Mavzu:Buyuk
siymolarni yod etib
Shior: “Alisher Navoiy-barcha zamonlar buyuk daho ijodkori, o`zbek adabiy tili asoschisi”.
Maqsad: O`quvchilarda
vatanparvarlikni singdirish, Alisher Navoiyga uning
asarlariga bo`lgan hurmatni singdirish.
1-boshlovchi:
B iz o’zbek yoshlari, so’z naqqoshlari,
Bu qadim Turonning tillaqoshlari
Gohida tinch daryo, goh beboshlari
Hatto maysangga ham titroq bo’lamiz,
Vatan, biz To’maris, Shiroq bo’lamiz.
2-boshlovchi:
To’rt fasling ham gulzor, boychechak fasli,
To’rt fasling ham Vatan, bizniki asli,
Barkamol avlodning barkamol nasli,
Tog’larni yiqitar bilak bo’lamiz!
Vatan, sen deb urgan yurak bo’lamiz.
boshlovchi:
She’riyat
olamida tengsiz ham, tanho
G’azallarin o’qib Lutfiydir shaydo
Qalamin tebratgan ikki til aro
Qutlug’ yosh muborak, Navoiy bobo!