turishlarini ta'kidlamoqdalar.
SAHNA SAN'ATI
Usluban xilma-xil, ko'p tarmoqli fransuz teatri hayotida ikki xil g'oyaviy-badiiy yo'nalish
yaqqol ko'zga tashlanadi: biri-ijtimoiy teran, xalqchil demokratik ijodiy yo'nalish bo'lsa,
97
ikkinchisi — «ko'ngil ochar* tijorat teatri tarmog'idir. Tijorat teatrida barcha omilu choralar
puldorlar ko'nglini ovlash hamda Parij teatr shou-lariga o'ch sayyohlarni hayratga solishga
qaratilgan.
Milliy sahna an'analarining davomchilari bo'lmish «Komedi Fransez* teatri, atoqli aktyor
va sahna arboblari Jan Lui Barro va Andre Barsak boshliq jamoalar beqaror «xiyobon» tijorat
teatrlari qarshisida o'z san'atining teran insonparvarlik ruhi va badiiy yuk-sakligi bilan ajralib
turadilar.
«Komedi Fransez* teatri san'ati Molyer av Rasin an'analarining bevosita davomchilari
san'atidir. Bu teatr san'atida asrlar davomida sayqal topib, teranlik kasb etgan sahna uslubi
hamon ya-shashda davom etib keladi. Bu teran psixologik haqiqat bilan o'yin poeziyasi
mushtarakligiga asoslangan o'ziga xos fransuz milliy uslubi edi. Bu uslub belgilarini endilikda
teatrdan tashqari sarhadlarda ham darhol payqay oladilar.
Jan Lui Barro
(1910—1994) 1958—1968-yillar davomida Parikning nufuzli teatrlaridan
«Odeon» teatrini boshqarib, fransuz sahna san'atida alohida mavqega ega bo'lib keldi.
Barro «Komedi Fransez* teatri maktabini o'tab, 1940-yili shu teatrda halovatsiz, mard va
jo'shqin Hamlet obrazini yaratdi. U mumtoz dramaturgiya, zamonaviy milliy va xorijiy
psixologik drama tabiatini chuqur his etuvchi aktyor edi. Molyerning «Ska-penning nayranglari*
komediyasidagi Skapen talqinida uning topqir, serg'ayrat, qalban beg'ubor badkirdorlarni
masxaralashga ustasi farang kishi tarzida namoyon bo'lgan edi.
Barro rejissura ustasi, san'atda haqiqat izlovchi teatr shoiri bo'lib qoldi. U teatrni
«insoniylik timsoli» deb atadi va bir munaqqidning ta'biri bilan aytganda, bani basharga inson
haqida ochiq, vijdoniy so'zlarni aytish uchun intildi.
Jan Vilar
(1912—1971) fransuz sahna madaniyatining ko'rkli teatrlaridan «Milliy Xalq
teatri* (TNR) ga 1951—1963-yillar davomida rahbarlik qilib, haqiqiy ommabop san'at uchun
kurash olib bordi. U 2700 o'rinli Sheyo saroyi sahnasida badiiy ko'rkam, ulug'vor teatr
tomoshalarini yaratdiki, bu xalqni teatrga yaqinlashti-rishda fransuz sahnasi tarixida
favqulodda yangi voqelik edi. Vilar-ning bu boradagi izlanishlari Avinon festivallaridan
boshlangan edi.
1947-yili Provans Avinon shahrida Vilar boshchiligida «Fran-suz drama san'atining
birinchi festivals o'tkazilib, ushbu festival o'sha chog'dan har yili yoz kezlari «Avinon festivals
nomi bilan xalqaro miqyosda o'tkaziladigan bo'lib qoldi. Vilar o'z teatriga J. Filip, Daniel
Sorano, Mariya Kazares kabi iste'dodli aktyorlarni jalb etgan edi.
Jerar Filip
(1922—1959) qahramonona romantik ruhdagi ak-tyor bo'lib, u Kornelning «Sid»
asaridagi Rodrigo rolini Fransi-yaning buyuk kelajagi, shon-shavkati deya kurashgan siymo
tarzida talqin etdi. Uning Rodrigosi Sheyo saroyi sahnasida qaynab jo'shgan holda paydo bo'lar
ekan, tomoshabinlar olqishlar bilan kutib olardi. Jerar Filipning yana bir qahramoni qalbi
jo'shqin vatanparvar, hayolparast gamburg shaxzodasi (Kleystning «Gam-burglik shahzoda»)
bo'ldi.
Jan Vilar «Milliy Xalq teatri»da Sofoklning «Antigona», Brextning «Aitur Uining
martabasi* (Vilaming o'zi Artur Uini o'ynagan), Gyugoning «Мапуа Tyudor», Molyeming «Don
Do'stlaringiz bilan baham: |