Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

SAHNA SAN'ATI 
XIX asrning birinchi yarmida nemis teatri o'ta beqarorlik vazi-yatini boshdan kechirdi. 
Shunga qaramay, XVIII asrning oxirlarida aktyorlik san'atida ko'rina boshlagan yangi tamoyillar 
romantik ijro usulining shakllanishiga olib keldi. Bu yo'nalishning asoschisi, Shryoderning 
shogirdi boimish Yogann-Fridrix Flyok Berlin teatrida kechgan 18 yillik faoliyati davomida Lir, 
Makbet, Sheylok, Otello, Karl Moor kabi rollarni ijro etish orqali nemis sahnasida Shekspir 
qahramonlariga romantizm ruhida yondashuv tomoyil-larini belgilab berdi. «Shekspirning fojeiy 
qahramonlarida mayjud bo'lgan qochirim, kinoyaviy o'rinlar.-deb yozgan edi dramaturg Tik, — 
Flyok ijrosida ajib bir tarzda bo'rtib ko'rinib turadiki, han-gomavashlik bilan jiddiylikni dadilona 
uyg'unlashtirishdek bu g'alati salohiyat Flyokning buyukligini ko'z-ko'z qilib turadi*. 
FLEK (1757-1801-y.) 
Yogann-Fridrix Flek 
Germaniya sahna san'ati tarixidan sahna romantizmining asoschisi 
sifatida o'rin olgan. Flek Shrederning shogirdi bo'lib, undan o'tli ilhom va o'tkir fojeiylik 
ko'nikmalarini meros qilib olgan jo'shqin ehtirosli aktyor edi. 
Flek Breslavl shahrida amaldor oilasida tug'ilgan. Gimnaziyada taxsil ko'rgach, Gall 
dorilfununining ilohiyot kulliyotiga o'qishga kiradi. Lekin tez orada aktyorlik kasbiga ishqiboz 
bo'lib, 1777-yili Leyptsig teatrida ish boshlaydi. Flek to'rt yil davomida Shreder rahbarligida 
Gamburg teatrida (1779—1783) ishlab, qahramonlar va o'tkir saviyali rollar ustasi sifatida. 
ko'rinadi, keyin Berlin teatriga o'tib, umrining oxirigacha shu yerda ishlaydi. 
Flek Berlin teatrida kechgan 18 yillik faoliyati davomida ikki yuzdan ortiq rol uynagan. 
Shekspir asarlarida Lir, Makbet, Sheylok, Otello; Shiller dramalarida Karl Moor, Ferdinand, 
Fiyesko, Vallentshteyn Flekning mumtoz dramaturgiyada yaratgan eng sara rollari hisoblanadi. 
Akter mazkur rollarda o'z his-tuyg'usining jushkinligi bilan tomoshabinni hayratga solgan. Ro-
mantiklar, ayniqsa, Tik Flek ijodiga xos shu fazilatni yuqori qadr-laganlar. 
L. Tik yoshlik chog'idan Flek san'atining qizg'in muxlisi bo'lgan edi. Tik o'zining ko'plab 
maqolalarida Flekning awalo «daxoyona ijodiy tasawur* egasi ekani va ijodining benazir 
jo'shqinligini qayd etgan. Tikning fikricha, Flek rolga tegishli materialni tahlil qilib o'tirmay, 
faqat ko'ngil mayliga bo'ysunib ijod qilgan. «Unda na awaldan, na rol ijrosi chog'ida nimalarnidir 
belgilab olish bor va na rolni bo'laklarga bo'lib o'rganish bor, - deb yozadi Tik.— Uning uchun 
iжоdiy fantaziya bo'lsa bas. Unda g'oyibdan yopirilib kelgandek ehtiros quyunlari birdaniga 
ko"tariladi-yu, tragediyaga qandaydir g'ayriinsoniy kechinmalarni to'kib soladi». 
Flek tomoshabinni faqat his-tuyg'usining ta'sirchanligi bi-langina xayratga solgal emas; u bir 
hissiy holatdan ikkiichisiga oson va beihtiyor o'ta olgan, kulgi va yig'i, oddiylik va 
g'ayrioddiylik, buyuklik va tubanlik kabi jiddiy holatlar yaratib, ularni mohirona tarzda 
uyg'unlashtira olgan. Shu sababli Tik uni Shekspir rollari-ning namunali ijrochisi sifatida qabul 
qilgan. «Shekspirning fojeiy qahramonlarida mavjud bo'lgan qochirim, kinoyaviy o'rinlar-deb 
yozadi Tik, — Flek ijrosida ajib bir tarzda bo'rtib-bo'rtib ko'rinib turadiki, xangomaviylik bilan 
jiddiylikni dadilona uyg'unlashtirishdek bu g'alati salohiyat Flekning buyukligini ko'z-ko'z qilib 
turadi». 
Flekning ijrochiligi batamom ilxom epkini va kayfiyatga bog'liq bo'lgani holda noravonligi 
bilan ham ajralib turgan. Berlinda teatrga borayotib, «ulkan Flek ko'rinadimi* yoki «ki-chigimi», 
buni sira bilib bo'lmasligi haqida gap tarqalganligi bejiz emas. Pekin aktyor yaratgan obrazlar 
hech qachon odatiy, to'pori zaminiy darajada bo'lgan emas. Ilxom qistovlari bilan yaratilganda 
ular chindan ham bejilov ko'lamdorlik kasb etgan. Tanqidchilar tomonidan aktyorning yirik 


55 
yutuqlaridan biri deb e'tirof etilgan Karl Moor shunday rollardan edi. Tik bu rol haqida shunday 
yozgan: «Tasawurning jo'shqin epkinida kashf etilgan, bu bahodi-rona obraz favqulodda 
haqqoniydir; bu yerda yovvoyinamo jazava nozik dilnavozlik ohanglari bilan qorishib ketgan... 
U serrayib turib qoladi. telbalanadi, uwos tortib yig'laydi, tishlarini g'ijirlatib, o'z ojizligini 
la'natlaydi, misli kurilmagan darajada ovozi momaqaldi-roq gumbiri misol otilib chiqadi*. 
Flek ijodiga xos bu xususiyatlar — hissiy jo'shqinlik, ziddiyatli ifoda usuli, obrazlarning 
bahodirona qudratliligi uning Germaniya aktyorlik san'atida romantizmga asos solgan san'atkor 
ekanidan dalolat beradi. Bu ulkan sahna ustasi ijodiga xos romantizm tamoyil-lari, u yaratgan 
obrazlarning betakror o'ziga xosligi va ularning real borliqqa nisbatan shoirona ko'tarinkiligi 
Flekni Germaniya sahna san'atida bo'ron va tazyiq harakatidan XIX asr romantizmiga o'tish 
bosqichini belgilab bergan san'atkor deb aytishga asos bo'li oladi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish