Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet238/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Ma’lumotlar bazasi — bu aks ettirilayotgan muammo soha holatini (bazaga nisbatan tashqi sharoitlami) o’zgarishlarida miqdoriy o’zgartiruvchi




398


13 - bob. Ma’lumotlar bazalari va banklari


dinamik obyektlardir. Muammo soha ostida real dunyo (obyektlar, jarayonlar)ning bir qismi tushuniladi, u xuddi o‘xshash bo‘lishi, ma’lumotlar bazasida to’liq axborotli hajmda taqdim etilishi kerak. Bazadagi ma’­lumotlar yagona bir butun tizimda tashkil qilinadi, bu foydalanuvchilami ma’lumotlaming katta hajmlari bilan unumliroq ishlashini ta’minlaydi.
MB va MBBT kabi muhim tashkil qiluvchilardan tashqari ma’lumotlar bazasi o‘z ishlab chiqarishiga boshqa tashkil qiluvchilami ham oladi. Ulami ko’rib chiqishda to’xtaymiz.
Tilli vositalar o‘z ichiga dasturlash tillarini, so’rovlar va javoblar tillarini, ma’lumotlami bayon qilish tillarini oladi.
Uslubiy vositalar —bu MB yaratilishi va faoliyat yuritishi, MBBTni tanlash bo‘yicha yo’riqnomalar va tavsiyalar.
MBning texnik asosi o’zining texnik ta’riflari bilan ayrim talablami qanoatlantiruvchi ShKdan iboratdir.
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar o‘z ichiga ShKga tegishli xizmat ko’rsatuvchi dasturlar, muhandislami, ma’muriy apparatni, shu jumladan, MB ma’murini oladi. Ulaming vazifasi MBning ustidan nazorat qilish, barcha tashkil qiluvchilar hamda MBning faoliyat yuritishini, boshqarishning birgaligini va o’zaro hamkorligini ta’minlash, axborotlaming sifati ustidan nazorat qilish va axborotli ehtiyojlami qanoatlantirishdir. Eng kichik bir vakolatda foydalanuvchi uchun bu barcha vazifalar bitta shaxs tomonidan ta’minlanishi yoki dasturiy vositalarni yetkazib beruvchi va ularning bajarilishini qoTlab-quvvatlovchi va kuzatuvchi tashkilot tomonidan bajarilishi rriumkin.
Ma’lumotlar bazasi yoki bankining ma’muri (MBM) alohida rol o'ynaydi. MBMning muhim vazifasi ma’lumotlami buzilishdan, ruxsatsiz va savod- sizlarcha kirishdan himoya qilishdir. Ma’mur foydalanuvchilarga butun bazaga yoki uning bir qismiga kirishning katta yoki kichik vakolatlarini beradi. Ma’murlar vazifasini bajarish uchun MBBTda turli xildagi xizmatiy dasturlar ko‘zda tutiladi. Ma’lumotlar bazasiga ma’murlik qilish MBni ishonchli va samarali ishini ta’minlash vazifasini bajarishni, ma’lumotlar bazasida muammo soha dinamikasini aks ettirishni ko‘zda tutadi.
Ma’lumotlar bazalari va banklarining asosiy foydalanuvchilari yakuniy foydalanuvchilar, ya’ni iqtisodiy ishning har xil uchastkalarini olib boruvchi mutaxassislardan iboratdir. Ulaming tarkibi bir xil emas, ular malakalari, kasbiy darajalari va boshqaruv tizimidagi darajalari bo’yicha farqlanadi: bosh hisobchi, hisobchi, operator, kredit boTimining boshlig’i va h. k. Ulaming axborotli ehtiyojlarini qondirish — bu, mashina ichidagi axborotli ta’minlashni tashkil qilishda ko‘p sonli muammolami hal kilishdir.
Amaliy dasturchilar MBdan foydalanuvchilaming maxsus guruhini tashkil qiladi. Odatda ular MB va yakuniy foydalanuvchilar o’rtasidagi vositachilar rolini o’ynaydi, chunki MBBT tillarida qulay foydalanish




§ 13.2. Ma’lumotlaming avtomatlashtirilgan banklari


399


dasturlarini yaratadi. Ma’lumotlami boshqarishning markazlashtirilgan xarakteri ma’lumotlar banki kabi murakkab tizimni ma’murlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Foydalanuvchi uchun MB ¡shining afzalliklari uni yaratishga sarflar va xarajatlami qoplaydi, chunki:

  • foydalanuvchilarning ish unumdorligi oshadi, ularni axborotli ehtiyojlarini samarali qanoatlantirishga erishiladi;

  • ma’lumotlaming markazlashtirilgan boshqaruvi amaliy dasturchilami, ma’lumotlami tashkil qilishdan ozod qiladi, amaliy dasturlarning ma’lumotlardan mustaqilligini ta’minlaydi;

  • MBni tashkil qilishning rivojlanishi har xil tartibga solingan so’rovlami, yangi ishlanmalami bajarishga imkon beradi;

  • nafaqat ma’lumotlami yaratish va saqlashga, balki ulami muhim va dinamik holatda ushlab turishdagi xarajatlar, tizimda aylanib yuruvchi ma’lumotlar oqimi, ulami ortiqchaligi va qaytarilishi kamayadi.

Ham ma’lumotlar banki, ham ma’lumotlar bazasi bitta kompyuterda jamlanishi yoki bir nechta kompyuterlar o’rtasida taqsimlanishi mumkin. Bir bajaruvchining ma’lumotlari boshqalar uchun kira oladigan yoki aksincha bo’lishi uchun bu kompyuter hisoblash tarmoqlari yordamida yagona hisoblash tizimiga ulanishlari kerak.
Bitta kompyuterda joylashgan ma’lumotlar bazasi va banki mahalliy, ShKning bir nechta birlashtirilgan tarmoqlaridagi taqsimlangan deb ataladi. Ma’lumotlaming taqsimlangan banklari va bazalari moslashuvchan bo’ladi, uskunaning ishdan chiqishini kamroq his qiladi.
Tashkilotdagi ma’lumotlaming mahalliy banklari va bazalarining belgilanishi ma’lumotlaming kichik hajmlarda ishlashda va soddaroq vazifalami yechishda foydalanuvchilarga axborotli xizmat ko‘rsatishning soddaroq va arzonroq usulidir.
Ma’lumotlaming mahalliy bazalari bir yoki bir necha foydalanuvchilar faoliyatini ma’muriy yo‘i bilan muvofiqlashtirish imkoniyati bo’lganda ishlashi samaralidir. Bunday tizimlar o’zlarini mahalliyligi va tashkiliy mustaqilligi hisobiga sodda va ishonchlidir.
Ma’lumotlaming taqsimlangan bazalari va banklari belgilanishi ko'pgina uzoqlashtirilgan foydalanuvchilami axborotlaming katta hajmlari bilan gra­fik va tarkibiy tarqoqlik sharoitlarida ishlashlarida xizmat ko’rsatishning moslashuvchan shaklidan iborat bo'ladi. Ma’lumotlar bazalari va banklarining taqsimlangan tizimlari murakkab ko‘p bosqichli va ko‘p bo‘g‘inli obyektlar va jarayonlar boshqaruvi bo'yicha keng imkoniyatlami ta’minlaydi.
Ma’lumotlami taqsimlangan holda ishlab chiqish ma’lumotlar bazasi yoki bir nechta bazalarni kompyuter tarmog’ining har xil bo‘g‘lnlarida joylashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, ma’lumotlar bazasining har




400


13 - bob. Ma’lumotlar bazalari va banklari


bir tarkibiy qismi texnika mavjud bo‘lgan va u ishlab chiqiladigan joy bo‘yicha joylashtiriladi. Masalan, qandaydir tashkiliy tuzilmaning filiallari tarmog‘ini tashkil qilishda ma’lumotlami filiallar joylashgan erda ishlab chiqish qulaydir. Ma’lumotlarning taqsimlanishi har xil kompyuterlar bo‘yicha murakkab tuzilmaga ega tashkilot uchun vertikal va gorizontal aloqalami tashkil qilish sharoitlarida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlami tashkil qilishning taqsimlangan shakli obyektiv zaruriyati yakuniy foydalanuvchilar tomonidan qo‘yilgan talablar bilan izohlanadi:

  • bo‘lingan axborot resurslarini markazlashtirilgan holda boshqarish;

  • ma’lumotlar bazalari va banklarini boshqaruvning samaradorligini oshirish va axborotlarga kirish vaqtini qisqartirish;

  • ma’lumotlarning yaxlitligi, zid bo’lmasligi va himoyalanishini qo’llab- quvvatlash;

  • «narx - unumdorlik - ishonchlilik» nisbatida yo‘l qo‘yiladigan darajani ta’minlash.

Ma’lumotlar bazalari (yoki bazalaming bir qismijning taqsimlangan tizimi foydadanuvchining mehnat unumdorligini pasaytiruvchi tor joylardan kompyuterdan foydalangan holda axborot resurslarini turlantirish va saqlab turish hamda axborot resurslaridan foydalanishning eng katta samaradorliligiga erishishning keng imkoniyatlarini beradi.
Ma’lumotlar bazalari va banklarining taqsimlangan tizimlarida bazalar o‘rtasida axborotlarni samarali almashtirishni tashkil qilish zaruriyati vujudga keladi.
Foydalanuvchilarni boshqarilayotgan biznes jarayonlarida sodir bo'layotgan hodisalar va o‘zgarishlar haqida tezkor xabardor bo‘lishga talablari axborot bilan ishlaslming ayiiin turlari vaqtida parallel bajarishni va sinxronlashtirishni talab qiladi. Ma’lumotlami almashtirish va o‘zgartirish jarayonlari ma’lumotlarning bitta yoki har xil bazalarida ayrim foydalanish xizmatlari (ishlatishlar) ko’rinishida tashkil qilinadi. Amalga oshirish uchun barcha manfaatdor shaxslar va jarayonlarni xabardor qiluvchi maxsus mexanizmlardan foydalaniladi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazasidagi xabardor qilish yoki axborotlarni tezkor o‘zgartirish mexanizmlari vaqtni va mehnat xarajatlarini tejashga imkon beruvchi texnologik vosita bo‘ladi, uzoqlashtirilgan axborot resurslarining keng majmuiga kirishni osonroq qiladi.
Yirik tashkilotlaming avtomatlashtirilgan vositasi bo‘lgan ma’lumotlar bazasi va banklarining taqsimlangan tizimlarida yangi muammolar paydo bo’lmoqda. Foydalanuvchilar sonining ko’payishi, tizimning geografik 0‘lchamlari kengayishi, tarmoqning jismoniy bo‘g‘inlarining ko‘payishi ma’muriy boshqarishni qiyinlashtiradi. Tarmoqning turli qismlarida saqlanayotgan ma’lumotlar moslashishini yo‘qotish xavfi tug‘iladi.




§ 13.3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari


40 1


Ma’lumotlaming yaxlitligi va xavfsizligi muammosi vujudga keladi, u vositalar usullari va tadbirlarining yig'indisida hal qilinadi.
Ma’lumotlarni ko‘paytirish ma’lumotlaming taqsimlangan bazalari va banklarini boshqarishning vositalaridan biri bo'ladi. Ko'paytirish ma’lumotlaming boshlang'ich bazasi obyektlaridagi o'zgarishlami taqsimlangan tizimning turli xil uzellarida bo'lgan ma’lumotlar bazasiga ko'chirishdan iborat. O'zgarishlami kiritishda bu o'zgarishlar tegishli bo'lgan barcha uzellarga bir vaqtda kirishi talab qilinmaydi. Ma’lumotlar bitta uzelda o'zgartiriladi, keyin boshqalariga ko'chiriladi. Ko'paytirish - ma’lumotlar bilan operatsiyalaming belgilangan soni oralig'i tugagandan keyin, shujumladan, har bir operatsiyadan keyin vaqtning teng oralig'i orqali yoki vaqtning belgilangan paytida o'tkazilishi mumkin. Tirajlash jarayoni tizimning ma’muri, foydalanuvchi yoki foydalanish dasturi tomonidan nazorat qilinishi mumkin. Zamonaviy qurollangan dasturiy vositalar ma’lumotlarni ko'paytirishning u yoki bu mexanizmlarini qo'llab- quvvatlaydi.
Ma’lumotlaming taqsimlangan tizimi bilan ishlashni tashkil qilish va uning xavfsizligi foydalanuvchilarga murakkab tizimlarda ma’muriy boshqarishni qiyinlashtiradi. Ko'p bosqichli ierarxik yondashish kirishni to'liqroq va qulayroq boshqarishni ta’minlaydi.
§ 13.3. MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI
Ma’lumotlar bilan amal bajarishning ilk tizimlari axborotlarni ishlashning an’anaviy usullariga asoslanib tuzilgan edi. Har bir muayyan holat uchun tashqi foydalanuvchining o'z mantiqi ishlab chiqiladi. U axborot tuzilmasi, tanlash operatsiyasi, axborotlarni qo'shish va yo'q qilish kabi tushunchalarni o'z ichiga oladi. Ma’lumotlar va dastur o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik yuzaga keladi: ma’lumotlarni o'zgartirishda yo dastumi almashtirish yoki ma’lumotlarni qaytadan buzishga zarur bo'ladi.
Murakkab axborotlarni ishlab chiquvchilar duch kelgan bu va boshqa qiyinchiliklar ma’lumotlar bilan amal bajarish uchun tizimlarga nisbatan standart talablar shakllanishiga olib keldi. Asosiy talablardan biri — ma’lumotlaming iloji boricha mustaqilligi yoki axborot tuzilmasini fizik tushunchalardan alohida qilish edi. Bunda hamma ma’lumotlar ko'p foydalanuvchilar kirishi mumkin bo'lgan holda ba’zi standart ichki tuzilishli qilib saqlanadi.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish