Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий


LYUDVIG DEVRIYENT (1784-1832-y.)



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

LYUDVIG DEVRIYENT (1784-1832-y.) 
Lyudvig Devriyent teatr tarixida E. Kin, P. Mochalov, F. Lemetr kabi daho aktyorlar 
qatorida turadi. U davlatmand savdogar oilasida tug'ilgan. Devriyent ijodining eng gullagan davri 
Bresiavl teatrida ishlagan (1809—1815) yillarga to'g'ri keldi. Aktyor bu yerda Lir, Sheylok, 
Yago singari yirik fojeiy rollarni o'ynaydi. Keyin Berlin teatriga o'tadi va umrining oxirigacha 
shu san'at mas-kanida ijod qiladi. 
Atoqli dramaturg Laube: «Devriyent o'z uslubining ko'rkamligi bilan emas, balki his-
ehtiroslar ifodasining maftunkorligi, ayrim holatlarda hayratlanarli jo'sh urushi, dabdurustdan 
zabt etuvchi qudratli insoniy kechinmasi bilan tomoshabinni o'ziga rom etadi, larzaga soladi, uni 
zavq-shavqqa burkaydi*, deb yozgan edi. «U jozibador ko'rku salobat egasi emas,— deb yozdi 
Devriyentning ji-yani,— nutqi ham ravonlikdan xoli edi. Har yoqlama to'kis, faso-xatli 
qahramon qiyofasini chizish uning iqtidoridin tashqari edi. Uning sarkash ruhi qalbi tubidan 
otilib chiqib, insoniy to'lqinlanish va hayajonlanishning oxirgi chekida portlash hosil qilar, 
mayda-chuyda izohlarmi, yaxlit o'tli hissiyotlarmi — ularning jami qo'shilib, ham daxshatli, ham 
g'aroyib va hangomavash manzara-larni yaratuvchi qudratli ifoda kuchiga aylanar edi. Devriyent 
salo-hiyatining kuchi mana shunda ko'rinardi». 
Devriyent uchun obrazga kirishda ko'ngil mayli (intuitsiya) asosiy vosita edi. Shoir Gofman 
«u o'ynayotgan qahramoniga but-kul singib ketardi», deydi. U butun borlig'ini sarflab, jo'shib 
o'ynardiki, qirol Lirni o'ynaganda, masalan, tanaffus chog'ida hushidan ketgan edi. 
Devriyentning eng sevimli dramaturgi Shekspir bo'lib, uning qahramonlariga xos favqulodda 
teran ruhiy ke-chinma va hissiyot jo'shqinligi aktyorni o'ziga rom etgan edi. 
Sheylok aktyorning eng dovruqli rollaridan biri bo'ldi. Devriyent Sheylokni qabih kimsa 
tarzida ko'rsatishdek an'anaga qarshi o'laroq uni qasoskor, kuchli shaxs tarzida talqin etdi. 
Shillerning «Qaroqchilar» asaridagi Frans Moor obrazi ham Devriyent tomonidan yangicha 
talqinda yaratildi. «Sochi tik ko'tarilgan, lunji va peshonasi bo'zargan, lablar qaltiraydi, so'rrayib 
qolgan ko'zlari jovdiraydi, tizzalari qaltiraydi — Devriyent Fransi zohiran shu tarzda ko'rinar edi. 
Mashhur tush sahnasida,— deb davom ettiradi Gofman o'z taassurotini,— zalda pashsha uchsa 
bili-nar darajada jimlik cho'kar, tugagach, shivirlash, og'ir xo'rsinish, to'satdan qaibdan chiquvchi 
«oh» xitoblari eshitilardi. «U dahshatli holatlarni jonlantirib xayolan fomoshabinlar ruxsorini 
ko'z oldiga keltirar, ularning hayajonlari ta'siri ostida tomirdan oqayotgan qoni qotib 
qolayotgandek his etardi. Shu jazava asnosida vujudidan ko'tarilgan ruh uning personajiga 
aylanar, endi uning o'zi emas, balki ana shu personajning o'zi harakat qilayotgandek bo'lardi*. 
Romantik shoir Gofman rotnantik aktyor Devriyent ijodi mohiyatini shu tarzda sharhlab bergan. 
Frans Moor Devriyent talqinida o'ta dahshatli qiyofa kasb etib, yovuzlik timsoliga aylangan edi. 
Otelloga munosib raqib Yago ham shunday ko'lamdorlikda yaratilgan. 
Devriyent ijodida nemis voqeligining romantiklar olg'a surgan oliy ezguliklar ro'yobga 
chiqishiga imkonsiz murakkab va beqaror bosqichi ifodalangan. Shu bois mudhishona holatlarga 
urg'u berish aktyorning ijodiga xos xususiyat bo'lib qoldi. 
Lekin, Devriyent obrazlari mubolag'ali, ko'tarinki ruhda bo'lishiga qaramay, ular hamisha 
hayotiy haqqoniyligi bilan ko'zga tashlangan. Devriyent ma'lum ma'noda nemis sahnasida 


56 
romanti-zmdan realizmga o'tish yo'lini belgilab berdi. Karl Zeydelman esa, shu realistik 
yo'nalishning markaziy siymosi sifatida ko'rindi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish