Birinchi rahbar tamoyili — bunda tizimni tashkil qilishda javobgarlik buyurtmachi korxona, tashkilot, tarmoq rahbariga, ya’ni AATni ishga tushirish va faoliyat yuritishga kiritish uchun javob beradigan bo’lgusi foydalanuvchi zimmasiga yuklatiladi.
Yangi vazifalar tamoyili—tizim imkoniyatlarini doimo kengaytirish uchun izlanish, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish, boshqaruv qarorlarini muvofiqlashtirish maqsadida qo'shimcha natijaviy ko’rsatkichlami olishdir. Bunda ShK. va boshqa texnik vositalardan foydalanishda boshqaruvning yangi vazifalarini qo‘yish va amalga oshirish bilan birga olib boriladi.
Axborot oqimlari va hujjatlar aylanmasini avtomatlashtirish tamoyili — axborotlami ro’yxatga olish paytidan to natijali ko’rsatkichlami olish va boshqaruv qarorlarini shakllantirishgacha bo’lgan o’tishning barcha bosqichlarida texnik vositalardan kompleks foydalanishni ko‘zda tutadi.
Loyihalashtirishning avtomatlashtirish tamoyili — milliy iqtisodiyotning barcha bosqichlarida AATni loyihalashtirish va tashkil qilish jarayonlari samaradorligini oshirish, sanoat usullarini tatbiq etish hisobiga vaqt, mehnat
474
15 - bob. Iqtisodiy axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish asoslari
va qiymatli xarajatlar qisqartirilishini ta’minlash maqsadiga ega. Tizimlami ishlab chiqish va tatbiq etishning hozirgi zamon darajasi loyihaviy qarorlami turkumlash, loyihaviy materiallarni tayyorlashda usullar va vositalarni bir shaklga keltirish, tizimlar va tizimchalarning ayrim elementlarini loyihalashtirishdagi yondashishlarni standartlashtirish, loyiha ishlarini ShKlar va ular asosida tashkil qilingan loyihachining avtomatlashtirilgan ish joyidan foydalanish bilan olib borishni avtomatlashtirish usullaridan keng foydalanishga imkon beradi.
Milliy iqtisodiyotda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini loyihalashtirish muammolari, bir tomondan, iqtisodiyot va aniq iqtisodiy obyekt (korxonalar, firmalar, tashkilotlar, mintaqaviy boshqaruv idorasi, bank, soliq xizmati va h. k.) rivojlanishining umumiy nazariy asoslari bilan boshqa tomondan, ma’lumotlami kompyuterda ishlab chiqish texnologiyasining o‘ziga xosligi bilan bog‘liq. Shu bois ham asosiy tamoyillami ko‘rib chiqish muhimligi jihatidan kam bo‘lmagan tashkiliy texnologiyalar bilan to‘ldiriladi, ularsiz zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish mumkin emas. AATni tashkil qilishda eng ko‘p qo‘llaniladigan tashkiliy texnologik tamoyillami ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |