a] va a2 kanallari bo‘yicha o‘tadigan axborot oqimi ko‘rib chiqilayotgan tizim va yuqori darajadagi tizim o‘rtasidagi bo’ysinuvchanlik munosabatini ifodalaydi. 3] axborot oqimi ko‘rib chiqilayotgan tizimga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’muriy - buyruq (ko‘rsatmali) axborotlarining majmuini ifoda etadi. a2 aloqa kanali bu tashkilot boshqarish tizimining boshqaruvchi qismi at kirishiga qanday ta’sir ko’rsatganligi to‘g‘risidagi axborotlarni tashuvchi teskari aloqa kanali sanaladi. Agar tashkilotning boshqaruv tizimi boshqaruvning yuqori darajadagi buyruqlarini hech bir kamchiliksiz bajarsa, u holda a2 ning chiqish joyida a1 ning kirish joyidagi bilan(vaqti-vaqtida ma’lum bir siljishlar bilan) bir xil axborot bo’ladi, yoki axborot umuman bo‘lmaydi(bu a, va a2 axborotlari bir xil degani).
Tashqi muhit va boshqaruv tizimi o’rtasidagi axborot almashinuvi chizmada b( kirishi va b2 chiqishi bilan tasvirlangan. Ular gorizantal axborot aloqalari sanalib, tizim faoliyati uchun muhim bo’lgan o’sha tartibdagi tizimlar va boshqa axborot manbalari bilan ko’rib chiqilayotgan boshqaruv tizimining o‘zaro munosabatlarini modellashtiradi. Tizim faoliyati uchun muhim sanalgan axborot manbalariga savdo, maorif, banklar, soliq inspeksiyasi kabilami kiritish mumkin. Mazkur tizim jarayonida boshqarib bo’lmaydigan turli xil ta’sirlar yuzaga keladi: f kiritish boshqariladigan obyektga tashqi muhitning boshqarib boTmaydigan ta’sirlarini modellashtiradi. Boshqaruv tizimini ko‘rib chiqishni boshqariladigan obyektdan boshlaymiz. Resurslarga ega boTgan holda boshqaruv obyektlari vaqt sarflash va resurslaming qayta hosil bo'lishi bilan bog’liq ishlab chiqarish
108
3 - bob. Milliy iqtisodiyotdagi axborot jarayonlari
jarayonning amalga oshirish natijasida m2 ning ayrim samaralari to‘plamini chiqishga yo‘naltiradi. gt kirish va g2chiqish holati, tashqi muhit bayon etuvchi sharoitlar haqidagi, yuqori organlar tomonidan qo'yiladigan talablar to‘g‘risidagi axborotlar boshqaruv blokiga kelib tushadi. Axborot bloki unga kiritilgan dasturga muvofiq boshqaruvchi obyekt holatini qayd etadi, axborotlami to‘plash va ro‘yxatga olishni, uni oldindan qayta ishlashni, jumladan, tasniflash, guruhlash, ma’lumot berish kabi bir qator elementar mantiqiy va hisoblash operatsiyalarini amalga oshiradi.
- rasm. Boshqaruv tizimining faoliyat ko'rsatish tarkibi.
Boshqaruv bloki axborotlami qayta ishlaydi va ayrim jo‘natiladigan axborotlar oqimini natijalovchi oqimga aylantiradi, boshqariladigan obyekt kirishiga ta’sir bilan bog‘liq bir qator qarorlami ishlab chiqadi va o‘rta muhit hamda yuqori darajadagi boshqaruv bloklari bilan o‘zaro harakat qiladi. Bunda boshqaruv bloki boshqaruv obyekti, tashqi muhit va yuqori boshqaruv darajasidan kelgan axborotlardan foydalanadi. Me’yorida ishlashdan chetlangan hollar ro‘y berganda boshqaruv bloki chetlanganlikni bartaraf etish maqsadida qaror qabul qiladi va tegishli chorani tanlaydi. Boshqaruv bloki ta’sir ko'rsatish usullarini ishlab chiqish uchun xotira(unga mutaxassislar xotirasi, elektron xotirani kiritish mumkin) va boshqaruv mezoniga ega(mezon bo'yicha boshqariluvchi obyekt ko'rsatkichlarining yaxshilangani yoki yomonlashuvi aniqlanadi). Ta’sir ko'rsatish bloki shunday vosita sanaladiki, uning yordamida boshqaruv bloki kerakli foydali samaraga erishish maqsadida boshqaruv bloki boshqariladigan obyekt kirishiga ta’sir ko'rsatadi.
§ 3.4. Boshqaruv tizimi faoliyatining axborot jihatlari
109
Boshqaruv bloki yuqori darajada a2 aloqa kanali bo'ylab ko'rib chiqilayotgan tizim holati to‘g‘risida axborot oladi, ayrim qarorlar qirralarini ishlab chiqadi va at aloqa kanali bo'yicha boshqaruv blokiga kerakli ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir ko'rib chiqilayotgan tizim faoliyati algoritmida ko'rsatkichlar hisoboti tartibida, boshqariladigan obyekt ishini baholaydigan mezonlarda ayrim o'zgarishlami keltirib chiqarishi mumkin. Tashqi muhit bloki tashqi muhitning ko'plab elementlaridan iborat bo'lib qandaydir ma’noda mazkur tizim yoki uning boshqariluvchi obyekti bilan o‘zaro harakatlana oladi. Boshqaruv bloki tashqi muhit axborotlari asosida muhitning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatini bashoratlashda va boshqariladigan obyektga ta’sir ko‘rsatishda, shuningdek boshqaruv tizimining o'zidagi funksional bioklar o‘rtasida o‘zaro ta’sirni yuzaga keltirishda bunday bashoratlami hisobga olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shunday qilib, boshqaruv shakl nuqtai nazaridan axborot jarayonini ifodalaydi. Boshqaruv mohiyati esa boshqaruv tizimidagi olingan barcha axborotlarni qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda boshqariladigan ta’sir ko’rinishida boshqaruv obyektlariga natijaviy axborotlarni berishdan iborat. 3.5-rasmda boshqaruv obyektiga boshqariladigan ta’sir ko'rsatishni ishlab chiqish ko'rsatilgan.
Tashqi Axborot Ichki
- rasm. Boshqaruvchi ta’sir ko'rsatishni ishlab chiqish chizmasi.
Qarorlami amalga oshirish odamlar(ishlash) va mashinalar(mashina harakati) tomonidan bajariladi. Qayd etish lozimki, harakatlar boshqaruvga
110
3 - bob. Milliy iqtisodiyotdagi axborot jarayonlari
oid emas. Bu mehnat jarayonini bajarish yoki mashinalar bajaradigan harakatlardir.