«Имя поля» ustunining birinchi qatoriga birinchi maydonning nomini
kiriting: «O'qituvchi kodi»;
«Тип данных» ustunining qatorida uni sichqoncha ko’rsatkichi
bilan turtganda hosil bo’ladigan pastki tomonga yo’nalgan strelkachali
tugmachani turtganda ochiladigan ro’yxatdan ma’lumotlaming «Счетчик»
deb nomlangan maydon ko’rsatgichlarini dastur taklif qilgan ko’rinishda
qoldirganingiz ma’qul.
xuddi shunday tartibda yuqorida ko’rsatilgan jadvaldan foydalangan
holda uning barcha maydonlarini ma’lumotlar bazasiga kiriting.
414
13 - bob. Ma’lumotlar bazalari va banklari
Ushbu konstruktor darchasining «Описание» deb nomlangan ustuni qatorlariga ma’lumot kiritish shart emas, chunki u maydon haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlami kiritish uchun xizmat qiladi. Hosil qilingan jadvalni saqlash uchun:
«Файл» menyusidan «Сохранить» punktini tanlang;
«Сохранение»deb nomlangan muloqot oynasida jadvalning nomini kiriting: «O‘qituvchilar»;
undan so‘ng «OK» tugmachasini bosing.
«OK» tugmachasi bosilganda ACCESS MBBT Sizga kalit maydonni aniqlashni talab qilishi mumkin. Bu maydon dastur tomonidan avtomatik ravishda jadvalning har bir yozuvini aniq ifodalashga imkon beradi. Ko’p jadvallardan iborat bo‘lgan ma’lumotlar bazalari uchun bu katta ahamiyatga ega bo'ladi. Jadvalning «Конструктор»rejimidagi darchasining pastki qismidagi «Общие» tugmachasi bosilganida kiritilgan maydonning bir qancha ko'rsatkichlari ekranda namoyon bo’ladi. Masalan ACCESS MBBT matnli ma’lumotlar uchun 50 simvolli kattalikni taklif qiladi. Lekin «Фамилия», «Исми», «Отасининг исми»va shu kabi maydonlar kattaligi 15 simvoldan katta bo’lishi mumkin emas. Agarda ulaming bundan kattasi uchrab qolsa, keyinchalik osonlik bilan o’zgartirish mumkin. Endi ikkinchi usulda, ya’ni «Jadval» ustasi yordamida jadval qurish usulini ham ko‘rib chiqamiz. Bu usulda jadval qurish oldindan ma’lum bo’lgan bir necha turdagi jadvallar namunalariga asosan yaratilayotgan jadval ko’rsatkichlarini tanlash yo‘li bilan amalga oshadi. Buning uchun («Создать - Мастер таблиц»)tugmachasini bir marta bosish yoki Master yordamida jadval hosil qilish («Создание таблицы с помощью мастера») yozuvini ikki marta bosish lozim bo’ladi. Bunda ekranda quyidagi oyna hosil bo’ladi ( 13.6 - rasm).
CoiAalOM таблиц
Выберите образцы табгыц для грине иекш при соэдагеы собственной тобгмиы
Вь^ерите категори»о и образец таблицы, а »атам нужтеяе образцы полей. Допускается выбор попей из нескОЛэКих таблкх. Если заранее неясно, будет гы испогъэоеаться поле или нет, лучше добавить это поле в таблицу. Его несложно будет удаотть позднее.
Hosil bo’lgan 13.6-rasmdagi oynada jadvallar namunalari («Образцы таблиц»)va ko’rsatkichlar namunalari («Образцы полей») oynalari bor. Ma’qul kelgan namunadagi jadvaldan tegishli ko’rsatkichlar tanlab olinadi va yangi jadval ko’rsatkichlari hosil qilinadi. Agar zarur ko’rsatkich namunadagi jadvalda bo’lmasa, biror-bir ko’rsatkichni tanlab, uning nomini klaviaturadan foydalanib o’zgartirish mumkin («Переименовать поле»), Yuqorida aytilgan ishlarni tushunish va bajara olish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Bunda jadvallar namunasidan «Сотрудники»
13.4. Access ma’lumotlar bazasi
415
jadvali tanlanib, unga tegishli «Табельный номер», «Имя», «Отчество», «Фамилия»kabi ko'rsatkichlar ham yangi jadvalga nom beriladi. Undan so‘ng jadvalning boshqa jadvallar bilan bog‘liq yoki yo‘q ekanligi haqida so‘rov hosil bo‘ladi, uni ham aniqlagandan so‘ng yana «Далее» tugmachasi bosiladi. Endi kerakli ishlar bajarilib, «Готово» tugmachasi bosilishi kerak bo'ladi. Bunda ekranda tuzilgan jadvalimiz ustunlar shaklida hosil bo‘ladi va biz unga kerakli barcha ma’lumotlarni kiritishimiz mumkin. Agarda bizga maydonlarning tuzilishini ko‘rib chiqish va unga kerakli o‘zgartirishlar kiritish kerak bo'Isa yana konstruktor rejimiga o'tishimiz mumkin. Buning uchun «Вид»menyusidan yoki uskunalar panelining «Вид» uskunasidan foydalangan holda «Конструктор» rejimiga o'tiladi. Bu ko'rinishni quyidagi 13.7-rasmda ko'rishimiz mumkin.
Endi jadvalning kalitini aniqlashimiz lozim bo'ladi. «Калит» deganda
har bir jadvalning boshqa jadvallar bilan aloqasini aniqlab beradigan maydon
yoki maydonlar majmuasiga aytiladi. Kalitni berish uchun tegishli maydon
yoki maydonlarni belgilash kerak. «ПанельHHCTpyMeHTOB»dan kalit
rasmli tugmacha bosiladi yoki sichqonchaning o'ng tugmasini bosib, hosil
bo'lgan konstekt menyudan «Ключевое слово» buyrug'i tanlanadi. Bunda
tanlangan qatorlar to'g'risida (birinchi ustunda) kalitchaning tasviri hosil
bo'ladi. Tanlanganda hamma kalitli qatorlami birdaniga belgilash yodingizdan
chiqmasin. Ushbu holatni quyidagi tasvirda ko'rish mumkin (13.8-rasm).
13.8-rasm. Jadvalda kalitlami o'matish
416
13 - bob. Ma’lumotlar bazalari va banklari
Endi hosil bo'lgan jadvalni saqlash uchun «Панель инструментов>^ап «Дискет» rasmli tugmachani bosamiz yoki «Файл» menyusidan «Сохранить» buyrug‘ini tanlaymiz. Navbatdagi ishimiz hosil bo'lgan bo‘sh jadvalni ko‘rish bo‘lgani uchun «Панель HHCTpyiweHTOB»dan «Вид» deb nomalangan tugmachani bosamiz. Bunda quyidagi imkoniyatlar hosil bo‘ladi: «Конструктор» va «Режим таблицы» buyrug‘ini tanlasak, quyida ko‘rsatilgan bo‘sh jadvallaming tasvirini olamiz (13.9-rasm).
13.9-rasm. «Режим таблицы»ба hosil bo'ladigan bo‘sh jadvalning ko'rinishi Bu oynada hosil qilingan jadvalga ma’lumot kiritish uchun tegishli maydonlarga ulaming qiymatlarini klaviatura orqali kiritishimiz mumkin. Agarda uning tuzilishini o‘zgartirmoqchi bo‘lsak yoki unga boshqa maydonlar qo‘shmoqchi bo‘lsak «Вид» menyusidagi «Конструктор» rejimiga o‘tishimiz lozim bo‘ladi. Masalan, jadvalga xodimning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlami aks ettiridigan ustunni qo‘shish uchun «Вид» menyusidan «Коне i рук юр» buyrug'ini tanlab olamiz va hosil bo'lgan jadvalda tegishli qatorni sichqoncha bilan belgilab «Панель HHCTpyMeHTOB»dagi «Построить» tugmachasini bosamiz. Undan so‘ng hosil bo‘lgan oynadan «Сотрудники» hamda «Зарплата» imkoniyatlarini tanlaymiz va «OK» tugmachasini bosamiz. Bu holda ShK. ekranida quyidagi darchaga ega bo‘lamiz (13.10 - rasm).
13.10-rasm. Jadvalning to'ldirilgan ko'rinishi.
§ 13.4. Access ma'lumotlar bazasi
Endi «Панель MHCTpyMeHTOB»dagi «Вид» menyusidan «Режим таблицы» buyrug’ini tanlasak, quyidagi tuzilishdagi bo‘sh jadval ko’rinishi ShK ekranida hosil bo’ladi (13.11 - rasm).
13.11-rasm. Jadvalga jadval rejimida ma'lumotlami kiritish oynasi.
Bu jadvalni ham yuqoridagi tartibda klaviatura orqali tegishli ma’lumotlar bilan to’ldirishimiz mumkin (13.11 - rasm). Endi ma’lumotlami jadvalga to'g'ridan to‘g‘ri kiritishni ko'rib chiqamiz. Yuqorida ko’rsatilgan soliq to’lovchi jismoniy shaxslar haqidagi jadvalga ma’lumotlami kiritish jarayoni quyidagi rasmda keltirilgan (13.12 - rasm).
13.12-rasm. Jadvalni avtoto’ldirish orqali ma’lumotlar kiritish oynasi.
Ushbu jadvalni yuqorida ko‘rib chiqilgan jadvaldan foydalangan holda qurish uchun har bir ustun nomini o'zgartirishimiz kerak bo'ladi. Buning uchun sichqoncha ko'rsatgichini o‘zgartirilishi kerak bo’lgan katakchaga olib kelib, sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosamiz va hosil bo'lgan konstekt menyudan «Переименовать столбец»buyrug’ini tanlaymiz. Keyin esa klaviatura orqali yangi nomni kiritamiz. Har bir ustun nomi uchun ushbu amalni bajarsak, yuqoridagi jadval hosil bo'ladi.
418;
13 - bob. Ma’lumotlar bazalari va banklari
Ushbu jadvalni hosil qilishning ikkinchi, osonroq usuli ham mavjud. Buning uchun Access MBBT programmasi yuklanganidan so‘ng, uning asosiy panelidagi oldingi tanlaganimizdan farqli ravishda ikkinchi imkoniyatni («Создание таблицы с помощью мастера»)tanlaymiz. Bunda ekranda quyidagi oyna hosil bo‘ladi (13.13 - rasm).
Создание таблиц
Выберите обратны таблиц для применения при создании собственной таблицы. Выберите категорию и образец таблицы, а затем нужные образцы полей. Допускается выбор полей из нескольких таблиц. Если заранее неясно, будет ли использоваться попе или нет, лучше добавить зто поле в таблицу. Его несложно будет удалить позднее
13.13-rasm. Jadval maydonlarini tanlash rejimi.
Agar biz «Сотрудники» jadvalini tuzishimiz kerak bo‘lsa, uning qanday ustunlardan iboratligini bilib olib, chap tomondagi ro'yxatdan «Сотрудники» so‘zini tanlaymiz. Keyin esa o‘ng tomondagi ro'yxatdan kerakli nomdagi maydonlar nomlarini bitta-bittadan tanlaymiz va har bir tanlaganimizda «>» belgili tugmachani bosamiz. Bunda ro‘yxatdan tanlangan maydonlar (ustunlar) nomlari «Поля новой таблицы» deb nomlangan oynaga o‘tadi. Agar rnaydon nomlarining (jadval ustunlarining) nomlari bizga kerakligidan farqli bo'lsa, ularni o‘zgartirish uchun, xohlaganini tanlab, «Переименовать поле» tugmachasini bosamiz va klaviatura orqali ushbu nomlarni bizga kerakli bo‘lganiga bemalol o‘zgartiramiz so‘ngra, oynadagi dalee tugmachasini bosamiz. Bunda quyida ko‘rsatilgan oyna hosil bo’ladi (13.14 - rasm).
13.14-rasm. Jadvalni tanlash oynasi.
Ushbu oynadan foydalanib, yangi jadvalga nom berish mumkin va uning kaliti aniqlanilishi usulini ko'rsatish mumkin. Yuqorida aytib o‘tganimizdek kalit jadvalning har bir yozuvini aniqlab berish va topish imkoniyatini amalga oshirib beradi (13.14-rasm). Ushbu kalitni aniqlashning ikki xil usuli mavjud. Birinchi usulda Access MBBT kalitni o‘zi, avtomatik ravishda aniqlab beradi. Ikkinchi usulda esa, kalitni foydalanuvchi mustaqil ravishda aniqlashi mumkin. Agar birinchi usulni tanlagan holda, «Далее» tugmachasini bossak, quyida ko‘rsatilgan oyna hosil bo‘ladi (13.15-rasm).