Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet243/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Ierarxik model—daraxt ko‘rinishidagi tuzilishga ega va pastki bosqichni yuqori bosqichga bo‘ysunishining vertikal aloqasini aks ettiradi. Bu, kerakli axborotlarga kirishni, faqat barcha so’rovlar daraxt ko‘rinishidagi tuzilishga ega bo‘lgandagina engillashtiradi.
Tarmoqli model murakkab bo‘ladi va ierarxik modeldan gorizontal aloqalarning mavjudligi bilan farqlanadi. Bu aloqaning yo’nalishli bir belgili bo‘lmaydi, bu esa model va MBBTni murakkablashtiradi.
Relyatsion model—jadvallar yig‘indisi ko’rinishida beriladi, ular ustida relyatsion algebra atamalarida shakllanadigan operatsiyalar bajariladi. Modelning afzalligi uni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy qurollangan vositalarining nisbatan oddiyligi, ixchamligi — ma’lumotlar tuzilishi keskinligi va ishlashining tezligi ma’lumotlar bazasining miqdoriga bog‘ 1 iqligida. Hozirgi vaqtda relyatsion modella.r keng tarqalgan. Ularda barcha tarkibiy qismlar o’zaro belgilangan munosabatlar bilan bog’langan. Modelning harbirturi o’zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Uni tuzilishini tushunishning osonligi relyatsion modelning asosiy afzalliklaridan biridir.
Ma’lumotlar bazasini modellashtirish bosqichma-bosqich bajariladi, bunda abstraktlashning bir qancha darajalari ajratiladi, ulardan har biriga modelning o‘z varianti mos keladi. Abstraktlashning bir necha darajadarini ajratish zaruriyati ma’lumotlar bazasidagi muammo sohani aks ettirishi - jarayonining murakkabligi bilan belgilanadi. Mantiqiy modelni dasturiy va texnik vositalarga bog’lanishi ma’lumotlar bazasining jismoniy modeli deb ataladi. U ma’lumotlar bazasini yaratish jarayonlarini yakuniy material- lashtirilgan holda gavdalanishini beradi.
Mantiqiy modelning yakuniy lyudeli tanlab olingandan keyin vazi- falarning belgilangan doirasi yechish uchun kerakli va yetarli bo’lgan ko’rsatkichlar hamda rekvizitlaming butun majmuasi aniqlanadi, fayliar shakllantiriladi, ularda boshqa fayliar bilan o’zaro hamkorlik uchun asosiy maydon (rekvizit) ajratiladi. Keyin ma’lumotlaming turi va har bir maydonning razryadligi, fayllardagi yozuvlaming soni va boshqa ta’riflar belgilanadi.
Quyidagi misolni ko’rib chiqamiz: bankda «muddatli depozit» kiritmasi kompyuterli hisobining vazifasi tayyorlanmoqda. Bu vazifa uchun ma’lumot­lar bazasining modelchasi yaratiladi. Bu ma’lumotlar o’z ichiga kirituvchi haqidagi axborotlami, kiritmalar bo’yicha mablag’laming kelib tushishi va ketishining hisobi bo’yicha foizlami hisoblab qo’yish uchun axborotlami oladi. Bu barcha ma’lumotlar relyatsion jadvallarga va fayllarga bo’lish uchun qulaydir. Bitta jadvalda kiruvchi haqidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan yili, pasporti seriyasi va raqami, pasporti




408


13 - bob. Ma’lumotlar bazalari va banklari


berilgan vaqt va kim tomonidan berilgani, doimiy yashash joyi manzili, kiritma turining nomi, raqam tartib soni, uning ochilish sanasi va undagi pul qoldig‘i. Ikkinchi jadval kiritmalar bo‘yicha pul mablag‘larining harakati haqidagi ma’lumotlarga ega. Masalan, schotning nomeri, kirituvchining nomi, kiritma bo‘yicha operatsiya o‘tkaziladigan sana, pul miqdorining badali yoki uning olinishi.
Har bir rekvizit uchun ma’lumotning turi va uning uzunligi aniqlanadi. Yaratilgan bazaga ma’lumotlarni yoki tuzatishlar kiritishda MBBT kiritilayotgan ma’lumotlarning turini avtomatik nazorat qilishi kerak (masalan, raqamli sifatida belgilangan maydonga harflami kiritishga imkon bermasdan).
Bundan tashqari ma’lumotlar uzunligi va miqdori bo’yicha nuqtadan keyingi belgilarga mos kelishi nazorat qilinadi. Ya’ni, agar alomatli miqdor tuzilmada bayon qilingandan uzunroq bo'lsa, bunda ushbu ma’lumotlar ko’rsatilgan uzunlikdan o‘ng tomondan kesiladi. Sonini kiritishda uning sonini formatiga mos kelishi tekshiriladi. Raqamli ma’lumotda nuqtadan keyingi ma’lumotdan keyingi belgilar avtomatik ravishda qo'yiladi. '
Keltirilgan misolda ma’lumotlarning uzunligini (razryadligini) aniqlash qiyin emas. Har bir raqamli rekvizit uchun eng katta miqdor olinadi, matnli rekvizitlar uchun ma’lumotlarning ma’nosini buzmaydigan kichikroq qisqartirishlami ko‘zda tutish mumkin.
Qoidaga ko‘ra, MBni tuzish uchun matnli maydonning o’lchamini, uning uzunligini oldindan aniqlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, bankning mijozlari bilan shartnomalari mashinali hisobi rejalashtiriladi. Shartnoma matni taqdim etiluvchi xizmatlar va ushbu mijozning o‘ziga xosligiga ko‘ra turlicha bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda shartnomaning uzunligini oldindan qat’iy aniqlash mumkin emas, diskda ortiqcha joyni qoldirish ham rentabelsizdir. Bu holda xotiraning maydonidan foydalaniladi, xususan, mijozlar bilan shartnomalarni hisobga olish bo’yicha, o‘zida quyidagi rekvizit va maydonga ega bo’lgan ma’lumotlar bazasining fayli yaratiladi: shartnomaning shakli, tuzilish sanasi, mijozning tartib soni, shartnomaning predmeti, shartnomaning matni. Shartnomaning matnidan tashqari barcha rekvizitlari uchun yozuvlarning turini va uzunligini aniqlash qiyinlik tug’dirmaydi. Shartnoma matniga ega maydon uchun xotiraning qo’shimcha maydoni ko’rsatiladi, uning uzunligi 10 ta alomatdir. Faraz qilamizki, shartnoma ma’lumotlariga ega maydon fayli SHART.DBT deb ataladi. Diskda uning turi ko’rsatilgandan keyin xuddi shu nomdagi, ammo SHART. DBTga kengaytirish bilan ikkinchi fayl yaratiladi. Unda shartnomaning har qanday zaruriy uzunligida matni bo‘ladi, asosiy fayl xotira maydonning 10 ta alomatlarida tegishli matnni DBT faylda joylashgan manzili saqlanadi. Shunday qilib, ushbu vazifa uchun MBning birinchi asosiy fayli faqat katalog yoki matnli faylning mundarijasiga ega bo’ladi, bu u bilan ishlashni




§ 13.3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari


409


yengillashtiradi. Xuddi shunday tamoyil turli xildagi ma’lumotnomali qidirish tizimlarini yaratishda ham amalga oshiriladi.
Zamonaviy MBBT vositalari ma’lumotlar bazasida qidirishni ham fayl- mundarija orqali va ham to'g'ridan to‘g‘ri DVTfayli matniga murojaat qilgan holda bajarishga imkon beradi. So'rov masalan, tashkilotning nomi yoki matndan qandaydir kalitli so'zga ega bo’lishi mumkin, u bo’yicha MBBT barcha matnlami so‘rovga mos keladigan matnni topgunga qadar ketma-ket ko'rib chiqadi.
Ma’lumotlar bazalari va banklarini loyihalashtirish natijalarini loyihalashtirishning har bir bosqichi tugashi bo'yicha bajariladi, ishlab chiqarishdan foydalanish bo'yicha uning xulosalari va tavsiyalari texnoishchi loyihaning tegishli bo’limlarida mavjud. Bu bosqichlami o‘rta va yirik sinfdagi kompyuter tizimlari uchun mashina ichidagi axborotli tizimlanishni yaratishga qo’llagan holda ko’rib chiqamiz.
Axborot tizimlarini loyihalashtirishdan oldin loyiha oldi bosqichi keladi, u o‘z ichiga tadqiqot jarayonida materiallami yig’ish, ulami texnik vazifa ko’rinishida rasmiylashtirishni oladi, ularda ma’lumotlar banki va bazalari yaratili-shining maqsadga muvofiqligi asoslanadi. Asosiy omillar sifatida quyidagilar ochiladi va o’tkaziladi:

  • ma’lumotlardan ko‘p maqsadlarda foydalanish;

  • muloqot rejimida ma’lumotlarga ko‘p marta foydalanish uchun kirishni ta’minlash;

  • ma’lumotlar o’rtasida murakkab aloqalar mavjudligi;

  • tizimni faol holatda tutib turish zarurligi.

Aniq sharoit va imkoniyatlardan kelib chiqib, ma’lumotlar bazalari va banklarini yaratish bo’yicha xulosalar va takliflarga ega bo’lgan materiallar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga kiritiladi va ma’lumotlar banki tizimini ishlab chiqishga texnik vazifalami shakllantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi, U kompyuter tizimini loyihalashtirishda umumiy texnik vazifaning birqismi bo’ladi. Unda echilayotgan muammolaming maqsadlari va doirasi qo’yiladi, tizim faoliyatining ko’lamlari va sohalari, global cheklashlar kelishib olinadi.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish