1-majmua. Vazifaning tashkiliy-iqtisodiy mohiyati. Ushbu maj- muada vazifaning belgilanishi, uning maqsadlari, davriyligi va bajarilish muddatlarini aniqlash bo'yicha operatsiyalar amalga oshiriladi. Bu majmuada obyekt bo'linmalarining axborotli o'zaro bog‘liqligi aks ettiriladi va bunda vazifa hal qilinadigan bo'linmalaming tashqi va ichki aloqalariga
490
15 - bob. Iqtisodiy axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish asoslari
alohida ahamiyat beriladi. So‘ngra kiruvchi va chiquvchi axborotlaming axborotli o‘zaro aloqalari ochib beriladi.
Vazifaning belgilanishi uni qo'llash sohasini aniqlab beradiki, bu axborot jarayonlarini avtomatlashtirilishini amalga oshiruvchi obyektni aniqlab berishni o‘zida aks ettiradi. Qo‘rib chiqilayotgan misolda vazifa supermarket turidagi savdo korxonasi uchun mo‘ljallangan.
Maqsad vazifa qo‘yilishi va uning texnik, dasturiy vositalar yordamida keyinchalik amalga oshirish natijasida olinishi kutilayotgan natijalaming aniq, biroq etarlicha umumiy bayon qilinishini ifodalaydi. Ko'rib chiqilayotgan vazifaning maqsadi — samarali savdo qilish va tovarlaming yangi partiyasini xarid qilishga nisbatan qarorlar qabul qilish uchun axborotlami o‘z vaqtida olishdan iborat.
Vazifaning davriyligi va hal qilish muddatlari boshqaruv xodimining axborotlarga ehtiyojini tez-tez qaytarilishini aniqlab beradi (masalan, yiliga, har oyda bir marta — zaruriyatga ko‘ra). Bunda sana (kun, oy, yil) va kun vaqti (masalan, har kuni — soat nechaligi) kelishib olinadi. Ushbu vazifa aniq vaqtda hal qilinadi, unda ma’lumotlar bazasiga kerak bo‘lganda kirish ta’minlanadi. Ushbu iqtisodiy obyekt bo‘linmalarining axborotli o‘zaro aloqalari obyektni, o‘zaro bog'langan bo‘linmalar tarkibini va ushbu vazifaning hal qilinishi, faoliyat yuritishi uchun zarur bo'ladigan bo‘linma o‘mini aniqlashga imkon beradi. Supermarket bo‘linmalarining axborotli o‘zaro aloqalarining aks ettirilishi (xususan, sotish bo‘limi) misoli 15.7-rasmda keltirilgan.
15.7-rasm. Supermarket bo'limlarining axborot aloqalari.
Bo‘linmaning ichki va tashqi axborotli aloqalarini o‘rganishda uning tuzilishi ochib beriladi, ushbu bo'linmaning kirishi va chiqishida kelib chiquvchi aniq axborot ko‘rsatiladi. Bo'linma tashqi va ichki axborotli aloqalari aks ettirilishining misoli 15.8 - rasmda berilgan.
15.8 - rastn. Sotish bo'limining ichki va tashqi axborotli aloqalari.
Bu majmuadagi yakunlovchi operatsiya kiruvchi va chiquvchi axborotlarning axborotli o'zaro aloqalarini aks ettiradi. Operatsiya axborotlarini detallashtirish va umumlashtirish darajasiga e’tibomi qaratish zarur. Axborotlar o'zaro aloqalarining misoli 15.9-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |