Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий


EREDERIK LEMETR (1800-1876-y.)



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

EREDERIK LEMETR (1800-1876-y.) 
1791-yilgi dekretdan so'ng Parijning Tampl degan xiyobonida o'nlab teatrlar paydo bo'ladi. 
«Port — Sen Marten*, «Ambigiya — komik*, «Gette* ular orasida eng yiriklari bo'lib, keng 
demokratik ommaga xizmat qiluvchi «quyi qatlam* teatrlari hisoblanardi. Ayniqsa, «Port — Sen 
Marten* teatri V. Gyugo, A. Dyuma kabi dramaturglarning erkparvarlik ruhidagi asarlarini shov-
shuvli mu-vaffaqiyat bilan ko'rsatib, Piyer Bokaj, Mari Dorval va Fredrik Lemetrdek yirik 
san'atkorlarni yetishtirib berdi. 
Lemetr san'ati biron-bir janr doirasida cheklanib qolgan emas. U hayotning barcha 
qirralarini, ya'ni fojiali va kulgili jihatlarini ham, noxushligi-yu sarxushligini ham ko'rsatishga 
intildi. U yaratgan obrazlar cheki yo'q darajada turlicha: ular orasida bo'rtma komik bezori Rober 
Makerdan tortib Ryui Blaz, Kin, Jorj Jermoni kabi shoirona romantik qahramonlargacha, dilpora 
Jan otadan tortib fojeiy Hamletgacha bo'lgan turli-tuman obrazlar uchraydi. 
Lemetr san'ati voqelikni haqqoniy aks ettirishi bilan ko'zga tashlandi. Bu san'at hayot, 
jamiyatni bilish, inson sajiyasi, u yashab turgan shart-sharoitga bog'liq ekanini anglash, idrok 
etish zaminida dunyoga keldi. Lemetr san'atining o'ziga xosligi obrazni ijtimoiy 
umumlashtirishda namoyon bo'ldi. Bu umumlashtirish shundayki, goho u timsoliy ifoda 
darajasiga ko'tariladi va bunday qahramonlar nomi turdosh otlarga aylanadi. 
Bo'rtma (grotesk) ifoda omili Lemetr ijodida keng qo'llanilgan bo'lib, san'atkor bu 
tushunchani kulgi — hangoma bilan fojeiylik, yuksaklik bilan tubanlik kabi bir-biriga zid 
holatlarni o'zaro uyg'unlashtirish ma'nosidagina emas, awalo, insoniy sajiya — fe'l-atvor va 
hayotiy voqelikning ichki mohiyatini ochish vositasi tarzida qo'lladi. Bo'rtma usulini bunday 
qo'llash aktyorning romantik yo'nalish doirasidan chiqib, tanqidiy realizmga yaqinlashuviga olib 
keldi. 
Lemetrning dunyoqarash va ijodiy uslubi shakllangan murak-kab davrda romantizm bilan 
realizmning o'zaro qo'shiluvi ma'qul ko'rilmagan. Lemetr ijodida har ikkala yo'nalish 
mushtaraklik kasb etdi; romantizm yo'nalishiga xos mavhumlik va hissiy jo'shqinlikda yuz 


46 
beruvchi bo'shliqlarni aktyor ijtimoiy, maishiy turmush tafsilot-lari va dalolatlari bilan to'ldirib, 
obrazlarning mantiqiy izchil, yanada ta'sirchan va hayajonli bo'lib chiqishiga erishdi. 
V. Antyening «Adre karvonsaroyi» melodramasidagi Rober Maker roli Lemetrning eng 
dovruq'li rollaridan biri bo'ldi. Mazkur obrazni u ikki xil tahrirda yaratgan. Birinchi bor uni 
1823-yili ma-zaxomuz tarzda yaratib, melodrama tabiatini butkul o'zgartirishga muvaffaq 
bo'ladi. Melodrama badiha, hazil-mutoyiba, qochirim-larga boy, shukuhi baland spektakl bo'lib 
chiqdi. Ikkinchi tahrirda aktyor asarni «Rober Maker* deb atab (o'zi hammualliflik qilib) 
Robeberni aksionerlik jamiyatining raisi, yulduzni benarvon uradi-gan moliyachiga aylantiradi. 
O'z «xunari»ni olamaro yoyish uchun Rober havo sharida uchib ketadi. 
Aktyor Dyukanjning «0'ttiz yil yoxud Qimorbozning hayoti* (1827) asarida o'zining eng 
fojiaviy romantik qahramonlaridan biri Jorj Jermoni obrazini yaratadi. Aktyor Jermoni misolida 
pul vasva-sasida insonning qay darajada axloqiy tubanlikka tushishini ko'rsatdi. Jorj o'ttiz yillik 
hayoti davomida kelajakka ishonuvchan yosh, navqiron yigitdan jinoyatga qo'l uragn musofirni 
(o'g'li bo'lib chiqadi) o'ldirib, ruhan so'niq, holdan toygan qariyaga aylanadi. Aktyor qimorda 
yutishning zavq-shavqi-yu yutqizishning mash'umona alam-iztiroblarini qahramonning ichki 
ruhiy kechin-malari natijasi sifatida ko'rsatadiki, bu melodrama tusining o'zgarishiga olib keladi. 
Lemetr Gyugoning «Ryui Blaz» (1838) asarida o'zining eng shoirona jo'shqin obrazlaridan 
birini yaratgan. Ryui Blaz xalq iste'dodi, qudrati va musibatining timsoliy ifodasiga aylandi; u 
xalq qasoskori, xalq ezgu niyatini mujassam etuvchi shoir va ayni chog'da majnunona oshiq 
tarzida gavdalanadi. 
Viktor Gyugo Lemetr o'ynagan shu roldan olgan taassurotini: u «Leken bilan Garrikning, 
Edmund Kinning shiddati va Talmaning hissiy qudratini o'zaro singdirgan holda Ryui Blaz 
obrazi orqali qad ko'tardi», deya ta'kidlagan edi. Bu fikr Frederik Lemetrning butun ijodiga 
taalluqli xususiyat haqida aytilgan edi, deyilsa ham bo'ladi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish