Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

NAZORAT SAVOLLARI 
1. Nega Bayronni poetik drama san'atining ulkan namoyandasi deymiz? 
«Qobil»tragediyasiga «Bibliya»dan olingan rivoyatni asos qilib olinishining boisi nimada? 
2. Ingliz sahna san'atining «Druri — Leyn» teatri misolida dramaturgiyadan ustun darajada 
taraqqiy topganligi; Edmund Kin buyuk romantik aktyor sifatida. E. Kin tomonidan Shekspir 
qahramonlarining yangicha talqin etilishi. Kin Otello rolida. 
NEMIS TEATRI 
Nemis teatrida romantizm oqimi o'z falsafiy qamrovdorligi bilan ko'zga tashlandi. Nemis 
romantizmining estetik tamoyillari Veymarga qo'sni Iyen shahrida XVIII asrning oxirlarida 
tarkib topgan «Iyen to'garagi* doirasida shakllangan. O'z asarlarida romantizm nazariyasini 
ishlab chiqqan aka-uka Avgust Vilgelm Shlegel (1767-1845) va Fridrix Shlegel (1772-1829) 
iyenlik romantiklar-ning asosiy nazariyachilari sifatida maydonga chiqadilar. 
Nemis romantiklari, klassitsizm va ma'rifatparvarlik realizmiga xos aql-idrok ustuvorligi 
uzluksiz o'zgaruvchan voqelik tasviriga xalaqit beradi, deb bu badiiy uslublarni qabul qilmadilar. 
Ular F. Shellingning inson ruhining erkinligi haqidagi falsafiy qoidasiga suyanib, san'atning har 
qanday chekinishdan xoli, mutlaqo erkin bo'lishi qoidasini olg'a surdilar. 
Nemis romantiklarini insoniyatning badiiy takomili jabhasiga alohida qiziqib qaragan 
birinchi adabiyot tarixchilari deb hisoblash mumkin. Ular moziyga nazar tashlab, o'z ildizlari, 
awalo, xalq ijodi — ertak, xalq qo'shiqlari, o'rta asr rivoyatlariga borib taqali-shini angladilar. 
Romantiklar Shekspirni o'zlarining bevosita o'tmishdoshlari deb qabul qildilar. Shekspir 
asarlariga xos badiiy tasawur erkinligi, beandoza muloqot va to'qnashuvlar, o'zaro uyg'unlik va 
ma'no ko'lamdorligi romantik san'atga yaqin edi. XIX asrning boshlarida Germaniyada 
Shekspirga nisbatan o'ziga xos sig'inish pallasi ro'y beradi. Nemis romantiklari Shekspirni o'z 
«zamini»dan ajratgan holda bo'lsa-da, Shekspir asarlarini qayta tarjima qilib, Ovro'po sahnasiga 
buyuk dramaturg asarlarini o'z holida qaytardilar. 
Nemis romantiklari muayyan adabiy davralar xalq ijodi an'analari, tarixiy va afsonaviy 
sujetlarga alohida qiziqish bilan qaradilar. Ma'rifatparvarlik asri insoniyat idrokiga singdirib 
kelgan ezgulik ideallari bilan Germaniyadagi real borliq orasida mudom keskin, ko'ngilsiz 
ayirma paydo bo'lgan edi. Shu hoi zamonaviy voqelikdan qochish, taxayyul (fantaziya) va xayol 
olamiga ro'ju qo'yishni taqozo etdi. Lekin bu nemis romantiklari asarlarida hayot voqeligi aks 
ettirilmadi, degan ma'noni anglatmaydi. Ularning asarlarida zamonaviy borliq romantizmga xos 
tarzda kinoyaviy usullar orqali ifodalandi. 
Kinoya nemis romantizmining muhim badiiy ifoda omili hisoblanadi. Kinoya borliq 
olamning pinhoniy, ichki mohiyatini ochishni taqozo etadi. Bu esa voqelikka nisbatan yangicha 
qarash va uning nisbiyligini, demakki, o'zgarishga yuz tutish imkonini anglashga olib keladi. 


51 
Romantizm uslubi dramaturgiya va teatr sohasida klassitsizm aqidalariga zarba berish va 
yangicha sahna haqiqati tamoyillarini qaror toptirishni talab etdi. Lyudvig TIK birinchi romantik 
drama-turg sifatida 
maydonga chiqadi. Genrix 
fon 
Kleyst esa 
nemis romantik 
dramaturgiyasining eng porloq bosqichini belgilab berdi. Romantik yo'nalishning atoqli 
aktyorlari — Iogann Fridrix Flyok va nemis sahnasining «Edmund Kini» — Lyudvig Devriyent 
nemis sahnasiga jo'shqin his-ehtiroslar to'lqinini olib kirdilar. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish