Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Axborot jarayonlarini tahlil qilish va modellashtirish



Download 3,04 Mb.
bet291/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Axborot jarayonlarini tahlil qilish va modellashtirish har bir holatda natija, ma’lumotlami ishlab chiqish va kiritish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash va taqdim etish uchun mo‘ljallangan. Undan, shuningdek, boshqaruv xodimlari, mutaxassislar, texnik xodimlaming ish joylari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘rtasidagi axborotli aloqalami tahlil qilish va shakllantirish uchun ham foydalaniladi. Ushbu maqsadda kiruvchi va chiquvchi axborot hamda bir ish joyiga qo‘llangan holda algoritmlami ishlab chiqishning algoritmi ham ta’riflanadi. Ma’lumotlami ishlab chiqish va uzatishning ko‘p sonli zanjirchalarini topish va izchil birlashtirish yo‘li bilan murakkab axborot jarayonlari shakllantiriladi va ayrim foydalanuvchilaming axborotlarga ehtiyojlari hisobga olinadi.
Haqiqiy va berilgan holatlami grafik taqdim etish usullari blok-chizmalar, hujjatlami o‘tish grafiklari shaklidagi axborotlardan ishlab chiqish jarayonlarini qo‘rgazmali taqdim etish uchun foydalanishni ko‘zda tutadi. Grafik usullar istalgan loyihaning tarkibiy qismi bo‘ladi va amaliy ish uchun zarurdir, chunki yangi texnologiyalami tatbiq etilishini bayon qilishda yordamchi vosita rolini bajaradi. Ular ichida eng ahamiyatli blok-chizmali usul, o‘q- yoyli diagrammalar, tarmoqli grafiklar, jarayonlami o'tishi operatsiyalarining izchilligi jadvallari usullari kiradi. Usullaming farqlari ulami ShKda amalga oshirilishi darajasi, ko‘rgazmaliliga, aks ettirilayotgan jarayonlarning chuqurligida o‘z aksini topadi.
Agar loyihalashtirishdan avvalgi pallada loyihalashtirish obyektining xususiyatlarini batafsil amalga oshirilishi, AAT va AATex yaratishga talablarnmg texnik vazifalari aniq shakllanishi zarur bo’lsa, unda loyihalashtirish quyidagi savolga javob berishi kerak: «Tizim uning oldiga qo‘yilgan talablarga qanday javob bera oladi?» Ushbu pallaning vazifasi tizimning yangi tuzilishi va uning taklif qilingan texnologik platformada faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan mantiqiy o‘zaro bog‘liq elementlarini shakllantirishdan iboratdir. Loyihalashtirish tizimining mantiqiy modeli uning oldiga qo‘yilgan, qat’iy shakllantirilgan maqsadlar bilan bir qatorda jismoniy tizimning ushbu talablarini qanoatlantiruvchi xususiyatlarini yozishning iteratsion jarayonlarini amalga oshiradi. Odatda loyihalashtirish pallasi ikki bosqichga bo‘linadi:

  1. Loyihaviy qarorlami yaratish, AATning tarkibiy qismlari tuzilishi va interfeyslarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oluvchi arxitekturasini loyiha­lashtirish, vazifalar loyihalashtirishning tarkibiy qismlari, usullari va andozalariga texnik talablami moslashtirish, hisobot hujjatlarini ishlab chiqish.

  2. Har bir tarkibiy qismning xususiyatlari, eng avvalo, dasturiy vositalar, tarkibiy qismlar o‘rtasidagi interfeyslami yaratish va bog‘lash, tarkibiy qismlami integratsiyalash rejasini ishlab chiqishni, keng yo’riqnomali materiallami shakllantirishni o‘z ichiga oluvchi batafsil loyihalashtirish.




§ 15.4. Loyihalashtirish ishlarini olib borishning mazmuni va usullari


485


Loyihalashtirish bosqichlarini o‘tkazish natijasida tizimning ajratilgan resurslari va vaqtning budjeti doirasida tizimni amalga oshirish uchun yetarlicha axborotlarga ega loyihasi olinishi kerak.
AAT va AATex loyihasini ishlab chiqishda ishlab chiquvchilar va buyurtmachilar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti, kooperatsiya va muloqot ta’min- lanadi. Loyihalashtirishning darajasi oshib borgani sari loyiha qarorlarini qabul qilish uchun javobgarlik ham bir necha marta oshadi. Loyihaning sifatli bajarilishini ta’minlash uchun tizimni ishlab chiqish bosqichlari loyihalashtirish ishlarini olib borish ishlarini tashkil qilish jarayonlari bilan bog‘lanadi, u quyidagilami o‘z ichiga oladi: vazifani qo‘yishdan maqsadlar; vazifalar va tashkiliy tamoyillami ishlab chiqish; loyiha tamoyillari va AAT va AATexning variantini ishlab chiqishdagi asosiy loyiha qarorlarini shakllantirish; dasturli tayyorlash va sozlashda loyihalashtirish ishlarini moddiy-texnik amalga oshirish; AAT va AATex loyihasidan sinovli foydalanishdagi va topshirishda tashkiliy qarorlami sinab ko‘rish; AAT va AATexdan foydalanishda loyihaviy va tashkiliy qarorlardan foydalanish.
Loyihalashtirish ishlarini tashkil qilish va olib borish jarayonlarining bosqichlari yangi loyiha qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning asosiy yo‘lini o‘z ichiga oladi. Bu namunaviy loyihalashtirish tamoyiliga mehnat vositalaridan foydalanishning turli xildagi shakllari, shu jumladan, ShKni qo‘llash va loyihalashtirishni avtomatlashtirish, foydalanish jihatidan tashkil qilish uchun yaroqlidir. Bunda aniq holda hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolaming xarakteri hisobga olinmaydi. Loyihalashtirishni tashkil qilishning namunaviy tamoyili asosida har bir bosqich qaytarilayotgan ishchi operatsiyalariga muvofiq ravishda aniqlanishi mumkin. So‘ngra AAT va AATexning har bir loyihasi uchun bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar tanlab olinadi va jadvalli rejaga jamlanadi. Hal qilinayotgan muammolaming xarakteri va murakkabligiga ko‘ra belgilangan bosqichlami ko‘p martalab bajarish zaruriyati vujudga kelishi mumkin. Ishchi bosqichlar doirasida ayrim bajaruvchilarga loyiha vazifalari pallalari va dasturlarini ishlab chiqish uchun javobgarlikni topshirish ham ko‘zda tutiladi.
Loyihalashtirishni tashkil qilish jarayonlarida ishni bajarilish dinamikasi va sifatiga ta’sir etuvchi turli xil qarorlar qabul qilinadi. Shu bois ham loyihalashtirishning har bir bosqichi uchun quyidagilar belgilanadi: kutilgan natijalar va hujjatlar, rahbariyat shaxsiy vazifalari, rahbariyat tomonidan qabul qilinadigan qarorlar; AAT va AATexning buyurtmachisi va ishlab chiqaruvchisining vazifalari.
Xodimlami tanlash, o‘qitish, zarur bo'lsa, bo‘shatish va joyini o‘zgartirish hamda investitsion tadbirlari va boshqa ishlami tayyorlash, amalga oshirishda parallel bajariladigan ishlami muvofiqlashtirish, albatta, ishchi bosqichlar majmuiga kiritiladi, loyiha hamda ijro hujjatlarida o‘z aksini topadi.
Ijro hujjatlari ayrim jarayonlar sohalariga tegishli va barcha loyihalashtirilayotgan AATex doirasida ishlab chiqiladi. Hujjatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: ishchi jarayonlaming tashkiliy yo‘riqnomalari, ish joylari




486


15 - bob. Iqtisodiy axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish asoslari


uchun dasturlar, hujjatlami rasmiylashtirish bo'yicha yo‘riqnomalar, axborotlar, usullar, qarorlar jadvallaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar.
Hozirgi sharoitlarda AAT va AATex hamda AU qoidalariga ko‘ra, bo‘sh joyda hech bir narsa yaratilmaydi. Milliy iqtisodiyotda amalda boshqaruvning barcha bosqichlarida va barcha iqtisodiy obyektlarda — hududiy boshqarish idoralari, moliya-kredit tashkilotlari, korxonalar, firmalardan tortib to savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlarigacha — axborotlarning avtomatlashtirilgan ishlab chiqish tizimlari faoliyat yuritadi. Biroq bozor munosabatlariga o‘tish, shu munosabat bilan o‘z vaqtida, sifatli va tezkor axborotlarga ehtiyojlar o‘sishi va ulaming boshqaruv jarayonlaridagi eng muhim resurs sifatida baholanishi, hamda ilmiy-texnik taraqqiyotining so‘nggi yutuqlami milliy iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini qayta qurish, yangi texnik va texnologik bazalar asosida AAT va AATexni yaratish zaruriyatini keltirib chiqmoqda. So‘nggi yangi texnik va texnologik sharoitlar — zamonaviy AATexna — bozor sharoitlarida shunchalik zarur bo‘lgan iqtisodiy obyektning boshqaruv faoliyatini tashkil qilishga «reinjiniring» nomini olgan muhandislik faoliyati sifatida tubdan yangicha yondashishni amalga oshirishga imkon beradi.
«Reinjiniring» atamasi M. Xammer tomonidan kiritilgan, u AATex bazasida firmalar, kompaniyalar, korxonalar, tashkilotlaming qiymatli ko‘rsatkichlari, sifati, servis xizmati, rivojlanishlari sur’atlarini keskin, tezkor yaxshilanishiga erishish uchun ish jarayondarini (biznes-jarayonlarni) tubdan qayta loyihalashtirishni ko‘zda tutadi. Reinjiniring eng avvalo iqtisodiy obyektning iqtisodiy faoliyatini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida qayta qurishni ko‘zda tutadi. Shuning bilan bir vaqtda AAT va AATex, ulaming texnik, dasturiy, axborot ta’minlanishini reinjiniringga tortiladi, ulami qayta loyihalashtirilishi qaytadan ko‘rib chiqilayotgan dastlabki tizimning yangidan yaratilayotgan abstrakt modeli asosida olib boriladi.
Loyihalashtirishning ratsional yoTlarini izlash quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi: amaliy dasturlar paketi (ADP)da qayd etilgan namunaviy loyiha qarorlarini ishlab chiqish, iqtisodiy vazifalaming ADPni loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlarini tatbiq etilishi va faoliyat yuritilishi, ishlab chiqilishining aniq sharoitlariga bundan keyingi bog'lash bilan hal qilish. Yo‘llardan birinchisini, ya’ni amaliy dasturlar paketlariga kiritilgan namunaviy loyiha qarorlaridan foydalanishning imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz.
Faoliyatning quyidagi turlari eng samarali axborotlashuvi mumkin: buxgalteriya hisobi, iqtisodiy faoliyatning ma’lumotnomali va axborotli ta’minlanishi, rahbar mehnatini tashkil qilish, hujjatlaming aylanishi, iqtisodiy va moliyaviy faoliyat, o‘qitish. Raqobat sharoitlarida biznesdagi strategiya axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi strategiyasi bilan birga birlashuvchi korxonalar yotadilar. Shu sababli turli xildagi yetkazib beruvchi laming AAT vazifalarini eng yaxshi tartibda qondiruvchi paketlaming ba’zi majmualarini ajratib olish yagona paketni tanlash variantiga haqiqiy muqobil bo‘ladi. Bunday yondashish dasturiy vositalami tatbiq etish va




§ 15.4. Loyihalashtirish ishlarini olib borishning mazmuni va usullari


487


bog‘lashda vujudga keladigan ba’zi bir muammolami «yumshatadi», AATex esa muammo sohaning aniq yakka tartibligi vazifalariga ko‘proq mos keladi.
Keyingi vaqtlarda borgan sari ko‘p sonli banklar, tashkilotlar, korxonalar tayyor amaliy paketlar va texnologiyalami xarid qilishni afzal ko‘rmoqda, ular agar zarur bo'lsa, o'zlarining dasturiy ta’minlanishini qo'radi, chunki shaxsiy AAT va AATexni ishlab chiqish yuqori xarajatlar va xavf-xatarlar bilan bog‘liq. Ushbu tendensiya shunga olib kelmoqdaki, tizimlami yetkazib beruvchilar bozorga chiqishning avvallari mavjud bo‘lgan usullarini o‘zgartiradilar. Qoidaga ko‘ra, endi bazaviy tizim ishlab chiqiladi va taklif qilinadi, u yakka tartibdagi mijozlaming istaklariga ko‘ra moslashtiriladi. Bunda foydalanuvchiga tizimlar va texnologiyalami taqdim etish muddatlarini qisqartirishga, ulardan samaraliroq foydalanishga, xodimlaming malakalarini oshirishga yordam beruvchi maslahatlar beriladi.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish