Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

 
SAHNA SAN'ATI 
1791-yilgi dekretdan so'ng Parijda teatrlar soni tez ko'payib boradi. Lekin «Komedi 
Fransez* teatri, awalgidek, bosh teatr bo'lib qolaveradi. Teatr jamoasining bir qismi burjua 
inqilobini qabul qilgan holda, ikkinchi qismi monarxiya tarafdori bo'lib qoladi. Shenyening 
«Karl IX* asari qo'yilgach, ayniqsa, ikki guruh orasida kurash qizib ketadi. Karl IX rolini 
o'ynagan Talma bilan keksa aktyorlardan Node o'zaro mushtlashadilar. Truppa «qora» va «qizil» 
degan ikki guruhga bo'linib ketadi. Talma dekretdan foy-dalanib o'z tarafdorlari bilan teatrni tark 
etadilar va o'zlari «Res-publika teatri* degan nom ostida teatr tashkil etadilar. 
FRANSUA JOZEF TALMA (1763-1826-y.) 
Fransua Jozef Talma ulug' fransuz burjua inqilobi davrida ijod qilgan eng afoqli fransuz 
aktyoridir. Talmaning bolalik va o'smirlik yillari Londonda kechgan. U Shekspir ijodi bilan shu 
yerda tani-shadi va bir umr unga e'tiqod qo'yib ijod qiladi. 
Talma mo'jizakor aktyorgina bo'lib qolmay, ayni chog'da u teatr san'atining islohchisi 
sifatida ham namoyon bo'ldi. Uning g'oyaviy-estetik qarashlari ma'rifatparvarlik teatrining 
tamoyil va tajribalari ta'sirida shaklangan edi. Talmaning bolalik va o'smirlik yillari Londonda 
kechadi. U Shekspir dramaturgiyasi bilan shu yerda tanishadi va butun ijodiy umrini bu daho 
dramaturg xotira-siga imon keltirib o'tkazadi. Talma Fransiyaga qaytgach, bir mud-dat Qirollik 
deklamatsiya va ashula maktabida taxsil ko'radi, 1787-yili «Komedi Fransez* teatriga qabul 
kilinadi. U mazkur teatrda ma'rifatparvarlik klassitsizmi yo'nalishida ijod qilgan aktyorlardan 
Leken, Kleron va Dyumenilning islohchilik ishlarini davom etti-radi. 
Talma Ulug' fransuz inqilobi bo'sag'asida tug'ilgan inqilobiy klassitsizm uslubiga g'oyatda 
munosib aktyor bo'lib, u o'z san'ati bilan klassitsizm ning ushbu bosqichini qaror toptirdi. 
Shenyening «Karl IX» tragediyasining sahnalashtirilishi o'z ahamiyati jihatidan zo'r siyosiy 
voqea bo'lib, unda aktyor o'ta zulmkor qirol obrazini yaratgan edi (1789). Talma san'atinning 
ijtimoiy adabiyoti mustabid hukmdor obrazini yaratish bilangina belgilanmas edi. Vatan ozodligi 
yo'lida jasorat ko'rsatishga qodir respublikachi vatan fidoyilari, ibratli fuqarolarni tarbiyalash 


43 
ham muxim vazifa qilib qo'yilgan edi. Aktyor tomonidan yaratilgan zolim hukmdorlarga qarshi 
bosh ko'tarib chiqqan qadimgi Rim qahramonlaridan respublikachi plebey sarkarda Mariy 
(Arnoning «Mariy Min-turna»da asaridan, 1791), sobitqadam vatanparvar Mutsiy Stsevolla 
(Lyuis de Lansivalning «Mutsiy Stsevolla* asaridan, 1793) kabilar shunday qahramonlardan edi 
Talma fransuz sahnasida klassitsizm uslubining yetuk ifodachisi bo'lgani holda ayni paytda 
uni ko'p yangi ijodiy tamoyillar bilan boyitdi. Sahnaviy haqiqatga, tabiiylikka moyillik uni 
qahramonlar ichki olamiga xos serqirralikni teran namoyon etishga olib keladi. U Karl IX rolini 
o'ynar ekan, uni faqat mustabid qirol tarzida ko'rsatishdek bir yoqlamalikka yo'l qo'ymaydi. 
Aktyor qahramon-ning qalbiga, uning nozik dil kechinmalariga nazar tashlaydi, nati-jada, u 
shafqatsiz va dilozor qirolgina emas, ayni paytda inson sifatida dardli olami bilan ham namoyon 
bo'ladi. 
Tashqi ifodaning ichki holatga monandligi Talma ijodi uchun muhim qoidalardan 
hisoblangan. U o'zining o'tmishdoshi — ustozi deb hisoblagan Lekenning bu boradagi 
izlanishlarini davom ettirib, Muhammad, Karl IX, Brut, Edip, Hamlet singari rollarni o'ynarkan, 
grim yordamida bu shaxslarning asl qiyofasini gavdalan-tirishga harakat qiladi. Talma fransuz 
sahnasida birinchi bo'lib an-tik libosda chiqdiki, bu favqulodda yangiligi bilan qoloq sahnadosh-
lari orasida shov-shuvli ig'volarga sabab bo'ldi. 
Talmaning sahnaviy haqiqat borasidgi yutuqlari uni deklamat-siya usulini isloh qilishga olib 
keladi. U so'z— muomalada shunday rango-rang tuslanish va hayoriy jilodorlikka erishdiki, bu 
usulning zo'raki qiroatga asoslangan klassik va'z usulidan ustunligi yaqqol namoyon bo'ldi. 
Talma o'z qahramonlarini kuchii ehtiros va qalb og'riqlari orqali ko'rsatish bilan jo'shqin his-
tuyg'u qudratini tasdiq etdi, oqibat natijada, klassitsizmning dasturiy shartlaridan surat-namo, 
namoyishkorona tasvir usulining qalb tug'yoni bilan yo'g'rilgan, ifodaviy teran omillar bilan 
almashuviga olib keldi. Talma ijodining aynan shu fazilatlari uning yangi romantik ijro-chilik 
yo'nalishining to'ng'ich vakili ekanini ko'rsatardi. 
Shekspir asarlari fransuz sahnasida Dyusening mumtozona tar-jimasida ma'nosi 
susaytirilgan holda qo'yilishiga qaramay, Talma ularda dramaturgning insonparvarlik g'oyalarini 
namoyon eta oldi. 
Talma Shekspir misolida namunaviy dramaturgni topgan edi. Shekspir qahramonlari ichki 
olamining boyligi, kechinmalarining shiddatkorligi Talmani o'ziga maftun etgan edi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish