Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet49/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Menejment — bu iqtisodiyotni boshqarishni korxona, kompyuter, firma, loyiha ko‘lamlarida korxonalar, xodimlar, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga o‘z ta’sirini tarqatuvchi qismidir. Yana shuni ham nazarda tutish kerakki, «boshqaruv» ham, «menejment» ham aniq ta’rifga ega




80


2 - bob. AKTning boshqaruv tizimida tutgan o'mi


bo‘lmagan tushunchalar kategoriyasiga kiradi. Boshqaruv nazariyasida ichki va tashqi boshqaruvni farqlash qabul qilingan.
Ichki деб shunday boshqaruvga aytiladiki, unda boshqaruvchi ta’siri boshqariluvchi tizimning o‘zida, uning ichida shakllanadi. Boshqaruvchi ta’sirini ishlab chiqaruvchi boshqaruv organi boshqariluvchi tizim bilan birgalikda yagona xo‘jalik majmuini tashkil qiladi. Boshqaruvni amalga oshiruvchi boshqaruv organlari, hamda shaxslar ichki boshqaruvda boshqariluvchi tashkilot tarkibiga, unint shtatiga kiradi.
Tashqi deb shunday boshqaruvga aytiladiki, unda boshqaruvchi ta’siri boshqariluvchi tizimga tashqaridan keladi. Bu holda boshqaruvchi tizim boshqaruvchining tarkibiga kirmaydi, mustaqil tashqi organga ajraladi. Tashqi boshqaruvchini amalga oshiruvchi shaxslar boshqariluvchi tashkilotlarning shtatiga kirmaydi, uning xodimlari bo‘lmaydi. Ichki va tashqi boshqaruvning chizmalari 2.13 - rasmda aks ettirilgan.
Shuni ta’kidlashimiz joizki, boshqaruvning tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, ulaming bo’limlari (sex, laboratoriya)ga nisbatan qo’llanila- digan ichki va tashqi bo'linishi belgilangan darajada shartlidir. Masalan, boTinma rahbarining bo’linmaga nisbatan farmoyishi ichki bo’ladi, bunda korxona direksiyasining faqat ushbu bo’linmaga tegishli masalalar doirasiga tegishli qaroriga tashqi boshqaruv sifatida qarash asoslidir. Ayni paytda direktsiyaning o‘z kuchini butun korxonaga, uning ko’pgina bo‘linmalariga yoyuvchi qaroriga ichki boshqaruv sifatida qarash kerak.





2.13 - rasm. Ichki va tashqi boshqaruvning chizmalari.


Ichki boshqaruvning turli xillaridan biri o‘z-o‘zini boshqarish nomi bilan ma’lum. O‘z-o‘zini boshqarish — bu mintaqa, korxona, tashkilot, firma, kompaniyaning boshqaruvida asosiy rol o‘ynamaydigan bosh­qaruv organlari tomonidan ichki boshqarilishidir. O‘z-o‘zini boshqarish sharoitlarida tashqi boshqaruv umumiy xarakterdagi muammolarning tor doirasi bilan cheklanadi hamda tashkilotlar va shaxslaming keng doirasi uchun majburiy bo'lgan qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari, milliy dasturlar ko‘rinishida gavdalanadi. Ushbu cheklanishlami hisobga olish bilan o‘z-o‘zini boshqaruvchi hududlar, tashkilotlar shaxsiy ichki




§ 2.5. Boshqaruv — kibernetik va iqtisodiy kategoriya sifatida


81


boshqaruvga suyangan holda boshqaruv qarorlarini mustaqil qabul qilish va amalga oshirish huquqiga egadir. Shunday qilib, o‘z-o‘zini boshqarish sharoitlarida ichki boshqaruv tashqi boshqaruvdan ustunlik qiladi, kundalik joriy boshqaruvda yetakchi o‘rinni egallaydi. Ammo, shunday bo‘lsa ham ayrim asosiy masalalarda tashqi boshqaruv ichkisiga nisbatan ustuvorliklarga ega. Umuman boshqaruvning demokratlashuvi darajasini ta’riflovchi ichki va tashqi boshqaruvning nisbati mamlakatda hukmron bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdagi boshqaruvning markazlashgan va markazlashmagan tendensiyalari tabiatiga ko‘proq darajada bog‘liqdir.
Boshqaruv hamma sohalarda tarqalgan, tabiat va jamiyatda xilma-xil ko‘rinish va shakllarda qo‘llaniladi. Odatda, boshqaruv so‘zi iqtisodiy ma’noda inson va insoniyat tomonidan o‘zining atrofidagi tabiiy va insoniyat dunyosida yashashini, turmushini davom ettirishni yaxshilashni ta’minlash uchun amalga oshiriladigan ta’sirlami, ya’ni «insoniy boshqaruv» tushuniladi. Bunday yondoshishdan yuqorida keltirilgan «boshqaruv» tushunchasini shakllantirishda ham foydalanilgan. Boshqaruvni bunday tushunish orqali ja-honda bo‘lib o‘tayotgan barcha jarayonlar, kuzatilayotgan obyektlami boshqariladigan va boshqarilmaydigandarga bo‘lish mumkin.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish