Tasavvur qiling, siz xalq deputatlari mahalliy kengashga a’zo sifatida saylandingiz. Shahar injeneri yoningizga shunday bir taklif bilan keldi: shahar 10 000 so`m sarflab, hozirda faqat STOP belgisi qo`yilgan markaziy ko`chadagi chorrahada svetofor o`rnatishi va uni keyinchalik boshqarishi mumkin. Svetoforning ustun jihati - harakat havfsizligi oshiriladi. Injenerni ilgarigi shunga o`xshash chorrahalardagi loyihalar tahlili asosidagi bahosiga ko`ra svetofor faoliya muddati davomida o`lim bilan tugaydigan yo`l-harakati hodisalari darajasini 1,6 foizdan 1.1 foizgacha tushiradi. Siz bunga mablag` sarflaysizmi?
Ushbu savolga javob topish uchun siz harajatlar va daromadlar tahliliga murojaat etishingizga to`ri keladi. Biroq siz darhol o`ziga xos qarshilikka duch kelasiz: agar siz foydalilik darajasini hisoblamoqchi bo`lsangiz, harajatlar va daromadlar bir xil kattaliklarda (o`lchovlarda) hsoblanishi lozim. Qiymat pul birligida (so`mda) o`lchanadi, biroq svetofor keladigan foyda inson hayotini saqlab qolish pul birligida o`lchanmaydi. Qabul qilinishi lozim bo`lgan qarorni aniqlash uchun siz so`mni inson hayotidagi o`lchamini aniqlashingiz zarur bo`ladi.
Dastavval siz inson hayoti bebaho deb o`ylashni hohlashingiz mumkin, qolaversa siz o`zingizni yoki biror bir sevimli kishingizni hayoti uchun o`z hohishingiz bilan sarflashingiz mumkin bo`lgan pulning qiymati yo`q. Bu shundan dalolat beraDilshodi, inson hayoti pulda (so`mda) qiymatga ega emas.
Biroq bu javob harajatlar va daromadlar tahlili uchun o`ta mavhumdir. Agar biz rostdan ham inson hayoti uchun cheksiz qiymatliklarni sarflamoqchi bo`lsak, u holda har bir ko`cha burchagida svetor o`rnatib chiqishimiz va barcha yangi yirik yuk avtomashinalariga eng so`nggi havfsizlik funktsiyalarini joylashtirishimiz lozim bo`ladi.
Ustiga ustak, svetoforlar har bir burchakda emas va kishilar ko`p holatlarda havfsizlik yostiqchasi yoki tormoz tizimini bloklanishiga qarshi mexanizmga ega bo`lmagan, qimmat bo`lmagan avtomobillarga haq to`lashni afzal ko`rishadi. Ommaviy mahsulotlar yoki xususiy mahsulotlar to`g`risidagi har ikki qarorda ham ko`proq iqtisod qilish maqsadida hayotimiz bilan tavakkal qilishga tayyor bo`lamiz.
Inson hayoti so`mdagi ekvivalentga ega emas degan qarorni qabul qilgandan so`ng qanday qilib bu qiymatni aniqlab olishimiz mumkin?
O`lim to`g`risida da’vo qilgan taraf harajatlarini qoplab berish maqsadida “agar vafot etgan shaxs tirik bo`lganda qancha mablag` ishlab topishi mumkinligini aniqlash” usuli sudlar tomonidan qo`llanilib kelinadi. Iqtisodchilar bu usulni ko`p holatlarda tanqid qilishadi, sababi bu usul hayotni yo`qotishning boshqa qiymatliklarini e’tiborga olmaydi. Shunday qilib, bu usul g`alati
ko`rsastkichni o`zida aks ettiradi, go`yoki nogiron yoki pensionerning hayoti hech qanday qiymatga ega emasdek.
Inson hayotini baholashning eng yaxshi usuli bu – inson o`z hayotini yo`qotish uchun mavjud bo`lgan tavakkalchilik va bunga to`lanishi lozim bo`lgan haq miqdorini bilishdir. O`lish tavakkalchiligi, masalan, ish joyiga qarab baholanadi. Osmono`par binolardagi quruvchilar o`z ish joylarida ofis ishchilariga qaraganda ko`proq tavakkalchilikka duch keladilar. Iqtisodchilar ko`proq va kamroq tavakkalchililik darajasiga, ta’lim sifatiga, tajribaga va boshqa ish haqini belgilab beruvchi faktorlarga qarab kishilar o`z hayotlarini qanchaga baholashlari mumkinligi haqida ba’zi bir tushunchalarga ega bo`lishlari mumkin. Ushbu usulni qo`llab o`tkazilgan tadqiqotlarga ko`ra inson hayoti qiymati 10 million so`mga baholanishi to`g`risida xulosaga kelingan.
Endi biz, yuqorida keltirib o`tilgan misolimizga qaytib shahar injenerining taklifiga munosabat bildirishimiz mumkin. Svetofor inson haytini saqlab qolish tavakkalchiligi darajasini 0,5 foizgagina yaxshilaydi. Shunday qilib, svetovor o`rnatilishidan kutilishi mumkin bo`lgan foyda 50 000 so`m (yoki 0,005*10 million so`m) ni tashkil etadi. Bu ko`rsatkich loyiha xarajjati bo`lgan 10 000 so`mdan bir muncha ko`p, demak siz loyihani tasdiqlashingiz mumkin.