Aniqlilik uning to‘g‘riligini, detallashtirish darajasini anglatadi. Axborotning aniqliligi uning barcha iste’molchilar tomonidan bir xil qabul qilinishini ta’minlaydi.
Tezkorlik vaqt o‘tgach axborot eskirishi va dolzarbliligini yo‘qo- tishini aks ettiradi.
Axborotning o‘z vaqtida qabul qilinmasligi qaror qabul qilishni kechiktiradi, oqibatda qabul qilinayotgan qarorlar o‘zgaruvchan sharoitda talabga javob bermaydi. Axborot qanchalik tezkor bo’lsa, u shunchalik qimmatli bo'ladi.
Axborotning qadrliligi aniqlik darajasi oshgani sayin yoki xabar qilinayotgan va aniq natijalar o'rtasidagi farq kamayganda tez ko‘tariladi. To’liqroq va ishonchli axborot to‘g‘ri qaromi qabul qilishni ta’minlaydi.
Axborot tizimlarining muhim afzalligi shundaki, undan foydalanilgan sari qayta ishlash vaqti kamayadi. Eng kam, o‘rtacha eng ko‘p axborot muddati borasida tushuncha bor. Eng kam muddat-hisobot davrining yarmi hamda qayta ishlashdagi ushlanib qolishga teng; o‘rtacha-qayta ishlash davrlari o‘rtasidagi yarim interval hamda qayta ishlashga ushlanib qolishga teng; eng ko‘p muddat bir interval hamda yarim hisobot davriga teng.
Axborotning qimmati ushlanib qolish vaqti oshishi bilan kamayadi, shu tufayli axborot eskiradi.
Har qanday chetlanishlarga (og'ishga) darhol ta’sirlanuvchi axborot tizimi aniq vaqt tizimida amal qiluvchi tizim deb hisoblanadi. Bu tizim malumotlami ko‘p ushlanmagan holda oladi, qayta ishlaydi va uzatadi. Shu bois ham darhol zarur choralami ko‘rish mumkin.
Axborotlami qayta ishlashda ushlanib qolish kamayganda, birinchidan, qarorlar oldinroq qabul qilinishi mumkin, ikkinchidan, uning mazmuni yaxshilaniladi.
Axborot foydali bo‘lishi uchun har bir daqiqada hal etiladigan muammo bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Faqat ishga tegishli axborotlar foydalanuvchilarga o‘z vaqtida va mazmunli qaror qabul qilish imkonini beradi. Ular esa o‘ziga zarur malumotlami izlashga ortiqcha vaqt sarf etmaydi. Agar mavjud axborot ishlab chiqilayotgan qaror bilan bog’liq bo’lmasa, u biror qiymatga ega bo’lmaydi. Foydalanuvchining axborot yoki ishning qandaydir qismini bilishi (yoki bilmasligi) ham axborot qiymatining muhim omilidir.
Shunday qilib, axborotning qiymati faqat uning miqdori bilangina belgilanmaydi. Axborot birligining qiymati yoki murakkabliligi darajasiga qarab baholash ham muhim.
Axborot tizimlarini yaratish borasida amaliyotdagi saqlangan axborot miqdori hisobga olinadi, shu bois ham axborot hajmini hujjatlar soni, shakli, satrlar soni, belgilari, ramzlari, yozuvlar, signallar, xabarlar miqdori bilan belgilanadi.
104
3 - bob. Milliy iqtisodiyotdagi axborot jarayonlari
Do'stlaringiz bilan baham: |