Axborot narxiga ta’sir etuvchi omillar axborotlami qayta ishlash narxi va uning iste’mol sifati hisoblanadi. Axborot sifatini oshirish odatda texnik va dasturiy vositalarga qilinadigan xarajatlaming miqdorini muayyan darajada oshirishni talab etadi. Axborot uzatish tezligining oshishi, qayta ishlashda ushlanib qolish davrining kamayishi, axborot aniqligining oshishi, tizim ishi ishonchliligining ortishi, axborotdan foydalanishning qulaylashishi, axborotni qayta ishlash va umumlashtirish darajasining oshishi uning qadr-qimmatini oshiradi va tegishlicha narxi ham oshadi.
Minimal narx va maksimal qimmatga ega axborotdan foydalanish eng samarali bo‘lishi mumkin. Butun zarur axborotning minimal narxi uning hajmini qisqartirish, axborot berishning eng yaxshi shakllarini, kodlarini tanlash, axborot, dasturiy va texnik vositalami qayta ishlash texnologik jarayonlaridan samaralarini ajratib olish orqali ta’minlanadi.
Iqtisodiy axborotlar o‘z ishlab chiqarishiga vaqtning belgilangan davrdagi mehnat, moddiy va moliyaviy resurslari tarkibi va boshqaruv obyektlarining holati haqidagi ma’lumotlami oladi. Iqtisodiy axborot tabiiy, qiymatiy va boshqa ko‘rsatkichlar vositasida korxona, tashkilotlaming faoliyatini aks ettiradi.
Quyidagilar iqtisodiy axborot uchun xosdir:
katta hajmlar;
vaqtning belgilangan davrida (oy, chorak, yil va h.k.) uni olish va o‘zgartirish turkumlarining ko‘p marta takrorlanishi;
uning manbalari va iste’molchilarining xilma-xilligi;
uni ishlab chiqishda mantiqiy operatsiyalaming katta salmog‘i.
Iqtisodiy axborotlaming bu xususiyatlari hisoblash texnikasi va eng awalo kompyuterlami yig‘ish, jamlash, uzatish va ishlab chiqishda foydalanishning ilmiy-texnik zaruriyati va iqtisodiy maqsadga muvofiqligini belgilab beradi, bu, o‘z navbatida, qayta ishlanayotgan axborotlaming tuzilishi va hajmini aniqlashni talab qiladi.
Iqtisodiy axborotlaming tuzilishigacha murakkab va belgilangan mazmunlarga ega bo‘lgan axborot majmuining turli xil kombinatsiyalarini o‘zi ishlab chiqa oladi. Axborot majmui oyida obyekt, jarayon, operatsiyani ta’riflovchi ma’lumotlar guruhi tushuniladi. Tuzilish tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar, axborotlar majmuini quyidagilarga bo‘lish mumkin:
rekvizitlar;
ko‘rsatkichlar;
hujjatlar.
Obyektning belgilangan hususiyatlarini aks ettiruvchi rekvizitlar iqtisodiy axborotlaming oddiy bo‘linmaydigan birliklaridir. Rekvizit- belgilar ifodalanayotgan obyektning sifatiy xususiyatlarini (harakatning vaqti va o‘mi, ijrochining nomi, otasining nomi, nasli, ishining nomi va h.k) ta’riflaydi. Rekvizit-asoslar o‘lchovning ayrim birliklarida ifodalangan
§ 3.4. Boshqaruv tizimi faoliyatining axborot jihatlari
105
hodisalaming (so'mlarda olingan miqdor, soliqning foizlardagi stavkasi) miqdoriy ta’rifini beradi. Rekvizit-belgi va rekvizit-asoslar alohida olinganda iqtisodiy ma’noga ega bo‘lmaydi, shuning uchun faqat bir-birlari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Iqtisodiy ma’noga ega miqdoriy bog'langan rekvizit-belgi va rekvizit- asoslaming majmui ko‘rsatkichni tashkil qiladi.
Ko’rsatkichlar asosida hujjatlar tuziladi. Boshqaruv rejalashtirish va hisobga olish jarayonida fbydalanadigan hujjatlar mavjud bo’lgan axborotlar uchun javobgar shaxsni albatta ko'rsatish bilan bir yoki bir necha ko’rsatkichlami o‘z ishlab chiqarishiga oladi.
Axborot resurslari quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:
jismonan sarflanmaslik va chigalmasligi ulardan ko‘p marotaba va maqsadlarda foydalanish mumkinligi;
oqimlar hajmining doimiy ravishda o‘sib borishi;
jamiyat axborot iste’molining o’zgarishi va axborotlar bozoridagi mahsulot va xizmatlaming rivojlanishi bilan ular tarkibining o‘zgarib turishi;
axborotlar eskirib borish sur’atlarining turlicha bo‘lganligi uchun ulami aktiv va passiv qismlarga ajratishning qiyinligi. Axborotlar vaqt o‘tishi bilan eskirmaydi, balki ulaming o‘miga yangilarining paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi;
jamiyat yalpi axborot resurslarini barpo etuvchi elementlarining uzliksiz yagonaligi.
§ 3.4. BOSHQARUV TIZIMI FAOLIYATINING
AXBOROT JIHATLARI
Boshqaruv maqsadlari uchun axborotlarga yuqori ehtiyoj va axborot jarayonlarining shiddatli rivojlanishi uning infratuzilmasi, tarkibiy qismlarini yaratishni birinchi o’ringa olib chiqadi. Axborotli infratuzilma hisoblash texnikasi, kommunikatsiya vositalari, uslubiy va dasturiy ta’minlash, faoliyatning yordamchi turlarini qamrab oladi. Hisoblash texnikasi bilan jihozlanishning yetarlicha darajasini ta’minlash maqsadida hisoblash vositalari bozorining narxi arzonlashtirilmoqda va zamonaviy texnik, texnologik talablarga javob beruvchi shaxsiy kompyuterlar bilan jadal ravishda to‘ldirilmoqda. Kishilik faoliyatining tegishli sohalarida samarali ishlash uchun zarur bo’lgan ilmiy-texnik, siyosiy, iqtisodiy va har qanday axborotlar hajmining o’sishi boshqaruvda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish zarurligini keltirib chiqarmoqda. Shunga muvofiq ilmiytexnik va iqtisodiy sohalarda turli xarakterdagi avtomatlashtirilgan tizimlami ishlab chiqishga ehtiyoj o‘sadi.
106
3 - bob. Milliy iqtisodiyotdagi axborot jarayonlari
Axborot jamiyatining moddiy va texnologik negizi kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar bo‘ladi.
XX asr oxirlarida ilg'or mamlakatlarda fan va texnika rivojlanishining real amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborotlashgan jamiyat manzarasining chizgilari sekin asta namoyon bo'lmoqda. Butun dunyo makonining elektron kvartira va kottejlarida yashovchi kishilar yagona kompyuterlashgan va axborotlashgan jamiyatiga aylanishi oldindan kutilmoqda. Istalgan turar joy turli elektron uskunalar va kompyuterlashgan moslamalar bilan jihozlanadi. Odamlar faoliyati asosan axborotlami qayta ishlashga qaratiladi moddiy ishlab chiqarish va energiya ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi.
Axborotlashgan jamiyat - ko‘pchilik ishlovchilaming axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo'lmish bilimlami ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va amaliyotda foydalanish bilan band bo‘lgan jamiyatdir
Bu xom xayol emas, balki yaqin kelajakdagi muqarrar reallik ekaniga guvohlik beruvchi bir qator daliliy materiallar allaqachon e’lon qilingan. Axborotlashgan jamiyatga o‘tishda kompyuter, telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborotlami qayta ishlash yangi sanoati yuzaga kelmoqda.
Bir qator olimlar axborotlashgan jamiyatga xos xususiyatlarni quyidagicha ajratib ko‘rsatadi:
axborot inqirozi muammosi hal etiladi, ya’ni axborotlar mo‘l ko‘lligi va axborot tanqisligi o‘rtasidagi ziddiyat yechiladi;
boshqa zaxiralarga qiyoslanganda axborot ustuvorhgi ta’minlanadi;
v) rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodiyoti bo‘ladi;
g) eng yangi axborot texnika va texnologiyalari yordamida avtomatlashtirilgan generatsiya, bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish jamiyati mujassamlanadi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari inson ijtimoiy faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, yalpi xususiyat kasb etmoqda;
butun insoniyat sivilizatsiyasining axborot birligi shakllanmoqda;
j) zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning butun sivilizatsiya axborot zaxiralariga erkin kirishi amalga oshadi;
Ijobiy tomonlardan tashqari xavfli tendensiyalar ham oldindan ko‘rilgan:
ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari odamlar va tashkilotlaming xususiy hayotini buzib yuborishi mumkin;
sifatli va ishonchli axborotlami tanlash muammosi mavjudligi;
§ 3.4. Boshqaruv tizimi faoliyatining axborot jihatlari
107
ko’pgina odamlaming axborotlashgan jamiyat muhitiga moslashishi qiyin bo'ladi. «Axborot elitasi» (axborotlarni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi kishilar) va iste’molchilar orasida muammolar vujudga kelishi havfi mavjud.
Axborotlashgan jamiyat yo’liga hammadan ko‘ra ko‘proq AQSh, Shvetsiya, Finlyandiya, Yaponiya, Angliya, Germaniya kabi axborot sanoati rivojlangan mamlakatlarni kirgan deyish mumkin. Bu mamlakatlarda allaqachonlar davlat siyosati yo‘nalishlaridan biri axborot sanoatiga, kom- pyuter tizimlari va telekommunikatsiyalar rivojlanishiga investitsiyalami jalb etish va innovatsiyalami qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq.
Tashkilot boshqaruv tizimining axborot jihatlari deganda, axborot harakatlanishi va qayta shakllanish jarayoni sifatida boshqaruvni aks ettiruvchi, boshqaruv tizimining vazifaviy ish strukturasini tashkil etuvchi bloklar to’plami deb tasavvur qilish mumkin (3.4-rasm). Tizimning boshqaruv qismidagi qayta hosil bo‘lish predmeti - bu boshlang‘ich axborotdir.
Yuqori darajadagi boshqaruv bloki va tashqi muhit bloki bayon etilayotgan boshqaruv tizimiga kirmaydi va unga nisbatan ichki hisoblanadi. Shuningdek, obyektni boshqarish jarayonini ifodalovchi ichki tizimidagi axboort oqimi paydo boTadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |