Foydalanuvchi tomonidan MBBTni tanlash mezonlari. Foydalanuvchi tomonidan amaliy ilovalar uchun MBBTni tanlashi quyidagi ko’plab omillar bilan belgilanadi:
mavjud texnikaviy va dasturiy ta’minlash, ulaming konfiguratsiyalari, operativ va disk xotiralari;
ta’minlanayotgan ma’lumotlar modelining turi, muammo sohasining xususiyati, axborotlar mantiqiy modelining topologiyasi;
foydalanuvchining ishlab chiqarilayotgan ilovalari ehtiyojlari;
ma’lumotlarni ishlashda mahsuldorlik ko'rsatkichiga qo’yiladigan talablar;
MBBTda zarur funksiyalar vositalarining mavjudligi;
foydalanuvchilaming malakasi, darajasi va MBBTda ishlab chiqarishning muloqot va MB bilan ishlash vositalari mavjudligi.
MBBTni o‘rnatish. MBBT dastur mahsuloti bo'lib, dasturlar paketi ko’rinishida etkazilib beriladi. U konfiguratsiyalari, zaxiralari va opera- tsion tuzilish, shuningdek, vazifalar to'plashga talablariga olingan holda kompyuterga o’matilishi zarur.
406
13 - bob. Ma'lumotlar bazalari va banklari
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari muhitida
ma’lumotlar bazalarini yaratishiiig asosiy bosqichlari
Amaliy tizimlar axborot ta’minlanishining tez mo‘ljallanishi turli xil murakkablikdagi ma’lumotlaming murakkab va sodda bazalarini yaratishga turlicha yondoshishni talab qiladi. Bazaning murakkabligiga axborotlaming hajmlari va tuzilishi, uning turlarining xilma-xilligi, fayllar o’rtasidagi aloqalaming ko'pligi, unumdorlik va ishonchlilikka talablar bilan belgi- lanadi. Yaratishning ehtimol bo'lgan variantlari orasida o‘rtacha murakkablikdagi ma’lumotlar bazasini yaratishga eng keng tarqalgan yondoshishlami ko‘rib chiqamiz.
Bazada ma’lumotlarni tashkil qilish oldindan modellashtirish, ya’ni ma’lumotlaming mantiqiy modelini qurishni talab qiladi. Ma’lumotlar mantiqiy modelining asosiy belgilanishi — turli-tuman axborotlarni tizirrilash va uning mazmuni, tuzilishi, hajmi, aloqalari dinamikasi bo’yicha xususiyatlarini foydalanuvchilar barcha kategoriyalarining axborotli ehtiyoj-larini qanoatlantirishini hisobga olish bilan aks ettirishdir. Mantiqiy modelning qurilishi bosqichlar bo’yicha aniq sharoitlar doirasidagi muvofiq variantga asta-sekin yaqinlashishi bilan olib boriladi.
Ma’lumotlar bazasini qurishning mantiqiy modelini yaratish bosqichida avval muammo sohaning foydalanuvchi uchun qiziqish tug’diruvchi obyektlari, jarayonlari yoki mohiyatlari aniqlanadi. Masalan, korxonalar, pul qo'yuvchilar, banklar va h.k. obyektlar bo‘lishi mumkin. Har bir obyekt uchun uning xususiyatlarini ta’riflovchi majmuasi ajratiladi. Masalan, pul qo’yuvchi —jismoniy shaxs uchun bu, familiya, ism, otasining ismi, manzilgohi, pasportining ma’lumotlari, ish joyi, kiritmaning turi, uning miqdori va h.k. bo’lishi mumkin. Tashkilot uchun esa uning nomi, manzili. hisob-kitob raqami, bankning nomi va boshqalar bo’ladi.
MB qanday axborotlarga ega bo'lishi haqidagi qarorlami qabul qilish nafaqat muammo sohani yoki xizmat ko’rsatiladigan vazifalar doirasi, balki axborotlaming har xil turlari bilan ishlashning jadalligi, ulaming dina-mik ta’riflari, tuzatishlar kiritilishining tezligi va o‘zaro aloqalaming darajasi, ular o’rtasidagi o’zaro hamkorlik bilan bog’liqdir.
Amalda ko’pchilik foydalanuvchilar ma’lumotlaming butun modelidan emas, balki faqat uning bir qismidan manfaatdordir. Masalan, hisobchini bankka pul qo’yuvchilar —jismoniy shaxslar haqidagi ma’lumotlar qiziqtirmaydi. Shu bois ham qator hollarda ma’lumotlaming bir qismini farqlash imkoniyati ta’minlanishi kerak. Modelni aniq foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhining manfaatlari darajasigacha umumiy modelni chegaralash sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Ma’lumotlar bazasining ishini avtomatlashtirishni MBBT ta’minlaydi, u manbada ma’lumotlarni tashkil qilishning aniq modeli bilan manipulyatsiya
§ 13.3. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
407
qiladi. Mantiqiy modelni qurishda modellashtirishning uch yondoshishi — ierarxik, relyatsion, tarmoqlidan biri tanlab, olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |