Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

ZEYDELMAN (1793-1843-y.) 
 
Kari Zeydelman 
Sileziyadagi Gratsi shahrida savdogar oilasida tug'ilgan. U o'quvchilik 
chog'idayoq havaskorlik spektakllarida chiqadi, pyesalar, aktyorlarning hayoti haqidagi kitoblar 
mutolaasiga beriladi. O'smirligida vatanparvarlik g'ururi ta'sirida prus qo'shini safiga kiradi, lekin 
askarlik hayoti og'irlik qilib, 1815-yili harbiydan bo'shab, Breslavl teatriga ishga kiradi. Keyingi 
o'n yilliklar davomida Gratsi, Praga, Kassel, Shtutgart teatrlarida ishlaydi. Umrining oxirgi besh 
yilidagina Berlin teatrida qo'nim topib, osoyishta ishlash imkoniga erishadi. Zeydelmanning 
Berlin teatridagi ish davri (1838— 1843) unig ijodiy hayotining eng yuqori bosqichi bo'lib 
qolgan. 
Zeydelman o'z san'ati bilan nemis sahnasida Shreder an'ana-sini davom ettirdi va uni 
rivojlantirdi. Zeydelman romantizmning ortiqcha ko'tarinkilik xususiyatiga qarshi kurashib, teatr 
sahnasida realistik san'at tamoyillarini qaror toptirishga yetakchilik qildi. 
Zeydelman bir talay turli-tuman rollarni ijro etgan. Uning faoliyatida, ayniqsa, Shiller 
asarlaridagi rollar keng o'rin tutadi. Bular orasida Frans Moor («Qaroqchilar»), Kalb, Vurm va 
Prezident («Makr va muhabbat»), Filipp II («Don Karlos») eng muhimlaridir. Zeydelman Gyote 
dramalarida Alba («Egmont»), Karlos («Klavixo»), Mefistofel («Faust») kabi ajoyib obrazlar 
yaratadi. Xamlet, Lir, Makbet, Sheylok, Richard III uning Shekspir asarlarida yaratgan eng sara 
rollari edi. Lessing pyesalarida ham Marinelli («Emiliya Golotti*), Natan («Dono Natan») kabi 
esda qolarli obrazlar ijro etadi. Mumtoz komediyalardan. Molerning «Tartyuf» asarida Tartyuf 
rolini o'ynagan. By rollarni ta'kidlab o'tishning o'zi Zeydelman ijodiy ufqi naqadar keng aktyor 
ekanini tasdiqlaydi. 
Zeydelman rol ustida ishlar ekan, har doim uni muqimlashib qolgan siyqa andozalardan 
xalos etar, yangicha, zamonaviy ruhda talqin etishga intilardi. U ayniqsa ijodining ko'rki bo'lib 
qolgan Gyotening «Faust* asaridagi Mefistofel roli ustida, murakkab ijodiy jarayonni boshdan 
kechirgan edi. Gap shundaki, Mefistofel, bir to-mondan, foniy dunyo yovuzligini o'zida 
mujassam etgan timsoliy, obraz, ikkinchi tomondan, qadimgi xalq rivoyatidan olingan Iblis 
obrazidir. Shu tufayli u haddan tashqari mavhum yoki qo'pol, so'xtasi sovuq obrazga aylanib 
qolishi mumkin edi. Gyote uni falsafiy ma'noda talqin etgan. Lekin bundan qat'iy nazar, Gyote 
xalq-ning iblis haqidagi afsonaviy tasawuriga asoslangan. Zeydelman ham o'z obraziga aynan 
shu asosga qurdi. Tomoshabinlar Zeydelmanning mavhumlikdan holi butkul o'ziga xos, betakror 
obraz yaratganligidan hayratga tushdilar. Unda umumlashma ifoda tarzi aniqlik, hayotiylik 
belgilari bilan shu qadar ko'rishib ketgan ediki, bu aktyorning obraz qiyofasiga kirish imkoniyati 
benihoya keng bo'lganligidan dalolat edi. 
Zeydelman san'atining kuchi g'oyaviy teranlik bilan teatrona tomoshaviylikning o'zaro 
mushtarak tarzda ifoda etilganida edi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish