Moddiy resurslar jamiyat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan mehnat va xomashyolari majmuidir. Masalan, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va hakozo.
Tabiiy resurslar - insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalaniladigan obyektlar, jarayonlar, tabiat sharoitlari, jarayonlari, obyektlaridir.
Mehnat resurslari - jamiyatda ishlash uchun umumta’lim va kasbiy bilimga ega kishilar.
Moliyaviy resurslar - davlat yoki tijorat tarkibi ixtiyoridagi pul manbalaridir.
Energetik resurslar - energiya omillari, masalan, ko‘mir, neft, neft mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektroenergiya va hokazo.
Shuni qayd etish lozimki, har qanday ko‘lamdagi tashkilotning kerakli darajada ishlashi uchun faqat ushbu resurslaming o‘zi yetarli emas. Chunki ishlab chiqarish uchun moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari bo‘lishning o‘zi kifoya qilinmaydi. Uni qanday ishlatishni bilish, bu sohadagi texnologiyalar haqida ko‘plab axborotga ham ega bo‘lish talab etiladi. Shu bois ham axborot, axborot resurslari hozirgi kunda alohida iqtisodiy kategoriya sifatida qabul qilinmoqda.
Agar, axborot resurslari oqilona tashkil etilsa va o‘rinli foydalanilsa, u mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida ishtirok etishi mumkin.
Axborot zaxiralari - aloxida hujjat va alohida hujjat to'plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, turli axborot tizimlarijdagi hujjatlar to‘plamidir.
Jamiyatni axborotlashtirishda axborot zaxiralari muhim rol o‘ynaydi. Uni talqin etish va muhokama qilish axborotlashgan jamiyatga o‘tish davri
§ 3.5. Tashkilotning axborot resurslari
113
haqida gap borgan davrdan davom etib keladi. Bu masala bo‘yicha ko‘plab nashrlar e’lon qilingan, ularda turli fikrlar, tushunchalar o‘z aksini topgan.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlarning ulkan oqimida axborotlami ko’rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko‘zda tutadi. Axborotlami tanlash ancha mehnat talab qiladigan, demakki, qimmat turadigan jarayondir.
Hozirgi kunda axborot resurslari murakkab va ko‘pqirrali obyekt sifatida namoyon bo‘lib, uni quyidagi parametrlar bilan izohlash mumkin:
axborotlaming mazmuni;
axborotga bo‘lgan mulkchilik shakli: jamoatchilik mulki, davlat mulki, jamoa tashkilotlari mulki, yuridik shaxs mulki;
jismoniy shaxs mulki;
axborotlarga kirish imkoniyatlari bo’yicha: ochiq, yopiq, maxfiy, tijorat siri, xizmat siri, kasbiy sir;
axborotlami taqdim etish shakllari: matn hujjatlari, obzorlar, tarkiblashtirilgan ma’lumotlar - ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar banki.
Bugungi rahbar va ijrochi o‘zining ish o‘mida o‘zining ish joyida aniq ishlab chiqarish yoki bozor vaziyatini tahlil qilish uchun yetarli bo‘lgan axborotlami amalda bir zumda olishi mumkin. Boshqaruv ishini tashkil qi- lishdagi bunday islohotlar uning texnologiyasidagi katta sifatiy o’zgarishlar tufayli mumkin bo‘lmoqda. Axborotlar oqimlarini rasmiylashtirish, ma’lumotlami ishlab chiqish usullarini qo‘llash, ma’lumotlar bazalarini taqdim etish — bulaming barchasi hozirgi vaqtda amalga oshirishning butunlay yangi aniq usullarini o’ziga jamlagan.
Bozordagi vaziyat dasturiy-texnik mahsulotlarga to‘lov talabining doimiy o’sishi uchun sharoitlar yaratdi. Har qanday firma, tashkilot, bankning birinchi ehtiyoji ishlab chiqarish — xo’jalik operatsiyalarini qayd etish, hisob ma’lumotlarini ishlab chiqish, hisobotlaming tizim, marketing axborotlarini rasmiylashtirish va tartibga solishdan iborat bo’lib qolmoqda, bu texnik va dasturiy vositalarga, murakkab avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalarga talabni shakllantiradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari axborot resurslarini shakllan- tirish va ulardan foydalanish jarayonlarini tubdan o’zgartirib yuborib, quyidagilami ta’minlamoqda:
katta hajmdagi axborotlami ixcham holatda saqlash;
axborotlami tezkor izlab topish;
uzoq masofada joylashgan resurslarga kirish imkoniyati;
bitta axborot tashuvchisida turli xildagi axborotlami saqlash;
bibliografik va to’liq matnli ma’lumotlar bazalarini umumlashtirish;
faktografik va bibliografik axborotlami o’zida saqlovchi ma’lumotlar bazasining paydo bo’lishi.
1141
3 - bob. Milliy iqtisodiyotdagi axborot jarayonlari
Axborotli jarayonlarning sanoat asosiga o'tishi axborot sohasining rivojlanishini jadallashtirmoqda, dasturiy texnologiyalami ishlab chiqish va tatbiq etish uni biznesning istiqbolli turlaridan biriga aylantir- moqda. Bularga xorijiy mamlakatlardan kompyuter texnikasi va dasturiy vositalarining yetkazib berilishi, ichki kompyuter bozorining vujudga kelishiga ko'maklashmoqda.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlar va texnologiyalar samaradorli- gining mezonlarini shakllantirishga e’tibor berishda ham sezilarli siljishlar ro‘y bermoqda. Agar ma’muriy-buyruqbozlik tizimlari sharoitlarida asosiy e’tibor axborotlami mashinada ishlab chiqishning xarajatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lsa, hozirda eng avvalo qarorlarni tez qabul qilish, tahliliy ma’lumotlarning haqiqiy jarayonlarga o‘xshashligi darajasi, iqtisodiy- matematik usullar va modellardan aniq moliyaviy ishlab chiqarish vositalar tahlili uchun foydalanish imkoniyati faollashdi. Masalaning bunday qo‘yiliish tadbirkorlik va xo'jalik yuritish amaliyotiga ilmiy tadqiqot nuqtai nazarlarini kiritadi, yangi ilmiy asoslangan qarorlar, yondashishlar va malakali xodimlarni talab qiladi.
Bundan tashqari axborot - qolgan barcha resurslardan samarali foydalanish va ulaming isrof qilmaslikka yordam beradigan yagona resurs sanaladi.
Axborot, axborot resurslari har doim mavjud bo’lgan, ammo ularga o‘z xususiyatiga ko‘ra, iqtisodiy kategoriya sifatida qaralmagan. Garchi kishilar boshqaruv sohasida axborotdan doimo foydalanib kelgan bo‘lsa ham.
Jamiyat rivojlanib borishi va texnologiyalarning murakkablashishi natijasida, axborot hajmi shunchalik ko‘payib ketdiki, uni boshqaruv sohasida qayta ishlamaslikning iloji bo’lmay qoldi.
Boshqaruv ierarxiyasining paydo bo’lishi, tovar-pul munosabatlarining yuzaga kelishi, hisoblash mashinalarining yaratilishi boshqaruv uchun katta hajmdagi axborotlami qayta ishlashda ushbu qiyinchiliklami yengish imkonini berdi.
Hozirda rivojlanish darajasi shu darajaga yetdiki, endilikda axborot hajmi va murakkabligi axborot sanoatini yaratishni talab qilmoqda. Axborotlar miqdori mamlakat milliy iqtisodiyot, tarmoq, tashkilotlar rivojlanishini belgilaydi. Axborot strategik resursga aylanib, axborot resurslari esa uning muhim turlaridan biri sanaladi. Ushbu resursdan foydalanish hajmi yaqin kelajakda davlatlarning strategik imkoniyatlarini, jumladan, mudofaa qobiliyatini belgilab beradi deyishga asos bor.
Hozirgi paytda axborot hajmining ortishi va uning murakkablik darajasining yuksalishi axborot industriyasini barpo etishni talab etmoqda. Axborot mavjudligi mamlakatning rivojlanishi, tarmoqlar, tashkilotlar yuksalinishini belgilab beradi. Axborot strategik resurs, axborot resurslari esa ulardan eng muhimi bo‘lib qoldi. Bu zaxiraning umumiy foydalanadigan
§ 3.5. Tashkilotning axborot resurslari
115
hajmi yaqin kelajakda davlatlarning strategik, shu jumladan mudofaa qobiliyatini belgilab beradi.
Axborot resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi:
barcha axborot tashuvchilardagi oldin yaratilgan va hozirgi vaqtda yaratilayotgan birlamchi hujjatlar;
to‘liqmatnli ma’lumotlar bazasi;
kutubxonalar, axborot markazlari, arxivlar va boshqa tashkilotlar tomonidan yig‘iladigan, chop etilgan va chop etilmagan birlamchi hujjatlar;
yaratilgan bibliografik mahsulotlar;
faktografik ma’lumotlar bazasi;
tahliliy mahsulotlar;
axborot bozorida taqdim qilinayotgan xizmatlar;
kompyuter tarmoqlari aloqalari;
axborot tizimlarini yaratishni ta’minlab beradigan dasturiy vositalar va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;
axborot mahsulotlarini yaratadigan, saqlaydigan va foydalanadigan tashkilotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |