31
yo'qolmaydi va uning niqoblari ham yo'q bo'lmaydi. Men badiha komediyasini Italiyaning
shon-shuhrati deb bilaman va uni yozma, uydirma pyesalardan tubdan farqlanuvchi ko'ngil xushi
deb hisoblayman». Chindan ham del arte komediyasi an'analari ya-shovchan bo'lib chiqdi.
Qizig'i shundaki, Go'tssi del arte komediyasini isloh qilgan Goldoni bilan munozaraga kirib, bu
teatr shak-lini saqlab qolish u yoqda tursin, uning o'zi ham Goldoni kabi adabiy dramaga
asoslangan yangi teatr janrini yaratdi. Bu «tragikomik ertak» janri edi.
Go'tssi mubolag'avash hazilni yoqtiradi va ayni chog'da to-moshabinlarga ulug'vor axloq,
yuksak xulq-odoblilik namunalarini madh etadi, jonfido sevgi, mardlik, burchdorlik hissi,
botirlik va yuksak sabot-matonat kabi fazilatlarni ulug'laydi. Go'tssi dvor-yancha yashash tarzi
va azaliy ahloq tamoyilini himoya qilib chiqdi; ba'zan u inson kechmishi peshonasiga
yozilganiga bog'liq, degan fikrlarni ham olg'a suradi.
Go'tssining bir qator asarlari sharq ertaklari asosiga qurilgan:, ularda hayotiy haqiqiatga
tutash tarzda ajoyib-g'aroyib sarguzasht-lar uchraydi, niqoblar komediyasiga xos to'rt niqob
orqali kulgi-mutoyiba, parodiya, hajv mavjlanib turadi. «Malikai Turandot* shunday
asarlardandir. Unda er hukmiga toqatsiz, to'rt topishmoq aytib er zotini sinovchi, hato ketsa
kallasidan judo etuvchi va oxiri samarqandlik shahzoda Qa'lafni sevib qoluvchi tanti va sarkash
xi-toy malikasi Turandot haqida hikoya qilingan.
Go'tssining «Baxtiyor gadolar» asari ham sharq hayotiga daxldor. Unga mansabdorlar
adolatsizligini o'z ko'zi bilan ko'rib jazolashni maqsad qilib olgan sultonlar haqidagi ettaklardan
biri asos qilib olingan. Samarqand sultoni O'zbek goh imom, goh gado qiyofasida turli kishilar
bilan uchrashib, ham o'z saxiyligini, ham adolatli hukmdor ekanini ko'rsatadi. Uning
vositachiligida Zumrad o'z sevgilisi visoliga erishadi, to'rt yil awal vaqtincha taxt egasi qilib
qoldirilgan bosh vazir Muzaffar fuqarolarga adolatsizlik ko'rsatganligi uchun jazolanadi.
Go'tssi o'z asarlarida ifodali va rango-rang shakllarni ishga soldi. Sahnaviy tomoshaviylikka
u alohida e'tibor qaratdi: goho ramzli hikoyalar usulini qo'lladi, goho hayotiy mantiq va izchil-
likka ro'ju qo'ydi. U ba'zan sehr va afsonalar olamini tarannum etdi, ba'zida borliq haqiqatlarni
chizib berdi. Bir narsagina o'zgarishsiz qoldi: bu hayot borlig'i bilan yo'g'rilgan Go'tssi ha-
yolotining turli shakllarda namoyon bo'Iishidir. Shu bois Go'tssi dramaturgiyasi
zamondoshlarining oqilona, lekin quruqroq asarlari qarshisida o'zining sehrli olami bilan ajralib
turadi.
O'zbek sahnasiga Go'tssi ilk bor Cho'lpon tarjimasida Moskva teatr studiyasida yaratilgan
«Malikayi Turandot* (1927) asari orqali kirib keldi. Shu bo'yi fusunkor italyan dramaturgi
o'zbek to-moshabinlarining sevimli mualliflaridan biri bo'lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: