Operatsiyalar bo‘yicha — avtomatik tartibda amalga oshiriladigan texnologik, mantiqiy va arifmetik operatsiyalaming yig‘indisi sifatida.
Aniq muammo sohaning haqiqiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda AATexga asosiy talablar shakllanadi. Ulaming zamonaviy AATexlarga xos bo'lgan eng umumiylarini sanab o‘tamiz:
a) ma’lumotlami jamlash va ishlab chiqish tadbirlarini loyihalashtirishda tizimiylik tamoyiliga rioya qilish. Bunday tamoyil axborot oqimlarini boshqaruv obyektiga nisbatan tashqi va ichkilarga bo‘linishini, unda boTib o‘tadigan jarayonlaming tarkibiy-dinamik xususiyatlarini hisobga olishni, atrof muhit bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va teskari modellashtirishni ko‘zda tutadi;
478
15 - bob. Iqtisodiy axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish asoslari
b) vazifalaming qabul qilingan dekompozitsiyalanishi va boshqaruv vazifalari taqsimlanishiga muvofiq ma’lumotlami yig'ish va dastlabki ishlab chiqishda markazlashtirilmagan vositalardan foydalanish, bunda tizimga ko‘p vazifali rejimda faoliyat yuritishga imkon beruvchi «mijoz-server» texnologiyasi yordamida erishiladi;
v) boshqaruvning mavjud boTish davrining butun bosqichlarini qamrab olish: maqsadni faraz qilish, qabul qilingan qarorlaming muqobillarini ishlab chiqish, boshqaruv strategiyasining eng oqilona variantini tanlash, qarorlar bajarilishining monitoringi va nazorati;
g) butun tizimning moslashishga qobiliyati va AATexning bozor muhiti o’zgarishlariga egiluvchan moslashishi, apparatli va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanishning turli xil tartiblariga tez ulanishining imkoniyatlari;
AATex boshqaruv obyektining yagona axborot modelini ishlab chiqish va natijalami kiritishning zaruriy tadbirlari bilan birga amalga oshirishga yo‘naltirish;
AATexdan foydalanishning muloqotli (dialogli) va rejali (haqiqiy vaqt ko‘lamida) rejimidan foydalanish hisobiga barcha darajalarda qarorlar qabul qilish jarayonlari bilan axborotlami qayta ishlab chiqish va berish jarayonlarini sinxronlashtirish;
j) mutaxassisning ShK. bilan muloqoti, elektron izohlar, mashina arxivlar va kutubxonalar, ma’lumotlar massivlariga masofadan kirish uchun qog‘ozsiz hujjat aylanishidan, tabiiy, kasbiy tildan foydalanish;
z) axborotlaming katta hajmlarini tartibga solingan va ixtiyoriy rejimlarda ishlab chiqishning imkoniyati hamda ma’lumotlaming boshqaruv ierarxiyasiga muvofiq integratsiyalashuvi;
i) ekspertli qo‘llab-quvvatlashning mavjudligi, axborotlaming toTiq emasligini hisobga olish, bashoratli ma’lumotlami olish imkoniyati.
AATexning aytib o'tilgan imkoniyatlari zamonaviy yuqori rivojlangan apparatli dasturiy majmualami qo‘llash bilan ta’minlanadi va tizimni ishlab chiquvchilar tomonidan loyihalashtirish jarayonlarida shakllantiriladi. Bunday foydalanuvchi — ishlab chiqaruvchilar kasb egalari sinfiga kiritiladi. Ular uchun AATex yaratishni osonlashtiruvchi ko'pgina texnikaviy vositalar mavjud.
Nihoyat, uchinchi sinfga odatdagi yakka tartibdagi foydalanuvchilar kiradi, ular ko‘plab kompyuterlar bilan turli xil keng ommaga mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar yordamida soddalashtirilgan tabiiy tilda muloqot qiladi.
§ 15.4. LOYIHALASHTIRISH ISHLARINI OLIB
BORISHNING MAZMUNI VA USULLARI
Iqtisodiy avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalarini yaratishni ikki variant bo‘yicha amalga oshirish mumkin. Birinchi variant shuni ko‘zda tutadiki, ushbu ish bilan aniq yo‘nalishdagi (sanoatda, banklarda, buxgalteriya hisobi, aniq bank operatsiyalarini avtomatlashtirish va h. k.) dasturiy mahsulotlami tayyorlash, ulami sotish va yetkazib berilgan dasturiy
§ 15.4. Loyihalashtirish ishlarini olib borishning mazmuni va usullari
479
vositalar, tizimlardan foydalanuvchi tashkilotlarga ulami taqdim etishning kasbiy tajribasiga ega ixtisoslashtirilgan firmalar shug'ullanadi. Agar AAT va AATex ikkinchi variant bo‘yicha yaratilsa, loyihalashtirish bilan yangi texnik vositalardan foydalanishga o‘tish amalga oshirilayotgan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tizimlari yaratilayotgan korxona va tashkilotlaming shtatida bo‘lgan loyihalashtiruvchi-dasturchilar shug‘ul- lanadi. Hozirgi vaqtda loyihalashtirish ishlarini o‘tkazishda ikki eng zid fikrlar uchraydi. Birinchi holda hujjatlar tayyorlashning andozalariga qat’iy rioya qilinadi, tizim yaratilishi esa hayotga to‘g‘ri kelmaydi va u yashashga qobiliyatsiz bo‘lib qoladi. Boshqa holda ishlab chiqaruvchilaming ayrim vazifalar yechimini avtomatlashtirish uchun dastur yaratishni uddalashi, ularga yakuniy foydalanuvchi tomonidan ishlanmalardan foydalanish jarayonlarini to'xtovsiz ta’minlashga imkon beradi, tizim ishlay boshlaydi, ammo hujjatlarni yaratish orqada qoladi va natijada foydalanish uchun ko‘p mehnat sarflanadigan buyum olinadi, uni o‘zlashtirish esa ko‘proq ishlab chiquvchi mutaxassislarga bog‘liq bo‘ladi. Bu ziddiyatlar loyihalash intizomiga rioya qilinganda bartaraf etilishi mumkin.
Axborot tizimlarini yaratishning asosiy bosqichlari quyidagi umumlash- tirilgan 15.2-jadvalda keltirilgan. Ushbujadvaldan ko‘rinib turibdiki, axborot tizimlarini loyihalashtirish va ishlab chiqishda ulardan kimlar foydalanishi, faoliyat ko'rsatish muhiti, loyihalashtirish usullari va ishlab chiqish texnologiyalari bilan izohlanadi. Axborot tizimlarini ishlab chiqqandan keyin ulardan kundalik faoliyatda, kichik biznes, o‘rta biznes, yirik biznes, juda yirik biznes va hukumat tashkilotlarida keng qo‘llanilishi mumkindir. Faoliyat ko‘rsatish muhiti bo‘yicha qarasak, ular tarmoqli taqsimlangan, mijoz-server, fayl-server, xost-terminal va monopol holda bo‘ladi. Ulami loyihalashtirishda individual, namunaviy va avtomatlashtirilgan usullardan keng foydalaniladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlar ish joylari va texnologiyalami ishlab chiqish jarayonlarida loyihachilar bir qator o‘zaro bog‘liq muammolarga duch keladilar:
loyihachiga buyurtmachi (foydalanuvchi) tomonidan yangi tizimga yoki texnologiyaga shakllantirilgan talablami baholash uchun to‘liq axborotlami olish mumkin;
buyurtmachi ko‘pincha u yoki bu innovatsiyalami amalga oshirishning imkoniyatlari haqida fikr yuritish uchun yangi texnik muhitda ma’lumotlar ishlab chiqishni avtomatlashtirish muammolari haqida yetarlicha bilimlarga ega bo‘lmaydi. Ayni paytda, loyihachi muammoviy soha haqidagi g‘oyada ko‘p miqdordagi batafsil ma’lumotlarga duch keladi, bu axborotli jarayonlar xizmatli vazifalar hal qilinishi, yangi shartlarda amalga oshirilishini modellashtirish va ma’qullangan holda bayon qilish qiyinchiliklarini kel- tirib chiqaradi;
3) loyihalashtirilayotgan tizimning xususiyati katta va texnik terminallari tufayli ko‘pincha buyurtmachiga tushunarsiz bo'lishi, uni g'oyatda
480
15 - bob. Iqtisodiy axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish asoslari
soddalashtirish esa tizimni yaratayotgan mutaxassislami qanoatlantirmasligi mumkin.
Ma’lum tahliliy usullar yordamida sanab o'tilgan usullaming ba’zi birlarini hal qilish mumkin, ammo faqat zamonaviy tarkibiy usullar radikal yechimlami beradi, ulaming orasida tarkibiy tahlil uslubiyati markaziy o‘rinni egallaydi.
- jadval
Axborot tizimlarini yaratishning asosiy bosqichlarining
umumlashtirilgan tavsifiy jihatlari
Yillar
|
1940 y.
|
1950 y.
|
1960 y.
|
1970 y.
|
1980 y.
|
1990 y.
|
2000 y.
|
Axborot tizimlari soni
|
- 101
|
~ 102
|
- 103
|
- IO4
|
~ 105
|
~ 106
|
- 107
|
- 108
|
Axborot tizim- laridan foy- dalanuvchilar
|
Hukumat tashki lotlari
|
|
Juda yirik biznes
|
|
|
Yirik biznes
|
|
|
|
0‘rta biznes
|
|
|
|
|
Kichik biznes
|
|
|
|
|
|
Kundalik faoliyat
|
Axborot tizim- larining foliyat ko'rsatish muhiti
|
Monöpol
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Xost-terminal
|
|
|
|
|
|
|
|
Fayl-server
|
|
|
|
|
|
|
Klient-server
|
|
|
|
|
|
|
|
tarmoqli taqsim- langan
|
Loyihalashtirish usullari
|
Induvidual
|
|
|
|
Namunaviy
|
|
|
|
|
Avtomatlashtiril
|
’an
|
Ishlab chiqish texnologiyalari
|
Kodlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Assembler
|
|
|
|
|
|
Yuqori darajadagi tillar
|
|
|
|
|
|
|
Tarkiblashtirilgan dasturlash
|
|
|
|
|
|
|
Obyektga- yo‘naltirilgan
|
|
Tarkibiy tahlil deb tizim tadqiqining shunday usuliga aytiladiki, u awal umumiy ko‘rib chiqishdan boshlanadi, keyin darajalaming borgan sari kattaroq soniga ega bo‘lgan ierarxik tuzilmani tashkil qilib, batafsil tekshiriladi. Tarkibiy tahlil tizimni abstraksiya darajasida, darajalaming har birida cheklangan sonli elementlar bilan bo‘linishini ko‘zda tutadi. Har bir darajada faqat tizim uchun muhim bo‘lgan detallar ajratiladi. Ma’lumotlar ular ustidan bajarilayotgan operatsiyalar bilan majmua holida ko‘rib chiqiladi. Axborotlar elementlarini yozish, tizimning xususiyatini tuzish va yakuniy natijaga izchillik bilan yaqinlashishning qat’iy rasmiy qoidalaridan foydalaniladi.
§ 15.4. Loyihalashtirish ishlarini olib borishning mazmuni va usullari
481
Tarkibiy tahlilning uslubiyati bir qator umumiy tamoyillarga asoslanadi, ulardan bir qismi yaratilayotgan axborot tizimlarining mavjud bo‘lishlik davri boshlang'ich bosqichlarida ishni tashkil qilishni tartibga soladi, bir qismidan esa ishni tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalami ishlab chiqishda foydalaniladi. Ikki asosiy tamoyillar sifatida dekompozitsiya tamoyilidan va ierarxik tartibga solish tamoyilidan foydalaniladi. Birinchi tamoyil xizmatli vazifalar majmuasini tartibga keltirishning qiyin muammolarini, ulami ko'pgina kichikroq, tushunish va yechish osonroq mustaqil vazifalarga bo‘lish bilan hal qilishni ko‘zda tutadi. Ikkinchi tamoyilda shu narsa ko‘zda tutiladiki, bu qismlar tuzilishi ham ulaming batafsil shakllantirilgan bayonida tushunish uchun muhimdir.
Loyihalashdan oldingi tadqiq etish pallasida foydalaniladigan usullar obyekt (texnologiyalar)ning haqiqiy holatini o‘rganish va tahlil qilish, berilgan holatni shakllantirish, haqiqiy va berilgan holatni grafik taqdim etish usullariga bo‘linadi. Bu 15.6 - rasmda keltirilgan.
Iqtisodiy obyekt yoki texnologiyaning haqiqiy holatini o‘rganish va tahlil qilish usullari tadqiq qilinayotgan jarayonlardagi torjoylami aniqlashga imkon beradi va quyidagilami o‘z ichiga oladi:
og‘zaki va yozma so‘rovlar;
yozma anketa so‘rovlari;
kuzatish, o‘lchash va baholash;
guruhda muhokama qilish;
vazifalami tahlil qilish;
jarayonlami tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |