startdan modda dog‘igacha masofa
Rf = ---------------------------------------------------------
startdan frontgacha masofa
Formulani quyidagicha talqin qilinsa:
R. An An
Rf = ------ = ---------------------
Ap Ap+Kd .An
An 1
bundan: Kd = ----------
Ar Rf
Ap - qo‘zg‘aluvchi faza hajmi An - qo‘zg‘almas faza hajmi.
Qog‘oz xromatografiyasida dori vositalarini aniqlashda quyidagi formulani qo‘llash mumkin:
l Rf = ----
L
l - moddani xarakatlangan masofasi L - erituvchi xarakatlangan masofa.
Rf - qiymatning doimiyligi Ap/An nisbatdagi qiymatni doimiyligiga bog‘liq. Bu doimiylikni o‘zgarishi qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi fazalar orasidagi adsorbsion va ion almashuv jarayonlarini o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi.
Rf - qiymat qog‘oz xromatografiyasida qo‘zg‘almas faza tarkibiga, tajriba olib borish texnikasiga, xaroratga va bosim kabi omillarga bog‘liq. Lekin modda konsentratsiyasiga bog‘liq emas.
Taqsimlovchi xromatografik jarayonni qog‘oz variantini amalda qo‘llashda eng asosiy talab xromatografik qog‘ozning sifati bo‘lib, u o‘zida qo‘zg‘almas faza sifatida qog‘ozda saqlanuvchi suv miqdori nazarda tutiladi.
Qo‘zg‘almas fazani ushlovchi qog‘ozga quyidagi talablar qo‘yiladi:
qog‘oz kulsiz va organik chiqindilardan xoli bo‘lishi; qog‘ozning qalinligi butun satx bo‘ylab bir xilligi;
qo‘zg‘aluvchi faza va aniqlanuvchi modda bilan reaksiyaga kirishmasligi; standart eritmani aniq va to‘liq ajratib berishi;
qo‘zg‘aluvchi fazani bir xil tezlikda xarakatlanishini ta’minlashi.
Bunday xromatografik qog‘ozlar yuqori sifatli paxta tolalaridan maxsus tayyorlanadi. Ular N1, 2, 3, 4 raqamlari bilan va M, B va "Vatman" belgilari bilan chiqarilib, sekin va tez xromatografik jarayonlar o‘tkazishda qo‘llaniladi. Qog‘oz qancha zich bo‘lsa, (B) qo‘zg‘aluvchi faza xarakati shunchalik sekin bo‘ladi.
Maxsus xromatografik qog‘oz bo‘lmagan xollarda oddiy filtr qog‘oz tasmasi olinib, uni 0,1n natriy ishqoriy spirtli eritmasi bilan so‘ng 2% xlorid kislota eritmasi bilan yuvib quritilgach, xromatografik jarayon uchun qo‘llash mumkin.
Qog‘oz xromatografiyasi xam, gaz-suyuqlik xromatografiyasi kabi, taqsimlovchi xromatografiya hisoblanadi, chunki har ikkala xolatda xam moddalar aralashmasi qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi fazalar orasida qayta taqsimlanadi. Gaz-suyuqlik xromatografiyasida o‘tkazuvchi o‘ovak material (shixta) bo‘lsa, qog‘oz xromatografiyasida bunday vazifani qog‘oz tolalari, ya’ni sellyuloza bajaradi yoki qog‘oz xromatografiyasi yuza qatlam xromatografiyasidir.
Xromatografik qog‘oz yot moddalar saqlamasligi, ayniqsa og‘ir metall tuzlari-texnologik jarayonlar hisobiga shimilib qolishi mumkin bo‘lgan temir va mis saqlamasligi zarur. Qog‘oz tayyorlashda ishlatiladigan suv (deionlangan) ionlardan tozalangan bo‘lishi shart. Xatto olingan qog‘oz varaqlari ishlatishdan avval qo‘shimcha suyultirilgan kislota eritmasi xamda suv bilan yuvib yot moddalar qoldiqlaridan tozalanishi talab qilinadi.
Hozirgi kunda, qog‘oz xromatografiyasining turli varianlari qo‘llaniladi. Ulardan qo‘llashga qulay usullarni tushuntiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |