Ommaviy foydalanuvchilar — dasturlovchi bo’lmaganlarga moTjallangan namunaviy zamonaviy vositalar yordamida ma’lumotlar bazalarini yaratish texnologiyasi MBBT Microsoft Access tomonidan taqdim etildi. Yakuniy foydalanuvchilarga moTjallanganligiga qaramay, Accessda dasturlash tili mavjud. Microsoft Officening boshqa dasturlovchi vositalari bilan integratsiyalashishga imkoniyat bor. Access — bu bir foydalanuvchiga moTjallangan ma’lumotlar bazasini boshqarishning ommaviy eng zarur tizimidir. Shuning bilan bir vaqtda 10 ta resursdan ko‘p boTmagan kompyuterlar miqdoriga ega kichik korxonada Access Microsoft Office o‘z vositalari bilan birgalikda butun ish yuritishga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Barcha foydalanuvchilar bitta kompyuterda o'matilgan ma’lumotlaming bir bazasiga murojaat etishlari va unda server boTmasligi ham mumkin.
§ 13.4. Access ma’lumotlar bazasi
411
Ma’lumotlar saqlanishi va kirish muammolari himoya vositalaridan foydalanish yordamida hal qilinadi, ularni Access taqdim etadi. Ma’lumotlar bazasini yaratishning boshqa texnologiyalari orasida Access asosiy xususiyatlari yakuniy foydalanuvchi yo’naltirilganligi, Windows uchun Microsoft Office barcha mahsulotlarini qurishda qabul qilingan umumiy yondoshishning saqlanib qolinganligi, foydalanishda ommaviyligini o‘z ichiga oladi.
Accessda ma’lumotlar bilan ishlash uchun ma’lumotlar bazasining protsessorlaridan, interfeysni tez qurish vositalaridan, kirish va chiqish ma’lumotlar bilan manipulyatsiyalar qilish obyektlari (jadvallar, shakllar, so'rovlar, hisobotlar, mikrobuyruqlar, makroslar, modellar)dan foydala- niladi. Qo‘lda bajariladigan operatsiyalami avtomatlashtirish oddiy ko’zda ko'rinadigan vositalar va makroslarga birlashtirilgan makrobuyruqlar yordamida bajariladi. Shunday qilib, Accessdan foydalanuvchi ma’lumotlar bilan ishlash uchun tadbirlar va xizmatlami yaratishga murojaat qilishi mumkin. Bunda, agar ko’zda ko'rinadigan tayyor vositalarning imkoniyatlari etishmasa, makrobuyruqlarga murojaat qilinadi, agar ulaming ham imkoniyatlari etarli bo’lmasa, unda dasturlash tilidan foydalanish mumkin. U o'zining massivlari, ma’lumotlarning turlari, vazifalari, ilovalarini yaratishga imkon beradi. Agar zaruriyat tug’ilsa, dasturlash yordamida ma’lumotlar bazasini yaxlit yaratish imkoniyati mavjud.
Shaxsiy kompyuterlar uchun ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyalari axborotlaming cheklangan hajmiga ega oson vazifalarni yechishga mo’ljallangan.
§ 13.4. ACCESS MA’LUMOTLAR BAZASINI
BOSHQARISH TIZIMIDA MA’LUMOTLAR
BAZASINI YARATISH TEXNOLOGIYALARI
Ma’lumotlar bazasining asosini unda saqlanuvchi ma’lumotlar tashkil qiladi va ular obyektlar orqali boshqariladi. Obyektlaming asosiy turlari quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |