Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet50/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Boshqariladiganlariga inson, insoniyat yurish-turishi, xatti-harakat- larini istalgan tomonga o‘zgartira va yo'naltira turib, ta’sir etishga qodir jarayonlar, hodisalar, obyektlar kiradi. Shunga muvofiq inson tomonidan faol ta’sir etish imkoniyati chegarasidan tashqarida boTgan jarayon va obyektlar boshqarilmaydigai hisoblanadi. Tabiiyki, «boshqariluv» va «boshqaril-maslik» mutloq tushunchalar emas. Real hayotda qisman boshqariladigan, belgilangan darajada va belgilangan navbatda, qandaydir chegaragacha boshqariladigan muomalada bo’lishga to‘g‘ri keladi. Ayni paytda bugun boshqarilmaydigan jarayonlar va obyektlar ertaga, agar inson ulami boshqarish vositalari va usullarini o‘zlashtirsa boshqariladigan bo’lishi ham mumkin. Hozircha kishilar ob-havoni, iqlimni boshqara olmaydilar, ammo bu yo‘nalishda ilk qadamlar qo‘yila boshlandi.
Shartli belgilangan darajada atrof-muhitni boshqarilmaydigan Tabiat va boshqariladigan Iqtisodiyotga ajratish mumkin, zamonaviy inson ko’proq keyingisining bir qismi bo‘lib qolmoqla. Bunda iqtisodiyot so‘zi keng ma’noda tushuniladi. U nafaqat ishlab chiqarish, moliyani, balki ijtimoiy muhitni ham o‘z ichiga oladi, bu kishilar o‘rtasidagi munosabatlar uchun butun xilma-xilligiga tarqaladi.
Kishilar tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruv iqtisodiy va hatto, falsafiy ma’noda ham ana shunday ko’rinadi, qabul qilinadi. Ammo boshqaruvga yanada umumiyroq qarash mumkin, unga ko‘ra boshqarish imkoniyati, huquqi, san’atiga faqat insonlargina ega bo‘lmaydi.
Inson tirik va jonsiz tabiat hamda o‘zi tomonidan yaratilish ikkilamchi, sun’iy tabiatning ko’pgina obyektlarini boshqaradi. Inson o‘zga




82


2 - bob. AKTning boshqaruv tizimida tutgan o‘mi


kishilami ham, ulaming xatti-harakatlarini ham yo‘naltirib, nazorat qilib, boshqaradi. Ayni paytda biz boshqaruv va o‘z-o‘zini boshqarishning ko‘p sonli jarayonlari guvohi bo‘lamizki, ularda obyektlar va jarayonlarga boshqaruvchi ta’sirlar kishilar tomonidan ishlab chiqilmaydi. Hayvon va kishi organizmida tananing belgilangan harakati avtomatik ravishda ushlab turiladi, qon oqimi tartibga solinadi. Yovvoyi hayvonlar to‘dasini odatda yetakchi (serka) boshqaradi. Mashina va mexanizmlami boshqarishni esa asboblar amalga oshiradi. Bunday vaziyatlarda kishilar yoki umuman boshqarmaydilar, yoki avtomatik boshqarish uchun asboblar yaratib, boshqaruvga vositali aloqaga ega bo‘ladilar.
Shu bilan birga, boshqaruv kuzatiladigan barcha jarayonlarda ulaming tabiati va boshqaruvchi ta’sirining manbai sifatida insonning ishtirok etishidan qat’i nazar, boshqaruvning barcha shakllari, turlariga xos qandaydir umumiylik mavjud. Boshqaruvning istalgan tizimida boshqaruv subyekti, boshqaruv obyekti, boshqariluvchi ta’sir, teskari aloqa kabi uning ajralmas tarkibiy qismlari, elementlari bo'ladi. Ular boshqaruvning yagona va ayni paytda, umumiy shaklini tashkil qiladi.
XX asrda mustaqil yo‘nalish shakllandi. Boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy, biologik, texnik tizimlari, obyektlariga xos universal jarayon sifatida ta’riflovchi umumiy tamoyillarini o‘rganish yning predmeti bo‘lib qoldi. Tirik va jonsiz tabiatda, texnika va iqtisodiyotda buning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan kibernetika degan nomni oldi. Kibemetikaning predmeti iqtisodiyotdagi boshqaruvni o‘rganuvchi tarmoq bo‘lgan «iqtisodiy kibernetika» nomi bilan mashhur. Kibemetikaning vujudga kelishi va rivojlanishiga mashhur amerikalik olim Norbet Viner juda katta xissa qo‘shgan, uni «kibemetikaning otasi» deb bejiz aytishmaydi. Shunisi qiziqki, «kibernetika» atamasi (yunonchadan tarjima qilinganda, «rolni bosh-qaruvchi» ma’nosini bildiradi), ilmiy tamoyilga 1948 yilda N.Vineming «Kibernetika» kitobi nashr qilingandan keyin kiritilgan bo'lsa ham, undan birinchi marta buyuk fizik olim Amper davlat boshqaruvini belgilash uchun foydalangan.
Kibernetika g‘oyalarini serunumligi aniq bo‘lsada, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, hatto N.Vineming o‘zi ham iqtisodiyotda texnik va biologik kibernetika tamoyillari, qoidalaridan foydalanish imkoniyatlari cheklanganligi haqida ogohlantirgan.
Kibernetika boshqariladigan tizim faoliyat yuritishining eng umumiy modeli ko‘rinishidagi boshqaruvning yagona asosiy chizmasi haqidagi qoidadan kelib chiqadi, uning asosiy elementlari boshqaruvning istalgan tizimlari, shakllari va turlari uchun namunaviydir (2.14 - rasm).
Boshqariluvchi tizimlar faoliyat yuritishiing umumiy chizmasiga muvofiq, boshqaruv subyekti, ya’ni boshqaruv butun tiziminint faol qismi signallar, buyruqlar ko‘rinishidagi boshqaruvchi ta’sirlarni ishlab




§ 2.5. Boshqaruv — kibernetik va iqtisodiy kategoriya sifatida


83


chiqadi, ular subyektga nisbatan tizimning sust, ijroiya qismini namoyon qiluvchi boshqaruv obyektiga (chizmada shartli ravishda bitta obyekt berilgan, odatda bular bir necha bo‘ladi) kelib tushadi. Boshqaruv obyektlari boshqaruv ta’sirlarini o'ziga qabul qilib, o‘z holati va harakat tarzini ularga boshqaruvchi ta’sir ko‘rinishida berilgan va olingan ko'rsatmaga moslashtiradi. Obyektning boshqaruvchi signallarga javobi haqida subyekt teskari aloqa kanali orqali, ushbu kanal bo‘yicha obyektning javob harakatlari, xulqi haqidagi axborotlami olgachgina bilib oladi. Teskari aloqa kanali orqali olingan axborotlar va boshqaruv shartlari, maqsadlari hamda vazifalari o'zgarishiga ko‘ra, boshqaruv subyekti yangi boshqaruvchi ta’sirlami ishlab chiqadi va ulami obyektga topshiradi.





2.14 - rasm. Boshqruvning namunaviy shakli.
Subyekt va u tomonidan boshqariladigan obyektlar o‘zaro harakatida boshqariluvchi tizimni tahlil qiladi, u ba’zida boshqaruvchi tizim deb ataluvchi boshqaruvchi qismini va subyekt boshqaradigan obyektlar ko‘ri- nishidagi boshqariluvchi qismni o‘z ichiga oladi. Boshqariluvchi qism odatda qulflangan, yopilgan bo'lmaydi, aksincha o‘zi faoliyat yuritayotgan sharoitlarda tashqi muhit bilan o‘zaro yaqindan hamkorlik qiluvchi ochiq tizimdan iborat bo‘ladi. Xususan, tashqi muhit boshqaruv subyektiga, masalan, unga tashqaridan kelib tushuvchi axborotlar ko‘rinishida ta’sir ko‘rsatadi, u chizmada «kirish» deb belgilangan. Boshqaruv obyekti esa uning chiqishiga kelib tushuvchi o‘z faoliyati mahsulotini yaratishga qaratilgan.
Boshqaruvda vujudga keluvchi ayrim o‘ziga xos vaziyatlarni ko‘rib chiqamiz.
Agar boshqaruv subyektining vazifasi obyektning belgilangan barqaror holatini qo‘llab-quvvatlash, ushbu holatidan chiqishiga to‘sqinlik qilish bo‘lsa, unda bunday vaziyat gomeostazis deb ataladi. Muhitning kimyoviy tarkibini, uning harakatini, boshqaruv bilan ta’minlanishini doimo ta’minlash ko‘pgina biologik tizimlarda, tirik organizmlarda hamda ishlab chiqarishda foydalaniladigan fizik-kimyoviy texnologiyalarda kuzatiladi.




84


2 - bob. AKTning boshqaruv tizimida tutgan o‘mi


Ko‘pgina hollarla boshqaruvchi ta’sirlaming vazifasi boshqaruv obyektini subyekt tomonidan berilgan harakatlaming belgilangan dasturiga rioya qilishda bo‘ladi. Boshqaruv obyekti teskari aloqa kanali bo‘yicha belgilangan ko‘rsatmadan ehtimoliy chetga chiqishlar haqida axborot oladi va bunday chetga chiqishlami bartaraf etuvchi boshqaruvchi ta’sirlami ishlab chiqadi. Bunday boshqaruv chetga chiqishlar bo‘yicha boshqaruv deb nomlanadi.
Chetga chiqishlar bo‘yicha boshqaruvga yaqinroq vaziyatli boshqaruv ham mavjud, u shundan iborat bo‘ladiki, boshqaruv subyekti boshqaruvchi ta’simi boshqariladigan tizim faoliyat yuritadigan muhitda (ya’ni, tashqi muhit deb nomlanadigan muhitda) vujudga keladigai vaziyatga ko‘ra shakllantiradi.
Yetarli bo‘lmagan hisob-kitob, kuchsiz reaksiya yoki boshqaruv subyekti tomonidan teskari aloqa kanali bo'yicha olingan axborotlami oddiygina nazarga ilmaslik real sharoitlardan ajralib qolgan «qat’iy boshqaruvni» ta’riflaydi. Ko’pincha bunday boshqaruv kabinet uslubida, rahbarlaming o‘zlari qabul qilgan qarorlar natijalari va oqibatlarini tushunib yetishni istamaganliklarida namoyon bo‘ladi. Qat’iy, bir taraflama boshqaruv teskari aloqa kanallari ifloslangan, obyektning real holati va hulqi haqidagi axborotlar buzilgan yoki teskari aloqa umuman yo‘q bo'lgan vaziyatlarda mavjud bo'ladi. Ushbu vaziyatga markaziy isitish tizimining boshqaruvi yaqqol misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin, bunda tizimni belgilangan rejimga ulovchi yoki sozlovchi shaxs (boshqaruv subyekti) teskari aloqa kanallari bo’yicha isitilayotgan binolarda harorat miqdori haqidagi axborotlami olmaydi va tavakkaliga harakat qiladi.
G’oyatda «yumshoq» boshqaruvda esa aksincha ko'rinish kuzatiladi, unda rahbar teskari aloqaning ishonchli harakat qiluvchi kanallari tufayli boshqaruv obyektining holati va uning boshqaruvchi ta’sirga javobidan yaxshi xabardor, ammo ishlovchi boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga, qoTlashga yoki «hukmini o’tkazishga» qodir emas. Bunday vaziyat Krilovning mushuk va oshpaz haqidagi masalida juda ham o‘rinli bayon qilingan, unda mushuk oshpazning jo’jasini o‘g‘irlaydi va xo’jayinining ko‘z oldida eb tugatadi. Oshpaz mushukni uyaltiradi, bunday qilinmaslikka urinadi, ammo u kuchsiz boshqaruv ta’sirlari tufayli maqsadiga etolmaydi. Teskari aloqa kanali ishlaydi, boshqaruv kanali esa aslida ishlamaydi. Kibemetika va iqtisodiyotda bunday vaziyat boshqarilishning yo’qotilishi sifatida ta’riflanadi.
Iqtisodiyot boshqaruvida, subyekt va obyektlari, boshqaruvchi ta’sirlar turlari va teskari aloqa kanallarining juda katta turli-tumanligi mavjud.
Iqtisodiyotda boshqaruv subyektlari sifatida odatda davlatning qonun chiqaruvchi, ijroiya, huquqiy idoralari, boshqaruvnint sohaviy, hududiy, muassasaviy idoralari, iqtisodiy obyektlaming mulk egalari, korxonalar,




§ 2.5. Boshqaruv — kibernetik va iqtisodiy kategoriya sifatida


85


tashkilotlaming boshqaruv idoralari, xo‘jalik rahbarlari, turli darajalardagi menejerlar qatnashadi.
Kibernetik tamoyillar va iqtisodiyotni boshqarishning umumiyligi yana bir munosabatda ko‘rinadi. Kibernetikada qabul qilingan zaruriy turli- tumanliklar tamoyiliga ko‘ra, boshqaruv subyekti harakatlari, ta’riflari, xususiyatlari, usullarining turli-tumanliklari boshqaruv obyektinikiga qaraganda yuqoriroq bo'lishi kerak. Soddaroq qilib aytganda, boshqaruv subyekti boshqaruv obyektiga nisbatan tarkihan murakkabroq qurilgan, u tashkil etish, amaliy harakat qilishning yuqoriroq darajasiga ega bo'lishi kerak. Rahbar boshqaruv obyekti haqida o‘zi rahbarlik qiladigan shaxslar, ijrochilarga nisbatan ko'proq bilimlar doirasi va tasavvuriga ega bo'lishi kerak. Afsuski, iqtisodiyotda zaruriy turli-tumanlik tamoyiliga hamma vaqt ham rioya qilinmaydi.
Va, nihoyat, kibernetika va iqtisodiyotni boshqarishga doir yana bir umumiylik haqida. Kibernetika va axborotlar nazariyasi boshqaruv haqida tizim entropiyasini pasaytirish usuli sifatidagi tasavvurdan kelib chiqadi. Entropiya — bu tizimning tartibga solinishi, tashkil qilinishi darajasini ta’riflovchi xususiyatdir. Entropiya qancha past bo'lsa, tashkil qilish darajasi shunchalik yuqori bo'ladi. Termodinamika qonunlarga ko'ra, boshqaruv yo'q bo'lganda ajratilgan, yopiq tizimning entropiyasi oshadi, tizim tarkiblashuvini tartibga solinishini yo'qotadi, energetik salohiyatga ega bo'lmagan bir xil massaga aylanadi. Tirik tabiatdagi boshqaruv tirik organizmlarga entropiyani pasaytirish, bu bilan hayotiy jarayonlami tashkil qilish va o'limga, inqirozga, kukunga aylanishga qarshi turish orqali o'zining energetik, hayotiy qobiliyatini oshirishga imkon beradi. Shuni tasdiqlash uchun barcha asoslar borki, iqtisodiyotni boshqarish o'z mohiyati bo'yicha iqtisodiy tizimning entropiyasini, uniig energetik imkoniyatlarini pasaytirishga, rivojlanish manbalarining bostirilishiga, atrof muhitimiz turli tumanlik darajasining kamayishiga olib keluvchi entropiyaning xavfli o'sishini bartaraf qilishga yo'naltirilgan. Soddaroq qilib aytganda, boshqaruv o'zining entropiyaga qarshi xususiyati, entropiyani kamaytirish imkoniyatlari tufayli tizimlaming buzilishiga, degradatsiyaga qarshilik qiladi.
Barcha umumiy jihatlarga ko'ra ham kibernetika va «boshqaruv» tushunchalari bir xil emas. Kibernetika, akademik V.M.Glushkovning ta’rifi bo'yicha, murakkab boshqaruvchi tizimlardagi axborotlami tubdan o'zgarishning umumiy qonuniyati haqidagi fandir. Boshqaruv nafaqat boshqaruvchi ta’sirlar va teskari aloqaning axborotlari tabiatini o'rganadi, balki unda asosiy e’tibor boshqaruvning obyektlari va subyektlariga, boshqaruvchi ta’sirlaming shakllanish mexanizmlariga, ulaming boshqaruv obyektiga ta’sir qilish usullari va natijalariga qaratilgan. Kibernetika o'z asosiga ko'ra fizik va matematik fan bo'lgani uchun ham sof axborotli


86




2 - bob. AKTning boshqaruv tizimida tutgan o*mi


jarayonlar bilan, ya’ni axborotlami uzatish, ishlab chiqish, saqlash, miqdorini o‘zgartirish, axborotlardan avtomatik tartibga solish tizimlarida foylalanish bilan qiziqadi. Shu bois ham iqtisodiyotni boshqarishda boshqaruvchi axborotlami iqtisodiy saqlashga, kishilaming boshqaruvchi qarorlarini ishlab chiqaruvchi va ijro etuvchi shaxslar sifatidagi roliga, boshqaruv yordamida iqtisodiy tizimni yo‘naltirish va o‘zgartirish imkoniyatlariga ham katta ahamiyat beriladi.
O'Z-O'ZINI NAZORAT VA MUHOKAMA
QILISH UCHUN SAVOLLAR


  1. Tizim deganda nimani tushunasiz?

  2. Obyekt, xususiyat va aloqalaming ta’rifini keltiring.

  3. Tizimlar qanday omillar asosida tasniflanadi?

  4. Tizimning bo‘linishi deganda nimani tushunasiz?

  5. Qanday turdagi tizimlami bilasiz?

  6. Tizimlar tasniflanishini keltiring.

  7. Tashkilot deganda nimani tushunasiz?

  8. Boshqarishning ta’rifini keltiring.

  9. Boshqaruvning maqsadlarini aytib bering.

  10. Boshqaruvning shakllari va vazifalarini aytib bering.

  11. Iste’molchilarning ishlab chiqarish jarayonlariga integratsiyalashuvini tushuntirib bering.

  12. Boshqaruv funksiyalari nimalardan iborat?

  13. Boshqaruv ishlarining namunaviy operatsiyalari va tadbirlarini aytib bering.

  14. Milliy iqtisodiyotni boshqarish obyektlariga nimalar kiradi?

15 Qaror qabul qilishga tizimli yondashish «qora qutiwsining tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

  1. Korxona boshqaruvidagi axborotlar konturi qanday tashkil qilinadi?

  2. Boshqarish tizimining ishlash prinsiplarini keltiring.

  3. Tashkilotning axborot tizimi nima uchun xizmat qiladi?

  4. Boshqaruv tizimining pog‘onaliligini tushuntirib bering.

  5. Boshqaruv nechta darajadan tashkil topadi?


  1. - BOB. MILLIYIQTISODIYOTDAGI AXBOROT JARAYONLARI


§ 3.1. AXBOROT: ASOSIY TUSHUNCHA VA TA’RIFLAR
§ 3.2. AXBOROT - IQTISODIY RESURS SIFATIDA. AXBOROTNING TASNIFLANISHI VA XUSUSIYATLARI
§ 3.3. AXBOROT VA QARORLAR QABUL QILISH
§ 3.4. BOSHQARUV TIZIMI FAOLIYATINING AXBOROT JIHATLARI
§ 3.5. TASHKILOTNING AXBOROT RESURSLARI
§ 3.6. AXBOROT TA’MINOTINING
TARKIBI VA MAZMUNI
§ 3.7. KLASSIFIKATORLAR, KODLASHTIRISH VA ULARNI QO'LLASH TEXNOLOGIYASI





Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish