Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

FRIDRIX SHILLER (1759-1805
-y.) 
Yogann Kristofor Fridrix Shiller Vyurtemberg gersogligining Marbax shahrida zobit oilasida 
tavallud topgan. Yoshligidan uni gersog Karl Yevgeniyning yopiq harbiy bilim yurtiga o'qishga 
beradilar. Bu yer — o'quv maskanini emas, qamoqxonani eslatardi. Talabalar ota-onalari bilan 
ham nazoratchining kuzatuvi ostida uchrashardilar. 
Shiller o'zining «Qaroqchilar» deb atalgan birinchi pyesasini shu yerda 19—20 yoshida 
yozgan. Asar qo'shni Mangeym gersog-ligida qo'yiladi (1781). Shillerni badiiy ijodga qo'i 
urganlikda ayb-lab, Karl Yevgeniy avaxtaga tashlaydi, jazodan qutilgach, u bir um-rga 
Vyurtembergdan chiqib ketadi. Ta'qib-tazyiqlar ostida uning keyingi «Makr va muhabbat* 
(1783), «Fiyesko fitnasi» (1784) pye-salari yaratiladi. 
Shiller Leypsig, Drezdenda yashaydi, umrining so'nggi davrini Veymarda Gyote bilan ijodiy 
hamkorlikda o'tkazgan. U tarixni o'rganishga beriladi, lyen dorilfununining professori unvoniga 
sa-zovor bo'ladi. Tarixiy mavzularda «Don Karlos», o'ttiz yillik ta-rixidan «Vallenshteyn haqida 
trilogiya, «Orlean qizi», «Vilgelm Tell*. «Mariya Styuart* tarixiy dramalarini yaratadi. 
«Qaroqchilai> Shillerning birinchi asari bo'lsa-da, aka-uka Karl Moor va Frans Moor 
orasidagi to'qnashuvni yovuzlik bilan ezgulik orasidagi kurash tarzida umumlashtirish orqali 
umuminsoniy ideallar madhiga aylangan tragediya tarzida dunyoga chiqdi. Riyokor Fransning 
ig'volari tufayli Karl otasining qarg'ishiga uchrab, merosdan mahrum etiladi, so'ng qaroqchilar 
safiga qo'shilib, ularning boshlig'iga aylanadi. Ma'rifatparvarlik ru-hidagi aka-uka to'qnashuviga 
asoslangan asarlarda aka-uka orasidagi mojaro oila doirasida boshlanib shu yerda yakunini 
topgan bo'lsa, Shiller bu mojaroni shekspirona usulda tahlil etadi. Bu yerda aka-uka orasidagi 
to'qnashuv «Qirol Lir»dagidek keng miqyosda ko'zdan kechirilgan. Shiller o'z asarida obrazlarga 
keng-roq ijtimoiy ma'no beradi. Frans, masalan ochiqdan-ochiq feodal tartib himoyachisi tarzida 
ko'rinadi; o'z maqsadi yo'lida eng yovu-zona usullarni ishga soladi. Vakil orqali Karlni o'ldi, deb 
ishonti-rish uchun uni otasining oldiga yoilaydi, joni chiqmagan otani, oidi deb sag'anaga oborib 
tashlatadi, turli ig'volar bilan Karlning sevgilisi Amaliyaga egalik qilmoqchi bo'ladi. 
Karl Moor adolatsiz kimsalardan qasos olish uchun qaroq-chilarga qo'shiladi. Lekin uning 
sheriklari davlatmand kishilar qa-tori kambag'allarni ham talaydi, bolalar va xotin-qizlarni ham 
qilichdan o'tkazadi. Karl adolatni tiklash o'rniga, aksincha adolat-sizlikni kuchaytirib yuboradi. 
Buni mard, adolatparvar Karl anglaydi, o'zini qonun hukmiga topshirishga majbur bo'ladi. Qa-
roqchilar to'dasi Karl oldidagina burchdor bo'lmay, Karl ham to'da oldida burchdor edi. Bu 
bosqinchi kazzoblar to'dasiga Karlga xos bo'lgan oliyjanoblik yot edi. Karl o'z sevgilisi 
Amaliyani ularning ko'z o'ngida chavoqlab o'ldiradi va shu hisobiga to'dadan ajraydi va o'zini 
ham qonun jazosiga mahkum etadi. 
«Makr va muhabbat* tragediyasida zamonaviy voqea, zamona-viy ijtimoiy muhit doirasida 
insoniy siymolar chizilgan. Pyesa markazida kambag'al sozanda Millerning qizi Luizaning 
zodagon Ferdinandga bo'lgan sevgi tarixi turadi. Ferdinand otasi fon Val-terning istagicha 
grafning o'ynashi bo'lib kelgan suyuq'oyoq Mil-ford xonimga uylanishi kerak. Bu fon Valterning 
graf oldidagi nufuzini oshirib, mansabida qolishiga sabab bo'lardi. Lekin Ferdinand Milfordga 


35 
uylanishdan bosh tortadi. Shunda fon Valterning kotibi Vurm Luizaga Ferdinandni sevmasligi 
haqida xat yozdiradi. Xatdan xabarbor bo'lgan Ferdinand oxiri Luizaning uyiga kelib, so'nggi bor 
sevgilisi bilan uchrashib, o'zi zahar ichadi, sevgilisiga ham zahar ichiradi. O'limi chog'ida Luiza 
Ferdinandga uning otasining zo'ri tufayli xat yozganligi, aks holda qari otasi qamab qo'yilishini 
va hamon Ferdinandni sevishini aytadi. 
Mazkur tragediyada qahramonlar hayotiyligi bilan ajralib turadi. Luiza ma'naviy boy sevgi 
egasi tarzida ko'rinadi. U sevgilisi visoliga yetish uchun kurashadi, azob chekadi, lekin qabihona 
muhitning qur-boniga aylanadi. Luizaning otasi Miller o'z mehnati bilan kun ko'ruvchi o'rta hoi 
tabaqaning vakili, qizi Luizaga o'ta, mehribon ota, oddiy inson tarzida umumlashtirilgan. Bu 
inson timsolida jabr-zulmdan kalovlab qolgan jonsarak insonlar taqdiri umumlashgan. 
Ferdinand kishilarning shunday yangi bo'g'iniga mansubki, u o'zaro tenglik, sevgi-sadoqat 
g'oyalarini tasdiq etishga qodir shaxsdir. Ferdinand ma'rifatparvarlik dramasining boshqa qah-
ramonlartga qaraganda ijtimoiy qabohat nima ekanini chuqurroq his etadi va yovuzlikka qarshi 
mardonavor kurash boshlaydi. U chekinish, ikkilanish nima ekanini bilmaydigan qahramon. 
Lekin shu bilan birga, Shiller mavjud hayotiy borliqdan chekin-maydi; sevgi mojarosini 
«g'oyibdan keluvchi» baxt tarzida chizmaydi. Ikki sevishganning qarashlari turlichadir. 
Luizaning xatti-harakati vaqti kelib Ferdinand uchun umuman tushinarsiz bo'lib qoladi. Luiza 
nega sevgilisi bilan birga qochib ketishdan bosh tortdi? Ferdinand buning sababini tushunishga 
qodir emas. Ana shu o'zaro mo-jaro va tushunmovchilik har ikkala oshiq-ma'shuqani o'limga olib 
keladi. Ferdinand o'zining hayot-mamoti deb bitgan Luizaga ishon-may qo'yadi va natijada, unga 
o'limdan boshqa chora qolmaydi. 
Tragediyada «oilaviy fojia» ijtimoiy ma'no ko'lami kengligidan ijtimoiy fojia darajasiga 
ko'tariladi. Shu bilan birga, Ferdinand ijtimoiy manfaat yo'lida emas, balki o'z baxt-saodati deya 
kurashadi. Uning noroziligi yovuz kimsalarga qarshi qaratilgan norozilikdir. 
Qahramonlar pokiza axloq deya uzlarini jabr-zulm tig'iga uradilar; ularning vijdon va axloq 
pokligi yoiidagi kurashlari ki-shilarni erkparvarlik ruhida tarbiya etib boradi. Lekin 80-yillarga 
kelib, bu usul urnini yovuzlikka ochiqdan-ochiq qarshi kurashish shakli egallaydi. 
«Makr va muhabbat»dan so'ng ezilgan 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish