Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

bo'lolmagan, birgina qandolat do'koniga ega Hamlet edi. U yigirma yoshdan o'ttiz yoshgacha 
bo'lgan yoshlar nomidan so'z ochib, jamiyat tartibotiga qarshi bosh ko'taradi. Unda jamiyatni 
qayta qurish niyati yo'q; g'avg'o solishning o'zi uning uchun murosasizlik, o'zgacha yashashga 
da'vat edi. Osborn qahramoni tomoshabinlar oldiga o'ylashga da'vat etuvchi ko'pdan-ko'p savol-
larni to'kib soladi. Osbornning o'zi ham keyincha bu savollarga javob topishga urinib ko'radi. U 
ham o'z qahramoni kabi bu savollarga javob topolmay, ko'pincha inkor etish yo'lini tutadi. 
Osborn «Lyuter» (1961) pyesasida protestant islohchisi Martin Lyuter shaxsiga murojaat 
etib, zamonaviy g'arb ziyolilari axloqiga tegishli muammolarni tahlil etishga intiladi. Dramaturg 
voqealarni keng va tarixan haqqoniy ko'zdan kechirishga harakat qiladi. Lekin uni, awalo, o'z 
taqdirini xalq taqdiri bilan bog'lagan, pirovard natijada esa xalqqa xiyonat qilgan doktor 
Martin Lyuterning ma'naviy olami, ichki kechinmasi qiziqtirgan edi. Dastlabki sah-nalarda 
Jimmi Porter singari soxta qadriyatlar olamiga qarshi isyon ko'targan Martin hokimiyat 
doirasiga yaqinlashgach, oxiri o'z e'tiqodiga xiyonat qilgan «o'zingni bilu o'zgani qo'y» 
qabilidagi xudbin shaxsga aylanadi. Osbornning fikricha Lyuterning fojiasi «o'zingni bil..?» 
qoidasiga e'tiqod qo'yishida edi. 
Sheyla Dileni (1939) o'z pyesalarida ayollik qalb ehtiroslari bilan insoniy ezguliklarni 
tarannum etgan adibadir. U o'zining bi-rinchi — «Asal mazasi* (1958) degan pyesasidayoq 
oddiy, aniq va tushunarli hayotiy 'hodisa bilan maydonga chiqdi. Bu insoniy do'stlik, sabr 
toqatlilik, saxiylik haqidagi pyesa edi. 
Asar qahramonlari — o'n yetti yoshli sohibjamol qiz Djo va uning tirikchilik dardida 
fohishalik yo'liga kirib ketgan onasi Ellen xonimlardir. Djo onasi ketgach, xarob kulbalarda 


99 
tunlari o'zi qolib, yolg'izlikda yo'qchilik azoblarida o'ssa-da, lekin o'z sha'nini oyoq osti 
qilmaydigan ayollik g'ururi baland qiz tarzida balog'atga yetadi. Lekin u bir qora tanli yigitga 
ilakishib, undan homila orttirib, hay-otda qattiq qoqiladi. Shu asnoda Djo uyida jisman zaif 
Jefning paydo boiishi bilan har ikkalasining baxti kuladi. Sheyla Dileni uchun navqiron bir qiz 
bilan zaif kishining er-xotinlik masalasi qi-ziq emas edi. Uni sof insoniy do'stlik masalasi 
qiziqtirardi. Dramaturg pyesadagi kishilarning o'zaro munosabatlari silsilasini muno-zara 
tarzida tuzdi. Djo va Jef bir-birlarining quvonchi va tayan-chiga aylanadilar. Asal mazasi — bu 
bir-birini anglash va do'stlik gashtini surish demak. Pyesaning yuksak poetik shukuhi shundadir. 
Dileni dramaturgiyasi «poetik teatr* qoidalariga asoslangan; uning pyesalarida inson 
kechmishi, ko'ngil sharhlari ufurib tursa, bas, voqealar uyg'unligi, izchillik kabi jihatlar o'z-
o'zidan tug'iladi, deb tushundi u. 
Dileni qahramonlari Jimmi Porterdak ayyuxannos solmaydilar; ular shikastaqalb, qat'iy va 
sobitligi bilan nobop tuzim arkonlariga qarshi norozilik ko'rsatadilar. 
«Alamzada yoshlar* dramaturgiyasi ingliz sahnasini chinaka-miga yangilashga olib keldi. 
Lekin, oradan o'n yil o'tgach, bu harakat tanazzulga yuz tuta boshladi. 1960-yillarning 
o'rtasidan dramaturgiyaga eng yosh qalamkashlar kirib kela boshlaydi. 
SAHNA SAN'ATI 
«Qahr ila boq* asarining «Roial Kort» teatrida o'tgan premye-rasi ingliz dramaturgiyasida 
ham, sahna san'atida ham yangi davr-ning boshlang'ich nuqtasi bo'ldi. «Royal Kort* teatrida 
boshlangan yangilanish mavji butun Angliya hududlariga tarqaldi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish