ekani. Dyurrenmattning qaysi pyesalarida brextcha «uqdirish» usuli alohida yorqin ifoda
etilgan?
AMERIKA QO'SHMA SHTATLARI TEATRI
Ikkinchi jahon urushidan keyin Amerika teatri hayotida chuqur tanglik davri boshlandi.
Urushdan awalgi yillarda shitob bilan maydonga chiqqan kichik teatrlar yopilgach, Amerika
sahnasi but-kul tijorat izmiga o'tib ketadi.
1940-yillardan e'tiboran ijtimoiy drama an'analarini davom ettiruvchi ikki iste'dodli
dramaturg asarlari paydo bo'la boshlaydi. Bular Tennessi Uilyams va Artur Miller edi. Ular o'z
asarlarida zamondoshlarining ruhiyati va qalb og'riqlari haqida ro'y rost hi-koya qilib berdilar.
TENNESSI UILYAMS (1911-1983-y.)
Tennessi Uilyams, asosan, ruhiyat dramasi yo'nalishida ijod qildi. Bu ma'noda u O'Nilga
yaqin turadi. Uni qahramon qalbining tub-tubida pinhon yotgan ziddiyatli kayfiyat va
kechinmalar qiziqtirdi.
Uilyams «Billur jonzotlar» (1945) pyesasining so'z boshisida o'z badiiy-estetik qarashlarini
aniq ifoda etdi: u naturalizm va silliq realizmni inkor etib, «shoirona realizm»ni himoya qilib
chiqdi. «San'atda hayotga nisbatan suralnamo o'xshashlik yaratish muhim emasligini endi
hamma bilib qoldi,— deydi u,— haqiqat, bir so'z bilan aytganda, hayot, borliq yaxlit va
bo'linmas bir hilqatki, uning sirtini jonlantirish orqali emas, balki shoirona tasawur ko'zgusi
orqali borlig'ini namoyon etish mumkin*.
Uilyams o'z fikrini rivojlantirib, tashqi o'xshashlik omili tugab bitgan teatr o'rniga yangi
«raftoriy teatr* kelishi g'oyasini olg'a suradi. «Raftoriy (plastik) teati>, Uilyams fikricha, turli-
tuman ifoda omillariga asoslanuvchi teatrdir. Lekin bu omillar orasida timsoliy ifoda yetakchi
o'rin tutadi. Uilyams shu yo'nalishda yozil-gan «Billur jonzotiar» pyesasida adabiy ifoda
omillaridan tashqari musiqa, nur ifodasi, ekranda jonlantiruvchi tasviriy bezak, turli izohlardan
foydalandiki, bular serqatlam shoirona sahnaviy muhit yaratishga qaratilgan edi.
«Billur jonzotlar» pyesasida Tom Uingfilning o'tmishi uning o'kinchli xotirasi asosiga
qurilgan. Unda bir oila misolida ko'pdan-ko'p amerikaliklarning dard-hasratlari ifodalangan.
106
Bosh qahramon Lauraning beg'ubor borlig'i shoirona timsollar orqali yorishib bo-radi». «Billur
jonzot!ar», «moviy gul» Lauraning ruhiy pokligi, bokira va shikasta qalbligi va g'addor
jamiyatga yotligi ramzi yang-lig' namoyon bo'ladi. Laura ko'ngil izmiga ters boruvchi, sharoitga
moslashib ketuvchilardan emas. Shu hoi uning baxtsizligidan darak berib turadi. Jamiyatning
shafqatsiz qonunlari izmidan chiqolma-gan Tom Lauraning sevgisini rad etadi. Laura joni-dili
bo'lib qol-gan billur jonivorlarni dafatan sindirib qo'yadi. Uning umri ham xuddi shu billur
singari barbod bo'ladi. Pyesada turmush nobopligi qahramonlarning ko'ngil ingroqlari orqali
ochiladi. Unda shoirona kechinma, nafosat shundoqqina bo'rtib, ufurib turadiki, tanqid-
chilarning Uilyamsga Chexovning ta'siri o'tganligi haqida so'z ochishlari asossiz emasdek
ko'rinadi.
Uilyamsning keyingi «Orzu tramvayi» (1947) pyesasi muallifga jahoniy shuhrat keltirdi.
Asar o'z mohiyatiga ko'ra «Billur jonzot-lar» pyesasiga yaqin turadi. Lekin uni janriga ko'ra
tragediya deyish mumkin. Blansh Dyubua ham Laura singari jamiyat aqidalarini qabul
qilolmaydi, lekin yashash uchun kurashadi, baxt izlaydi. Stenli Kovalskiy va Blansh butkul bir-
birlariga zid kishilar: Stenli badxulq, xudbin kimsa bo'lgani holda Blansh qalban рок, beg'ubor
inson. Lekin chirkin hayot uni ham o'z domiga tortgan: u ichadi, zinodan qaytmaydi. U baxt sari
Do'stlaringiz bilan baham: |