48
ko'rinadi. Lekin bu bilan o'ziga ham, o'zgalarga ham naf keltirmaydi; sababi, Manfred nazdida
dunyo qonuni — azob-uqubat chekish qonuni bo'lib chiqadi. Manfred jinoyat yo'li bilan odam va
olamni anglaydi. Endi u shularning unutilishini o'ylaydi. Lekin buning aslo iloji yo'q.
Bayron qahramoni vijdon azobida faryod chekadi. Shoir Manfred obrazi orqali
ma'rifatparvarlar ezgu g'oyalari sarob bo'lib chiqqanligini ifodalaydi, odamlar sha'ni-nafsoniyati,
deya kurash ochish lozimligini anglab, noaniq kelajak qarshisida hangu mang bo'lib qolgan
avlodning umidsiz kayfiyati va his-xayajonini ifoda etgan. Shu bois Bayronning «Manfred»
asarida olg'a surilgan nuq-tayi nazarni «mardonavor umidsizlik* ma'nosida tushunish mum-kin.
Toleyiga yolg'izlik yozilgan Manfred yana ham qat'iylik bilan beshafqat xilqatning yovuzona
kuchlariga qarshi yakka o'zi ro'baro' keladi, taslim bo'lmay, o'zligini saqlab boradi.
«Manfred» asarining alohida shoirona ta'sir kuchiga egaligi uni 1834-yili «Kovent —
Garden* teatrida qo'yilishiga, R. Shuman, P.I. Chaykovskiylar tomonidan musiqa yozilishiga
sabab bo'ladi. 1821-yili Italiyada yozilgan «Sardanapal» asari Charlz Makredi tomonidan «Druri
— Leyn* teatrida aynan 1834-yili qo'yilgan.
«Qobil» tregediyasi Bayron romantik dramaturgiyasining cho'qqisi bo'lib, u ham Italiyada
1821-yili yozilgan. Asar voqeasi butun koinot sarhadlarida ro'y beradi. Unda Odam ato, Momo
havo, ularning farzandlari Qobil, Xobil, Iqlima, Olloh ra'yiga qarshi borgan shayton Azozil —
Yelpik ishtirok etadi. O'z inisi Xobilni o'ldirgan Qobilning qilmishlari orqali jamiyatda hukm
surmish adolatsizlikka qarshi isyonkorlik g'oyasi olg'a surilgan. Bayron «Bibliya» rivoyatiga
suyanib, insoniyat tarixining keyingi o'n yillik-larida kelib chiqqan umumbashariy
muammolarini badiiy idrok etish bilan haqiqat izlovchi faylasuf, komil insonparvar mutafakkir
sifatida o'zini ko'rsatdi.
Bayronning «Qobil* asari fransuz burjua inqilobidan keyin boshlangan mudhish muhitning
mahsuli tarzida tug'ilgan. Inqilob va uning insoniylikka daxldor va dahlsizligi, inqilob davrida
to'kilgan qonlarga javobgarlik muammosi Bayron asarining markaziy muammosiga aylandi.
Bayron asarida Qobil jamiyatda, odamlar o'rtasida o'rnatilgan munosabatlardan, umuman, olam
tartibotidan norozi, odatdagicha yashash tarzini aql taftishidan o'tkazib, boshqachasiga yashash
tartibotini istovchi zot qiyofasida namoyon bo'ladi. Azozil — Elpikning xizmati Qobil uchun
fojiona oqibat bilan yakun topadi. U o'z inisi Hobilni o'ldirib qo'yadi, ota-ona qahriga uchraydi,
zaminni inson qoni bilan bo'yagani uchun o'z inisi jasadini ko'tarib yurtdan chiqarib sazoyi
qilinadi.
Bayronning «Qobil» asari Nafas Shodmonov tariimasida G. Danatarov asariga qo'shilib,
2000-yili Qarshi «Eski masjid* teatri tomonidan «Qobil va Hobil* (rej. X. Avliyoquli) nomida
sahnaga qo'yildi.
Bayron dramaturgiyasi ingliz dramaturgiyasidagina emas, shu qatori XIX asr birinchi yarmi
umumovro'po
dramaturgiyasi
tarixida
ham
ro'y
bergan
jiddiy
voqeadir.
Bayron
dramaturgiyasining teran g'oyaviyligi, shoirona ehtiroslarga boyligi dramatik san'atning eng
noyob ko'rinishi deb e'tirof etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: