qadar yashashda davom etuvchi erkin ijodkorlik hissi bilan uyushgan bunday teatrlarsiz
108
Amerika teatr hayotini to'laligicha tasawur etib bo'lmaydi. Bugungi Amerika teatri shon-
shuhratini belgilovchi ko'plab aktyor va rejissorlar o'z faoliyatlarini shu turdagi teatrlarda
boshlab, tajriba to'plab, so'ng katta sah-nalarga yo'l olganlar.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Urushdan keyingi AQSH dramaturgiyasida T. Uilyams va A. Miller pyesalari misolida
30-yillar ijtimoiy drama an'analarining davom ettirilganligi.
T. Uilyams pyesalarida qo'llanilgan «shoirona realizm* ifoda usuli nimani anglatadi?
Uilyamsning «Billur jonzotlar* pyesasida timsoliy ifoda usuli qaysi obraz orqali namoyon
bo'lgan? Uilyamsning «Orzu tramvayi* asari jahon teatrlarida keng qiziqish uyg'otganligining
sabablari nimada?
Miller dramaturgiyasida inson shaxsi va jamiyat muammolarining bosh mavzu tarzida idrok
etilishi; «Barcha bolalar — mening bolalarim* pyesasida har bir insonning bashariyat oldida
mas'ulligi muammosini olg'a surilishi. Millerning «Gumashtaning o'limi* asarida ezgulik
g'oyalari qanday ifoda usullari orqali mujassam etilgan?
2. Ikkinchi jahon urushidan so'ng AQSHda tijorat teatrlari tizimi-ning keng avj olishi.
«Brodvey», «Nobrodvey» teatrlari nimani anglatadi?
Elia Kazan AQSHning eng yirik rejissorlaridan biri ekani Kazan Uilyams va Miller
asarlarining eng yaxshi talqinchisi sifatida. Kazan-ning Brodvey teatrlaridagi rejissyorlik
faoliyati haqida nima deya olasiz?
* * *
Inson qadr-qimmati, uning dard-iztirobi haqida g'am chekish chin insonparvar dramaturg
va sahna arboblarining hamisha bosh muammosi bo'lib kelgan va shu bois ular yaratgan asarlar
asrlar o'tsa ham o'z ohorini to'kmay, bani basharning yangi-yangi avlod-lariga xizmat qilib
keladi. Bundan ikki yarim ming yil awal yaratgan «Shoh Edip»ni eskirgan asar deb bo'ladimi?
Aslo! Donishmand Sofoklni inson zurriyotini uni ruhan majruh, jisman yo'qlikka olib boruvchi
dahshatli taqdir o'yinlari-yu tashvishlardan xoli, erkin va baxtli ko'rishdek ezgu niyati bu
asarning tub-tubiga singib ketgan ediki, ana shu ezgu niyat ikki daho san'atkorimiz — Sh.
Burxonov va S. Eshonto'rayeva ijrosidagi baxti qaro Edip va Iokasta bizning yurtdoshlarimizni
ham insoniy mas'ullik, burchdorlik hissini chu-qur anglashga da'vat etdi.
Daho Shekspir asarlarini aytmaysizmi?! «Hamlet», «Otello»lar sahnamizda boshqa biron-
bir mamlakatda o'xshashi yo'q buyuk sahnaviy talqinlar ekanligi bilan manaman degan chet ellik
mutax-assislarni hayratga soldi. «Tragediyani Shekspir yozsin-u, o'zbeklar o'ynasin ekan»,
degan ta'bir paydo bo'lganligi bejiz emas.
Jahon dramaturgiyasi asarlarini o'qib, tub ma'no-mazmunini anglab, ularda mujassam
etilgan insoniy timsollarning ezgulik ifodalaridan g'ururing oshib, yovuzlik ifodachilaridan
g'azabing to-shib, o'zing bilmagan holda bir daraja ma'naviy o'sgandek bo'lasan, kishi. Ikkinchi
bir buyuk maktab bo'larli jihati shundaki, bu asarlar yozilish uslubi, badiiy ifoda shakllarining
rango-rang va betakrorligi bilan bo'lg'usi san'at mutaxassislarini san'atda o'z yo'l-yo'riqlarini
topishga da'vat etib turishidadir.
Shunday qilib, xorijiy teatr va uning saboqlari bir jihatdan bo'lg'usi san'at kishilarining
ma'naviy komil shaxslar bo'lib yetishuviga yordam bersa, yana boshqa jihatdan ularning kasbiy
tako-miliga naf keltiradi. Insoniyat yaratgan buyuk san'at obidalarining mazmun-mohiyatini
anglash va ushbu san'at obidalarini insoniyat-ning o'ziga xizmat qildirishga qaratilgan xorijiy
Do'stlaringiz bilan baham: |