Umumiy resurslar, xuddi ommaviy mahsulotlar kabi iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas: ular iste’mol qiluvchilar uchun mavjud va bepul. Shu bilan birga umumiy resurslar cheklanganlik xususiyatiga ega: biror kishining umumiy resurslarni iste’mol qilishi boshqa bir kishining ularni iste’mol qilish imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi.
Shunday qilib, umumiy resurslar yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Atroflicha o`rganib chiqilgandan so`ng siyosatchilar umumiy resurslarni qanday hajmda iste’mol qilinayotganligi haqida qayg`urishlari lozim. Bu masalani Umummilliy resurslar fojeasi hikoyasidan to`liqroq anglash mumkin.
Umummilliy resurslar fojeasi
O`rta asrlardagi kichik bir shaharcha hayotini ko`rib chiqamiz. Shaharchada
mavjud ko`pgina iqtisodiy faoliyat turlaridan eng muhimlaridan biri - bu qo`y etishtirish edi. Shahardagi ko`pgina oilalar qo`ylarni etishtiruvchi xo`jalikkka (fermalarga) ega edilar, ular qo`ylarning yunglarini keyinchalik kiyim-kechak sifatida ishlatish uchun sotishar edi.
Bizni hikoyamiz boshlangan vaqtda quylar ko`pgina vaqtlarini shaharni qamrab olgan Umumiy Maydon deb nomalnuvchi umumiy yerlarda (yaylovlarda) yotib o`tkazishar edi. Shaharda hech bir oila o`zining shaxsiy yer maydoniga ega emas edi. Buning o`rniga aholi kollektiv (jamoa) yer maydonlariga (yaylovlariga) ega bo`lib, o`z qo`ylarini mazkur yerlarda boqishar edi. Kollektiv (jamoa) mulki yaxshi samara beradi, chunki yerlar yaxshi ko`rinishda saqlanadi. Kishilar o`zlari uchun shaxsiy yer maydonlarini ajratib olgunlariga qadar Umumiy Maydon iste’moldan cheklanmagan xususiyatga ega edi va kishilarni qo`y etishtirishlarida hech qanday to`siqlar mavjud emas, bir so`z bilan aytganda hamma baxtli edi.
Yillar o`tishi bilan shaharcha aholisi soni ham unga baravar ravishda Umumiy Maydonda boqilayotgan qo`ylar soni ham ortib borar edi. Yer maydonining o`zgarmas hajmida qo`ylar sonini ortib borishi erni o`zini o`zi qayta tiklash qobiliyatini kamaytirib borar edi. Oxir oqibat yerni tarkibi shu darajada yomonlashib ketdiki natijada u o`zining hosildorlik darajasini butkul yo`qotdi.
Ekinlarsiz Umumiy Maydonda qo`ylarni etishtirish imkonsiz va qachonlardir rivoj topgan yung etishtirish sanoati o`z o`zidan yo`qolib boradi. Ko`pgina oilalar o`zini o`zi ta’minlash uchun daromad manbaalarini yo`qotishadi. Xo`sh, ushbu muammoni yuzaga kelish sabablari nima? Nega cho`ponlar qo`ylar sonini Umumiy Maydonni ishdan chiqarish darajasigacha o`sishiga yo`l qo`yishdi. Muammo shundaki, ommaviy va xususiy rag`batlar (manfaatlar) tubdan farq qiladi.
Hosildor erlar sifatini saqlab qolish cho`ponlarning birgalikdagi jamoaviy xarakatlariga bog`liq. Agar cho`ponlar birgalikda harakat qilishganida edi, ular qo`ylar sonini Umumiy Maydon quvvati etadigan darajada saqlab qolishlari
mumkin edi. Biror bir oila uning qo`ylari sonini kamaytirishdan manfaatdor emas, lekin har bir qo`ylar guruhi aslida umumiy muammoning alohida bir bo`lagi hisoblanadi.
Aslini olganda, umummilliy resurslar fojeasi tashqi ta’sirlarni o`rganmaganlikdan kelib chiqadi. Bir oilaning qo`ylari umumiy maydonda boqilganda bu o`z o`zidan ikkinchi bir oila qo`y boqishi mumkin bo`lgan yer maydoni sifatini yomonlashtiradi. Kishilar yaylovda qancha qo`y boqish mumkinligini aniqlashayotganda bu kabi tashqi masalalarga befarqlik bilan yondoshishadi, natijada qo`ylarning umumiy soni haddan ziyod ortib ketadi.
Agar muammo ilgariroq ko`rib chiqilganda shahar aholisi buning echimini turli usullar bilan topgan bo`lishar edi. Buni har bir oiladagi qo`ylar sonini cheklash, ularning ma’lum bir soni uchun soliq joriy etish yoki qo`ylarning ma’lum bir sonini boqish huquqini auktsion savdolarida sotish kabi usullar bilan tartibga solish mumkin edi. Ya’ni o`rta asrlardagi shahar qo`ylar sonini haddan ziyod ortib ketishi muammosini zamonaviy jamiyat atrof muhitni ifloslanishiga qarshi kurashayotgan usullar orqali bartaraf etishi mumkin edi.
Buning ustiga er bilan bog`liq holat uchun yana ham soddaroq usullar mavjud: shahar yer maydonini barcha oilalarga teng bo`lib berishi mumkin edi. Har bir oila o`z er maydonini to`siqlar bilan chegaralashi, keyinchalik uni chorva sonining haddan ziyod ko`p bo`lishidan himoyalashi mumkin edi. Shunday qilib, er umummilliy resurs emas, balki xususiy mulkka aylana boshlaydi. Bu narsa aslida 17-asrda Angliyada o`rab olish vaqtida yuz berdi ham.