Ma’lumotlar bazasi — MBBT vositalari orqali mashina «tashuvchi»da hosil qilingan ma’lumotlar yig‘indisidir. Ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlami minimal takrorlash orqali mantiqiy bog'langan ma’lumotlaming qo’shilishi ta’minlanadi. MB o‘zaro bog’langan obyektlar- ning ba’zi mantiqiy modelini aks ettiradi. Bu obyektlar aniq predmet sohasini o‘zida namoyon etadi. Ma’lumotlar bazasi MBBTda ta’minlanadigan model va ma’lumotlar tuzilmalariga muvofiq tashkil etiladi.
Ko‘p foydalaniladigan axborotlar tnzimlaridagi MBBT.Ma’lumotlar bazasi, qoida tariqasida, ko‘p foydalanuvchilarga zarur bo’lgan ma’lumotlami o‘z ichiga oladi. Bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchilarning umumiy ma’lumotlar bazasiga kirishi MBBTni shaxsiy kompyuterlaming lokal tarmog’iga ulaganda va ko‘p foydalanadigan ma’lumotlar bazasi yaratilganda mumkin bo’ladi. MBBT tarmog’i turli foydalanuvchilar ma’lumotlarining umumiy bazasiga kirishining cheklanganligini kuzatib boradi va foydalanuvchi bir vaqtda ma’lumotlaming umumiy bazasidan foydalanganda ma’lumotlar himoyalanganligini ta’minlaydi. Bir vaqtning o‘zida bir necha mijoz- foydalanuvchilar ma’lumotlardan foydalanganda ularning muvofiqligi himoyalanishi avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Faylli server tarmog’ida ma’lumotlar bazasi serverda joylashishi mumkin. Bunda MBBT ishga tushadi foydalanuvchilarning ish stansiyalaridagi baza ma’lumotlarini ishlash amalga oshiriladi. Lokal tarmoqdagi «fayl- server» konsepsiyasi bir qator tarmoq opcratsion tizimlari orqali amalga oshiriladi. «Mijoz-server» konsepsiyasini quvvatlovchi tarmoqda kuchli mashinalar joylashgan va serverdagi ma’lumotlarga ishlov beruvchi, ularning yaxlitligi va saqlanganligi uchun javob beruvchi ma’lumotlar bazasining serveri ishlatiladi. Serverdagi ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun tuzilmali talablar tili SQL (Structured Queries Language) qo’llaniladi. Foydalanuvchilar faqat o’zlarini lokal bazalari bilangina emas, balki serverda joylashgan ma’lumotlar bilan ham o‘zaro ta’sirida bo’lishlari ham mumkin. SQL ta’minlangan MBBT — mijoz serverga to’liq hajmda SQL talabini yuborishi, zarur ma’lumotlami olishi, shuningdek, yangilangan ma’lumotlami yuborishi mumkin. Bunda ma’lumotlaming umumiy bazasi bilan ish stansiyalarida o'matilgan turli MBBTlar ishlashi mumkin (agar ularda SQL ta’minlangan bo’lsa). MBBT va ma’lumotlar bazalarining asosiy xususiyatlari quyida- gilardan iborat:
§ 13.3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
405
ma’lumotlarni bir marta kiritish va ularni muvofiqlashtnïshning oddiyligini ta’minlovchi modelning turli obyektlarida ma’lumotlaming takrorlanishining yo’qligi;
ma’lumotlaming bir-biriga zid emasligi;
ma’lumotlar bazasining yaxlitligi;
ko‘p jihatli kirishning mumkinligi.
ma’lumotlarni har xil tanlash va ulardan foydalanuvchining turli topshiriqlari va ilovalardan foydalanishi;
avariya holatlari, apparat va dastur buzilishi, foydalanuvchining xatolari paytida ma’lumotlarni himoya qilish va tiklash;
turli foydalanuvchilaming beruxsat kirishlarini cheklash vositalari yordamida himoya qilish;
ma’lumotlarni qayta ishga tushirishlarsiz ma’lumotlar bazasi tuzilmalarini modifikatsiya qilish imkoniyati;
ma’lumotlar bazasi tuzilmalarini modifikatsiyalashda dasturlarni saqlab turishga imkon beradigan, dasturlaming ma’lumotlarda mustaqilligini ta’minlash;
mashina «tashuvchisi»dagi ma’lumotlar bazasini joylashtirishni «hajm-vaqt» xarakteristikasini yaxshilash maqsadida qayta tashkil etish.
Oxirgi foydalanuvchiga mo'ljallangan har qanday talab bo’yicha axborotlami ma’lumotlar bazasidan chiqarib berishni va foydalanuvchi uchun qulay hisobot shakllari ko’rinishida taqdim etishni ta’minlovchi yuqori darajali talablar tilining mavjudligi. MBBT foydalanuvchining turli muammo sohalari uchun amaliy ilova- larini yaratishning asosi hisoblanadi.