Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Boshqaruv qarori muqobil variantlarini qiyoslashni ta’minlashning asosiy qoidalari



Download 3,04 Mb.
bet39/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Boshqaruv qarori muqobil variantlarini qiyoslashni ta’minlashning asosiy qoidalari:

  1. muqobil variantlaming soni uchtadan kam bo‘lmasligi kerak;

  2. qarorlaming zaminiy variant sifatida vaqt bo‘yicha eng yangi varianti qo‘llaniladi. Boshqa muqobil variantlar zaminiga tuzatuvchi koeffitsiyentlar yordamida keltiriladi;

  3. muqobil variantlami shakllantirish boshqaruv qarorlarining yuqori sifati va samaradorligini ta’minlash shartlari asosida amalga oshiriladi;

  4. vaqtni qisqartirish, qaror sifatini oshirish, xarajatlami kamaytirish uchun qaror qabul qilish jarayonida kodlashtirish usullari hamda axborotlar bilan ta’minlashning zamonaviy texnik vositalarini keng qo'llash tavsiya etiladi.

Har bir aniq holda boshqaruv qarorlarining muqobil variantlari barcha omillar bo‘yicha farqlanmasligi mumkin. Qaror qabul qiluvchi, ishlab chiquvchi mutaxassis, menejer yoki shaxsning vazifasi eng ko‘p miqdordagi omillar bo’yicha solishtirishni ta’minlash maqsadida aniq vaziyatlaming kompleks tahlilini o‘tkazishdan iboratdir. Hisobga olingan omillar qanchalik kam bo‘lsa, sarmoyalar samaradorligi bashoratining aniqligi ham shunchalik kam bo‘ladi.
§ 2.3. IQTISODIY TIZIM — IQTISODIY
K1BERNE T1KAN1NG OBYEKTI SIFATIDA

Yangi asrda informatika va axborot texnologiyalari fanining gullab- yashnab borishi bilan birgalikda kibemetika fanining ham keng rivojlanishi va amaliyotda qo‘llash muammosi sezilib qolmoqda. Chunki, ushbu fanning deyarli barcha sohalari iqtisodiy kibernetikaning matematik usullari va metodlariga tayangan holda tarkib topgandir.
O‘tgan asming 60-yillarida V.S.Nemchinov, I.P.Fedorenko, V.V.Novojilov, A.L.Lure asarlari tufayli ilmiy yo’nalish sifatida vujudga kelgan kibemetika milliy iqtisodiyotning tizimli tahlili, iqtisodiy-matematik modellashtirish, informatika bo‘yicha tadqiqotlami kengaytirishga imkon berdi. Iqtisodiy kibemetika tamoyillar va usullari orqali jamiyat uchun kerakli moddiy boyliklami ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste’mol qilishni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonlarini tadqiq etish yo‘li bilan rivojlandi. Bunday tizim murakkab ierarxik tashkiliy tizim sifatida ko‘rib chiqiladi, uning uchun boshqaruv jarayonlarida maqsad sari rivojlanish ta’minlanadi. Boshqaruvning shakli ijtimoiy-iqtisodiy tizimning tabiati




§ 2.3.1qtisodiy tizim — iqtisodiy kibernetikaning obyekti sifatida


65


bilan belgilanganligi sababli, nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy kibernetika haqida ham gapirish mumkin.
Iqtisodiy kibernetika moddiy va axborotli o‘zgarishlami va ijtimoiy ishlab chiqarishning siyosiy-iqtisodiy tahliliga suyangan holda iqtisodiy tizimdagi aloqalami ko‘rib chiqadi, ya’ni iqtisodiyot, eng avvalo, jarayonlaming mohiyatini tadqiq qilsa, unda iqtisodiy kibernetika ko‘proq xo‘jalik rivojlanishining jarayonlari shakllarini ko'rib chiqadi.
Ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar bir-biridan ajralmas bo‘lgani uchun, milliy iqtisodiyotni kengroq ijtimoiy-iqtisodiy tizimning tizimchasi deb hisoblash mumkin.
Iqtisodiyot ishlab chiqarish, tabiiy, mehnat resurslari, texnologik usullar va ilmiy bilimlaming majmui bilan o'zaro yaqindan hamkorlikda boTadi. Tizimning rivojlanish maqsadlari ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. Bu jamiyat a’zolari ehtiyojlarini to‘laroq qondirishdir. SHu bilan birga, ushbu ehtiyojlaming qondirish vositalarini iqtisodiy tizim ta’minlaydi. Iqtisodiyot xodimlar malakasi, kasbiy ko‘nikmalari oldiga belgilangan talablami qo'yadi, aholi turli guruhlari iste’molning tuzilishi va darajasini o‘zgartirish bilan ijtimoiy hayotning ijtimoiy jihatlari o‘zgaradi. Ilmiy tahlil faqat tizim elementlarining ijtimoiy mazmunini belgilovchi omillaming butun majmuining o‘ziga xosligi tadqiq qilingandan keyin har qanday tashkiliy tuzilma, korxona, soha, mintaqa yoki milliy iqtisodiyot darajasidagina amalga oshishi mumkin.
Milliy iqtisodiyotnnng boshqarish mexanizmlarini o‘rganishda kibernetikaning umumiy aloqalariga muvofiq tizimni ichki tashkil qilinishining qonunlarini, uning tashqi omillar bilan o‘zaro hamkorligini ko‘rib chiqish, bu qonunlami jamiyatning maqsadlaridan kelib chiqqan holda shakllantirish va iqtisodiy jarayonlami boshqarish kerak.
Shuni nazarda tutish kerakki, katta iqtisodiy tizim boshqa tizimlardan, masalan biologik yoki texnik tizimlardan sifat jihatdan farq qiladi, shu bois ham iqtisodiy rivojlanishning umumiy qonunlaridan kelib chiquvchi, jarayonlami boshqarishni tashkil qilish tizimlarining xususiyatlarini hisobga oluvchi yangi usullar kerak.
Iqtisodiy tizimlar rivojlanishining strategiyasi to‘ liq bo'lmagan axborotlar sharoitlarida tanlab olinadi. Milliy iqtisodiyot maqsadlarini belgilashda turli xildagi guruhlar, jamoalar va alohida mehnatkashlar manfaatlarini uygunlashtirish, ulami ilmiy-texnik va ijtimoiy taraqqiyotning zamonaviy bosqichini hisobga olish bilan shakllantirishga to‘g‘ri keladi.
Boshqaruv usullarini takomillashtirish yo'nalishlarining har birida xo‘jalik idoralari va xizmatchilaming faoliyatini sifatlash ko'zda tutiladi.
Faoliyatning asosiy maqsadi — rivojlanishning maqsadlarini resurslar bilan bog‘lashdir. Mahsulot ishlab chiqarishning texnologik usullari, xom ashyolaming manbalari, uskunalaming turlarini to'liq hisobga olish bilan bir




66


2 - bob. AKTning boshqaruv tizimida tutgan o‘mi


qatorda xo‘jalik rivojlanishining maqsadlarini to‘g‘ri tanlash ta’minlanadi, ijtimoiy ehtiyojlami qondirish darajasi hisoblab ko‘riladi. Shuni hisobga olgan holda rejalashtirish omillarini ikki guruh: ishlab chiqarish-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiyotga bo ‘lish mumkin.
Fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish ishlab chiqarish va infratuzilmada chuqur sifatiy o'zgarishlarga olib keladi; ishlab chiqarishning ko'lamliligi o‘sadi; uning jamlanishi, ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi kuchayadi; nisbatan yuqori navli mahsulotlami katta ko‘lamlarda ishlab chiqarish uchun uskuna va inshootlarga sarmoya kiritish hajmi o‘sadi. Bunday sharoitlarda resurslar sarflash yo'nalishlarini to‘g‘ri tanlash kerak, chunki bu sohada yo‘l qo‘yilgan xatolami ko‘p yillar tuzatish mumkin.
Ma’lumki, xo‘jalik jarayonlari ma’lum bir ma’noda sust kechadi. Biroq ishlab chiqarish fondlarining katta qismini mahsulotlaming bir turini ishlab chiqarishdan boshqasiga tezkor o‘tkazish mumkin emas. Bundan tashqari, qilingan xarajatlar va iqtisodiy samara olish muddatlari o'rtasidagi kechikib qolishlik vaqt o'tishi bilan ko'payadi. Shu bilan birga fan yutuqlarining tarqalishi mahsulotlaming yangi turlarini ishlab chiqarish va texnologiya- lami o‘zgartirishga olib keladi, bu esa, o‘z navbatida amaldagi uskunalaming ma’naviy eskirishiga ko‘maklashadi.
Tizimlaming kirish va chiqishlarini kuzatish yo‘li bilan texnologik axborotlar va ekspert baholarini jalb qilish bilan olinadigan Statistik ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish vazifalarini ko‘rish juda muhimdir.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish