino spirtlar, α -oksialdegidlar yoki ketonlar, O.aminofenol, α -oksibenzoy kislotalarni xromatografiya qilganda hosil bo‘ladi. Substrat xossalariga qarab qayd etilgan birikmalar yo xelat (bunda sorbent va moddaning o‘zaro ta’siri kuchayadi) yoki ichki molekulyar vodorod bog‘lari xosil qiladi (modda bilan sorbentning o‘zaro ta’siri kamayadi). SHu sababli Yuqorida qayd etilgan birikmalarni alyuminiy oksidida xromatografiya qilganda izomerlarga qaraganda Rf qiymati -kichkina bo‘ladi, qog‘oz yoki silikagelda esa buning aksi kuzatiladi.
Dispersion (Vander-Vals) kuchlari.
Dispersion (Vander-Vals) kuchlari - eng kuchsiz o‘zaro ta’sir kuchlaridir, ammo ular molekuladagi uglevodorodli qismlarining gidrofob o‘zaro ta’siriga mas’uldirlar yoki xromatografiya qilinayotgan modda va erituvchi bir-biri bilan uchrashganda namayon bo‘ladi. Aynan shu kuchlar gamologlarni ajralishiga mas’uldirlar, chunki uglevodorod zanjiri qanchalik uzun bo‘lsa shunchalik erituvchi bilan uning o‘zaro ta’siri samarali bo‘ladi.
Ba’zi molekulalardagi funksional gruppalar bir vaqtning o‘zida bir necha tur bog‘larda qatnashi mumkin. 1-jadvalda funksional gruppalarni qatnashishi xususiyatiga ega bo‘lgan bog‘larning turlari haqida, bu o‘zaro ta’sirning yarim miqdorini baholash bilan birgalikda ma’lumotlar keltirilgan. Xromatografiya qilinayotgan moddaning va sorbent hamda eritmaning u yoki bu o‘zaro ta’sirga beriluvchanlik xususiyati bilan baxolanadi.
1-jadvalda ko‘rinib turibdiki, SN2 gruppasiga faqat dispersion o‘zaro ta’sir kuchlar xosdir. SHunday qilib,
-SN2 gruppasining soni bilan farq qiladigan moddalarni ajratishda faqat dispersion kuchlarga ega sorbentlar tanlanadi. 2-jadvalda takidlanganidek, bunday ajratish uchun parafin moyi bilan qoplangan sorbentlar kukunli polietilen, sellyuloza va dezaktivlangan silikagel qo‘l keladi. Alyuminiy oksidi va aktivlangan silikagel bunga to‘g‘ri kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |