Vazirligi toshkent farmatsevtika


Erituvchilar sistemasini tanlash



Download 4,33 Mb.
bet106/362
Sana03.01.2022
Hajmi4,33 Mb.
#299234
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   362
Bog'liq
ДВИТУ мажмуа 3к Био ЛОТИН

Erituvchilar sistemasini tanlash

Amaliyotda ma’lumki erituvchilar sistemasi moddalarni bir-biridan ajratish xususiyati Rfmax - 0,5 atrofida bo‘lsa, eng yuqori samarali hisoblanib, start tomonga ham front tomonga ham u pasaya boradi. Shuning uchun mazkur aniqlanuvchi moddalar aralashmasini Rf qiymati 0,5ga nisbatan simmetrik joylashadigan erituvchilar sistemasini tanlash kerak.Turli erituvchilar moddalar aralashmasini turli darajada ajratish xususiyatiga ega. Ba’zi bir mualliflar erituvchilarni shu xususiyati asosida ularni elyuotrop qatoriga joylashtirdilar. Bu qatorlar bir-biriga o‘xshash, lekin butunlay bir-biriga mos kelmaydi. Erituvchilarni bu elyuotrop qatorida joylashish tartibi faqat sanoqli xollarda xaqiqatga to‘g‘ri keladi va ular aniqlagan moddalarga talluqlidir. Masalan: Trappening ma’lumotlariga qaraganda dietil efiri xloroformga nisbatan, ko‘proq xromatografik aktivlikga ega, boshqa mualliflarning ta’kidlashicha, buning aksidir. Streyn tuzgan elyuotropik qator butunlay farq qiladi, unda efir va atseton benzoldan oldin joylashgandir.

Bunday farqlarning sababi erituvchining ajratish xususiyati xromatografiya qilinayotgan modda bilan erituvchi orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari yig‘indisi bilan belgilanadi. Dispersion o‘zaro ta’sir kuchlari va dipollar assotsiatsiyasi oshib ketgan xollarda erituvchilarni modda bilan o‘zaro ta’sir kuchiga proporsional bo‘lgan dielektrik o‘tkazuvchanlik yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Vodorod bog‘lari hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan xollarda erituvchanlik qanchalik kuchli donor yoki akseptorlikni namoyon etishi kerak. Koordinatsion bog‘lar vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xollarda ham bu ko‘rsatkichdan foydalanish mumkin. SHunday qilib tanlanayotgan erituvchini uning qanday o‘zaro ta’sirlarga qodirligini bilish zarur. 3- jadvaldan ko‘rinib turibdiki, har bir erituvchiga ma’lum tur o‘zaro ta’sirlar ko‘proq taalluqlidir. Masalan: geksanning xromatografiya qilinayotgan modda bilan o‘zaro ta’siri faqat dispersion kuchlar yordamida amalga oshadi.

Xloroform ajratilayotgan modda bilan vodorod akseptoriga ega bo‘lsa, uni dispersion kuchlar va vodorod bog‘lar bilan bog‘lash xususiyatiga ega bo‘lishi xisobiga dipollar assotsiatsiyasi orqali o‘zaro ta’sirini ko‘rsatadi. Dietil efiri ham shunday xususiyatga ega, lekin efir ajralayotgan modda donor bo‘lsa, barqaror vodorod bog‘lar hosil qilishi mumkin. Bu misollardan ko‘rinib turibdiki universal elyuotrop qatorini tuzish xarakatlari zoe ketadi, turli erituvchilar sistemasini ajratish xususiyatini baholayotganda barcha o‘zaro ta’sirlarni va ularni kuchini nazarda tutish kerak.

Biron bir ajratish xususitiga ega sistemasini olishning eng sodda usuli bu ikkita har xil qutbli erituvchilarni bir-biri bilan turli nisbatda aralashtirishdir.

YUqori qutbli erituvchini konsentratsiyasini 1-4 % ga ko‘paytirganda sistemaning ajratish xususiyati to‘g‘ri emas, balki deyarli ekspotensial oshadi yoki boshqacha qilib aytganda qutbliroq erituvchini oz qo‘shganligimizda uning ajratish xususiyati juda tez oshadi. Ekspotensial egri chiziqning dastlabki ko‘tarilishi ikkala erituvchining qutbliligi har xil bo‘lishiga qarab shunchalik yaqqol bo‘ladi.

Ikkita turli qutbli erituvchilarni aralashtirib har xil ajratish xususiyatiga ega sistema tayyorlash mumkin. Ammo xromatografiya qilinayotgan moddaning Rf-ko‘rsatkichi 0,5 ga teng bo‘lgan hamma erituvchilar sistemasi ham bu turdagi moddalarni yaxshi ajratavermaydi. SHu sababli ba’zi xollarda bir necha sistemalarni qo‘llab ko‘rib, komponentlarni maksimal ajratishga erishgan sistemani tanlash kerak. Bunday sistemalar jumlasiga xloroform, efir va etanolning benzoldagi 5% eritmasi, bo‘lishi mumkin. Bularda xloroform vodorod donori, efir vodorod akseptori, uchinchi sistema esa donor va akseptorlik xususiyatiga ega. Bu sistemalarni ajratish xususiyatini har xilligini kam qutbli va o‘rta qutbli moddalarni bir-biridan ajratayotganda kuzatish mumkin.


Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish