NAZORAT SAVOLLARI
1.
Italiyada ma'rifatparvarlik teatri, dramaturgiyasi nega komediya del arte teatri asosida
dunyoga keldi? K. Goldoni bu teatrni qay tartibda isloh qildi? Goldoni tomonidan «Ikki boyga
bir ma-lay*, «Mehmonxona bekasi* kabi xulq-atvor komediyalarining yaratilishi Italiya teatri
rivojida qanday ahamiyatga ega bo'ldi? Goldoni nega o'z pyesalarini «jamoa komediyasi* yoki
«xulq-atvor komediyasi* deb atagan.
2.
K. Go'tssi nega K. Goldonining teatr islohlariga qarshi ku-rashdi? U del arte
komediyasini himoya qilgani holda oxir oqibatda nega niyati amalga oshmay, aksincha o'zi ham
Goldoni kabi adabiy drama janrining yaratuvchisi bo'lib qoldi? Go'tssining «Uch apelsinga
sevgi», «Malikayi Turandot* fiyablari — teatr ertaklari nega italyan teatri tarixida yangi badiiy
voqelikka aylandi va hatto Goldoni asarlarini teatrdan siqib chiqardi? Goldoni va Go'tssi
asarlarining O'zbekistondagi sahna tarixi haqida nima deya olasiz?
NEMIS TEATRI
XVIII
asrda nemis teatri erishgan ulkan muvaffaqiyatlar jahon teatri va adabiyotiga bebaho
hissa bo'lib qo'shildi. Aynan nemis dramaturglaridan Lessing, Gyote, Shiller Ma'rifatparvarlik
davrida dramaturgiya va teatr sohasida erishilgan yutuqlarga yakun yasab, ma'rifatparvarlik
realizmidan
XIX
asr tanqidiy realizmiga o'tish yoiini belgilab berdilar.
Nemis teatri ham Ovro'poning boshqa mamlakatlari san'ati kabi turlicha rivojlanish
bosqichini o'taydi. U ma'rifatparvarlik klassitsizmi, ma'rifatparvarlik realizmi, sentimentalizm,
32
ilk roman-tizm davrlarini boshdan kechiradi. Lekin bu oqimlar Germaniyada boshqa
mamlakatlarga qaraganda o'zgacha ahamiyatga ega bo'ldi.
GOTGOLD EFRAIM LESSING (1709-1781-y.)
Gotgold — Efraim Lessing Saksoniyadagi Kapensa shahrida ruhoniy oilasida tavallud
topgan. O'n yetti yoshida Leypsig univer-sitetiga o'qishga kiradi, lekin ikki yil o'qib uni tashlab
ketadi, taniqli adib darajasiga chiqqanda o'qishni Vittenbergda tamomlab, erkin san'atlar magistri
unvoniga erishadi. U «Yosh olim» degan birinchi pyesasini o'n sakkiz yoshida yozgan.
Lessing, awalo, buyuk tanqidchi sifatida maydonga chiqqan edi: Gamburg milliy teatrida
ishlar ekan (1767—1768), uning sahnasida qo'yilgan asarlarga taqrizlar yozib, o'zining mashhur
«Gam-burg dramaturgiyasi* degan kitobini yaratadi. Uning «Laokoon» risolasi ma'rifatparvarlik
realizmi tamoyillarini asoslab berishda yirik tadqiqotlardan biriga aylandi.
Lessingning fikricha, aktyorlik san'ati tasviriy san'at bilan poeziya oralig'idagi san'atdir: u
ham makon, ham zamon doirasi-dagi san'at, ya'ni bir jihatdan sahnaviy makon ifoda imkonlariga
asoslansa, ikkinchi tomondan shakllanish, rivojlanish qonuniyat-lariga asoslangan. Aktyor,
awalo, jismoniy imkoni keng va qovushimli bo'lishi, ya'ni gavdasini sahna ko'zgusida boshqa ki-
shilarning gavdasiga monand mutanosib tarzda jilolantira olishi va o'rni kelganda, butkul shoir
o'rnida o'ylay olishi, uzluksiz fikrlay olishi kerak.
Lessing ham Didro duch kelgan muammoga duch keladi: qaysi toifadagi aktyor afzal —
hissiyotli aktyormi yoki sovuqqon ak-tyormi? Bu masalada Lessingning mulohazasi Didroning
javobiga qaraganda ma'rifatparvarlik realizmi ruhiga yaqinroqdir. U hissiyot bilan aql-zakovat
uyg'unligi tarafdori. Uning fikricha, bu ikki jihatning qaysi birinidir ustun qo'yish o'rinsizdir. U
klassitsizmga xos sovuqqonlikka ham, maishiy izohvozlikka ham cho'chib qaraydi. Aqli raso
aktyor asarning u yoki bu lavhasining nimaligini anglaboq, o'z-o'zidan hissiyot ta'siriga beriladi.
Ayni zamonda Lessing ham Didro singari «hissiyotli» aktyorga ishonchsizlik bilan qaraydi.
«Hissiyot qandaydir botiniy, ichki narsa, bu haqda uning tashqi ko'rinishi orqaligini fikr yuritish
numkin*, deydi u. Demak, his-tuyg'uni zohiran, sirtdan namoyon etuvchi aktyor «beshavq,
sovuqqon bo'lishi»dan qat'i nazar, sahna uchun birinchi toifa aktyordan foydaliroqdir».
«Haqiqiy san'at insondan boshlanishi kerak,- deya xitob qildi Lessing, klassitsizm estetikasi
saroy tamoyillariga asoslanganligini qayd etarkan,— saroy mutlaqo shoir tabiatini o'rganadigan
joy emas, saroyning udumi, dabdabasi odamni mashinaga aylantirib qo'ysa, shoir bu
mashinalami yana odamga aylantirishi kerak».
Lessing dramaturg sifatida barcha janrlarda qalam tebratgan. Uning har bir asarining o'z
ohangi bor: «Oyimqiz Sara Sampson* ko'z yosh uyg'otsa, «Minna fon Barnxelm» kuldiradi,
ruhiy orom baxsh etadi. «Emiliya Golotti» ko'ngiini musibat ohangiga g'arq qiladi, «Donishmand
Natan» chuqur o'yga toldiradi.
«Minna fon Barnxelm yoki Sarbozning baxti» (1767) Prussi — Saksoniya urushi tarixidan
olingan asar bo'lib, unda Germaniya-ning milliy birligi, yaxlitligi muammosi olg'a surilgan edi.
Pruss zo-biti mayor Telgeym taslim bo'lgan Sileziya shahriga solingan urush tovonini o'z puli
hisobidan to'laydi. Raqib tomonga bunday xayr-ehson ko'rsatishdan shubhaga tushgan Prussiya
boshliqlari Telgeym ustidan jinoiy ish qo'zg'aydilar. Aybsiz aybdor hotamtoy mayor og'ir
ahvolga tushib qolgan bir paytda, saksoniyalik qiz, sevgilisi Minna kelib, uni tergovdan qutqarib
oladi. Pyesa ikki oshiq-ma'shuqaning baxtli uchrashuvi bilan tugaydi.
Lessing pyesa g'oyasini qahramonlarning xulq-atvori orqali ifoda etgan. Personajlarning har
safar yangilik bilan paydo bo'lishi voqeaning tig'iz o'sib borishiga sabab bo'ladi. Bosh
qahramonlar ideal qahramonlar sifatida ko'rinadi. Xudbinlikdan xoli chin sevgi egalari bo'lish bu
kishilar or-nomus, yurt oldidagi burch tuyg'usini chuqur his etishiari bilan ajralib turadilar.
1779-yili Lessingning so'nggi «Donishmand Natan* asari yaratiladi. «Mening yozgan asarlarim
orasida eng ta'sirchan pyesa bo'lg'usidir* - deb yozgan edi dramaturg bu asarni yozishga kiris-har
ekan. Ushbu asar chindanda juda dilga yaqin pyesa bo'lib chiqdi. Unda diniy musohabaga o'rin
berilmagan, balki adovatcb ruhoniy misolida inson zurriyotini oyoq osti qilishdek mutaassibona
qarashlar buyuk ezgulik, insoniylik ideallari tasviri orqali fosh eti gan. Uy-joyi vayron bo'lib,
oilasidan judo bo'lgach, nasroniy qizni o'z tarbiyasiga olgan va uni muqarrar o'limdan saqlab
33
qolgan qud-duslik yahudiy Natan qiyofasida o'sha davr o'quvchilari Lessing ning o'zini
ko'rgandek bo'ldilar. Bu mehr-sahovatli, tiyran aql-zakovat sohibi, qabohat va nodonlikka
qarama-qarshi qo'yilgan bir shaxs edi.
«Donishmnd Natan o'z shakliga ko'ra ma'rifiy-falsafiy drama tarzida paydo bo'ldi.
«Lessing — bizning g'ururimiz va mehr-muhabbatimizdir», degan edi Geyni. Lessingning
ijodi bilan nemis dramaturgiyasi kuch-qudrat kasb etdi, ulug' erkinlik g'oyalari bilan yo'g'rildi.
Uning butun umri bekami-ko'st adolat tantanasi yo'liga sarflandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |