Mavjud bo‘lish davri (MBD) - pastga tushuvchi loyihalashtirish tamoyiliga muvofiq tashkil qilinadi va qoidaga ko‘ra, integratsion xarakterga ega: amalga oshirilgan bosqichlar, eng avvalgilaridan boshlab, talablar va tashqi sharoitlaming o‘zgarishlari hamda cheklashlar kiritishga muvofiq, davriy ravishda qaytariladi. MBDning har bir bosqichida hujjatlar va texnik qarorlaming belgilangan majmuasi shakllanadi, bunda har bir bosqich uchun oldingi bosqichda olingan hujjatlar va qarorlar dastlabkisi boTadi. Bosqichda taklif etilgan qarorlar va hujjatlami shakllantirilgan talablar va boshlang'ich shartlarga mos kelishi tekshiriladi.
MBDning mavjud variantlari AAT va AATexlar ishlab chiqishi borishi bosqichlarining bajarilishini hamda bosqichdan bosqichga o'tishning mezonlarini belgilab beradi. MBDning quyidaga uch modeli eng ko‘p tarqalgandir:
Kaskadli model — keyingi bosqichga oldinga bosqichdagi ishlar toTiq tugagandan keyin o‘tishni ko‘zda tutadi.
Oraliq nazoratga ega bosqichma-bosqich model — AAT va AATexning bosqichlari o‘rtasidagi teskari aloqa bilan ishlab chiquvchi iteratsion model. Bunday modelning afzalligi shundan iboratki, bosqichlararo tuzatishlar kiritish kaskadli modelga nisbatan ishlab chiqishga kamroq mehnat sarflanishini ta’minlaydi, ammo bosqichlardan har birining mavjud boTish vaqti ishlab chiqishning butun davriga cho'ziladi.
Buramali (spiralli) model — asosiy e’tiborni MBD boshlang‘ich bosqichlari: talablaming tahlili, o‘ziga xos xususiyatlami loyihalashtirish, dastlabki va mukammal loyihalashtirishga qaratadi. Bu bosqichlarda texnik qarorlaming amalga oshirilishi namunalarini yaratish yoTi bilan tekshiriladi va asoslanadi. Buramaning har bir o'lchami AAT va AATexning parchasi yoki shaklini yaratishni bosqichma-bosqich modeliga mos keladi. Unda loyihaning maqsadi va ta’rifi aniqlanadi, uning sifati belgilanadi, buramaning keyingi o'ramidagi ishlar rejalashtiriladi. Shunday qilib, loyihaning detallari chuqurlashtiriladi va izchillik bilan aniqlanadi, natijada asoslangan variant tanlab olinadi, u amalga oshirishgacha yetkaziladi.
MBDning buramali modeli eng istiqbolli hisoblanadi. Loyihalashtirish va dasturiy mahsulotlami yaratish bilan shug'ullanuvchi firmalarning mutaxassislari tomonidan buramali modelning quyidagi afzalliklari ta’kidlanadi:
§ 15.3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini loyihalashtirish
477
loyihaviy qarorlar, loyihalashtirish vositalari, AAT va AATexning modellari va namunalarini jamlash hamda qayta foydalanish;
tizim va texnologiyalarni loyihalashtirish jarayonlarida ularni rivojlantirish va modifikatsiyalashni mo'ljallash;
v) tizimlar va texnologiyalarni loyihalashtirish jarayonlarida xavf-xatarlar va xarajatlami tahlil qilish.
AAT va AATex ishlab chiqishining asosiy xususiyati loyihadan oldingi tadqiqot, loyihalashtirish pallalaridagi qiyinchilik, keyingi bosqichlarda nisbatan yuqori bo‘lmagan qiyinchilik va mehnat sarflanishi jamlanishidan iboratdir. Bundan tashqari, tahlil qilish va loyihalashtirish bosqichlarida hal qilinmagan masalalar, yo‘l qo'yilg'an xatolar tatbiq etish va foydalanish bosqichlarida murakkab, ko'pincha hal qilib bo'lmaydigan muammolami keltirib chiqaradi va yakuniy natijada loyiha materiallaridan foydala-nishdan voz kyechishga olib keladi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari loyihalashtirilgan AAT sharoitlarida amalga oshiriladi, bunda ularni yaratish jarayonlarida boshqaruv vazifalarini hal qilishning eng oqilona usullari va axborotlarini ishlab chiqishning «inson-mashina» texnologiyalariga bog'liq boTishi kerak. Shu bois ham AATni yaratish xususiyatlari ustida to‘xtaymiz.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini loyihalashtirish beshta o‘zaro bogTiq nuqtai nazardan ko'rib chiqiladi:
Texnik — aniq konfiguratsiyaga ega bo‘lgan va axborotlami ishlab chiqish hamda uzatish uchun xizmat qiluvchi apparat-kommunikatsion majmua sifatida.
Dasturiy-matematik — Statistik, matematik, infologik, algoritmli va boshqa mashina yo‘naltirilgan modellar hamda ulaming amalga oshirilgan kompyuterli dasturi sifatida.
Uslubiy — iqtisodiy obyektga korxona, birlashma, hududiy xo'jalikka nisbatan boshqaruv vazifalarini amalga oshirish vositalarining yig‘indisi sifatida.
Tashkiliy — hujjatlar aylanishi va boshqaruv apparati faoliyati tarkibining bayoni sifatida.
Do'stlaringiz bilan baham: |